Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
18 yoshga to 'Imagan shaxslarga — 30 kalendar kun;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendar kun. Shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning mehnat vazifalarining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlari hamda boshqa holatlarni e'tiborga olib yillik uzaytirilgan ta'tillar belgilangan. Masalan. O'zbekiston Respub-likasining «Prokuratura to'g'risida» (yangi tahrirda) 2001-yil 29-avgustdagi qonuniga muvofiq, prokuratura organlari xodimlariga muddati 30 kalendar kundan iborat yillik ta'til beriladi. Ma'lumki, mehnat qonunchiligida ayrim toifa xodimlar uchun qo'shimcha ta'tillar berish nazarda tutilgan va tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan. MKning 136-moddasiga muvofiq, yillik qo'shimcha ta'tillar: mehnat sharoiti noqulay va o'ziga xos bo'lgan ishlarda band bo'lgan xodimlarga (137-modda); og'ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda); mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi. Mehnat kodeksining 137-moddasida mehnat sharoiti noqulay va o'ziga xos bo'lgan ishlarda band bo'lgan xodimlarga qo'shimcha ta'til berish ko'zda tutilgan. Bunday qo'shimcha ta'til, odatda, ish jarayonida sog'lig'iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa ishlab chiqarish omillari zararli ta'sir etadigan xodimlarga noqulay mehnat sharoitida ishlagani uchun beriladi. Korxonalarda qo'shimcha ta'til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro'yxati, ta'tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalarida belgilab qo'yiladi. Agar bunday shartnomalar tuzilmagan bo'lsa, kasaba uyushmasi qo'mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Bu hujjatlar, o'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash uslubiyati asosida belgilanadi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanib, mehnal sharoitlarini baholash va ish joylarini attestatsiyadan o'tkazish uslubiyati, uslubiyatga muvofiq, belgilangan qo'shimcha yillik ta'tillar muddati jamoa kelishuvlari va shartnomasiga kiritiladi. Qoidaga ko'ra, yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin beriladi. Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish belgilangan kundan e'tiboran hisoblanadi. Ta'til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo'yicha olti oy o'tmasdan oldin beriladi: ayollarga — homiladorlik va tug'ish ta'tili oldidan yoki keyin; birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga; 18yoshga to'lmagan shaxslarga; muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo'shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga; o 'rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta 'ti bilan bir vaqtda, o 'rindoshlik asosidagi ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to 'lagan holda; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta 'lim maktab-larida, litsey, kasb-hunar kollejlarida, oliy va o 'rta maxsus o 'quv yurtlarida, malaka oshirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida o 'qiyotganlarga, agar ular o 'zlarining yillik ta'tillarini imtihonlar, sinovlar (zachetlar) topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o 'quv ishlarini bajarish vaqtiga to 'g 'rilab olishni xohlasalar; texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi o 'zgarishlar, xodimlar soni (shtatij yoki ishlar xususiyati o 'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yoki korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga (l()()-moddaning 2-qismi 1-bandi) Ta'til har yili, shu ta'til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi shart. Ishlab chiqarish tusiga taalluqli sabablarga ko'ra joriy yilda ta'tilni to'Iiq berish imkoni boimagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta'tilning 12 ish kunidan ortiq bo'lgan qismi keyingi ish yiliga ko'chirilishi mumkin va o'sha yili xodim undan albatta foydalanmog'i lozim. O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarga yillik ta'tilni, shuningdek, qo'shimcha ta'tilni bermaslik man etiladi. Yillik asosiy ta'til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta'tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida beriladi. Ta'til berish vaqti haqida xodim ta'til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilinishi kerak. Ayrim toifa xodimlarga ta'til ularning xohishiga ko'ra, yozgi yoki ular uchun qulay bo'lgan boshqa vaqtda berilishi mumkin. Jumladan: - 14 yoshga to'lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to'lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg'iz ota, yolg'iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg'iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga; -1 va II guruh nogironlariga; 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga; o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga; ta'lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotganlarga (250-modda); jamoa shartnomasi kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling