OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot (tarmoqlar va
SOhALAR bO’YIchA)2-mutaxassislik
3-6 iqt im-20 guruh talabasi
Hojiyev nodirbekning Global iqtisodiy
rivojlanish fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
Mavzu: XX-asr boshlarida Jahon iqtisodiyotini globallashuv
nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari
Buxoro 2022
Kirish
Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan
jarayonlarga ta'sir ko’rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va
globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko’rib
chiqishdan iborat
bo’lishi lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to’playotgan
kapitalning
jamlanishi
va
markazlashishini,
xo’jalik
hayotining
transmilliylashtirilishi – yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy
guruhlarning o’sishi va rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy
globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda,
shuningdek, jahon
miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag’batlantiradigan bozor
raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko’rsatadi. Raqobatning asosiy
vositasi –
xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish,
ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.
Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy
taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi
bo’lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini
modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi, tovar va xizmatlar,
moliyaviy
vositalar, g’oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport
vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan
imkoniyatlarini
yaratadi.
Yangi
axborot
va
kommunikatsiya
texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez
xarakatlanuvchi kompyuter
texnikasi, signal uzatishning optik to’lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali
telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron
qurilmalar
rivojlanishi, Internet global tarmog’i yaratilishi bilan, boshqa
texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo’ldi. Butunlay yangi
imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari doirasida
yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini
rag’batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan
haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Mavjud
hisob-kitoblar
va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi
mavjud axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga
oshdi: bu Mur qonuni nomini oldi (bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi
nomi sharafiga).