Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet59/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

XALQARO HUQUQ MANBALARI
Xalqaro huquq normalari tushunchasi
«Norma» so'zi lotin tilida qoida, rahbariy ko'rsatma, namuna ma'nosini anglatadi.
Huquq normasi huquq subyektlari deb ataluvchi va unda ko'rsatilgan shaxslarning yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalarini bildiradi. Normalarning yuridik majburiyligi shundaki, u bilan belgilangan yurish-turish va xulq-atvor qoidalari majburiy hisoblanadi va lozim bo'lgan taqdirda majburlov choralari orqali ta'minlanadi. Milliy huquqda yuridik normalar davlat tomonidan o'rnatiladi, muhofaza qilinadi va ta'minlanadi Xalqaro huquq normalari — davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan yuridik majburiy deb tan olingan xulq-atvor qoidalaridir.
Xalqaro huquq normalari mazmunini davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining huquq va majburiyatlari tashkil qiladi.
Xalqaro huquq normalari — subyektlarning normalarida ko'zda tutilgan, zarurat bo'lganda majburlash yo'li bilan ta'minlanadigan yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalaridir.
Xalqaro huquq normalari o'zaro kelishuv bo'yicha subyektlar o'rtasidagi bitim asosida belgilanadi va ular tomonidan yakka tartibda yoki jamoa yo'li bilan muhofaza qilinadi hamda lozim bo'lgan taqdirda rioya qilishga majburlash choralarini ko'radi.
Barcha xalqaro-huquqiy normalar majmui yagona me'yoriy tizim — xalqaro huquqni tashkil qiladi.
XALQARO HUQUQ NORMALARINI TASNIFLASH (KLASSIFIKATSIYALASH)
Xalqaro huquq normalari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi subyektlar turli xil boiadi. Ular barcha subyektlarga yoki barcha asosiy subyektlar davlatlarga qaratilgan umumiy (universal) xalqaro huquq normalariga va ikki yoki bir necha subyektlar o'rtasidagi kelishuv asosida belgilangan va ularga qaratilgan lokal (partikulyar) normalarga bo'linadi. Lokal normalar jumlasiga subyektlarning muayyan bir holatdagi xulq-atvorini belgilovchi individual normalarni ham kiritish mumkin.
Partikulyar normalar universal normalarga mos kelishi lozim. BMT Ustavining 103-moddasiga muvofiq a'zo-davlatlarning Ustav bo'yicha majburiyatlari boshqa shartnomalar bo'yicha olgan majburiyatlariga nisbatan ustuvorlikka ega.
Huquqiy tartibga solish uslubi bo'yicha xalqaro-huquqiy normalar dispozitiv va imperativ normalarga bo'linadi.
Dispozitiv normalarda xalqaro huquq subyektlari o'z xulq-atvorini, muayyan huquqiy munosabatlardagi holatdan kelib chiqib o'zaro huquq va majburiyatlarni o'zlari belgilashi mumkin.
Xalqaro huquqning aksariyat qoidalari dispozitiv norma hisoblanadi. Ya'ni ulardan davlatlar va boshqa subyektlar o'zlarining o'zaro lokal munosabatlaridan kelib chiqib, umumiy xalqaro huquqning ushbu normasi mohiyatiga zid kelmaydigan ma'lum o'zgartirishlar kiritish bilan chetlab o'tishi mumkin.


1969-yilda Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasi qabul qilinganidan so'ng xalqaro huquq normalari tizimida jus cogens (umum majburiy huquq) xarakteriga ega bo'lgan imperativ normalar ajratila boshlandi. 1969-yildagi Vena konvensiyasining 53-moddasiga muvofiq xalqaro huquqning imperativ normasi davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan chetlab o'tish mumkin bo'lmagan normasi sifatida tan olinadi va bunday normalar faqat keyin qabul qilingan xuddi shunday normalar bilangina o'zgartirilishi mumkin.
Xalqaro huquqda imperativ normalar ro'yxati yo'q. Biroq, xalqaro huquq nazariyasi BMT Ustavida, BMT Ustaviga muvofiq davlatlar o'rtasidagi do'stona aloqalar va hamkorliklarga tegishli bo'lgan 1970-yildagi xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyalarda ifodalangan xalqaro huquqning asosiy tamoyil-larini yakdillik bilan imperativ normalar qatoriga kiritadi.
Imperativ normalar ma'lum xatti-harakatlarning aniq va muayyan chegarasini belgilaydi. Xalqaro huquq subyektlari huquq va majburiyatlarning hajmi va mazmunini o'z holicha o'zgartirishga haqli emas.
Xalqaro huquqning jus cogens normasi davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va chetlab o'tish mumkin bo'lmagan normasi sifatida tan olinadigan normalar sifatida tushuniladi va bunday normalar faqat keyin qabul qilingan aynan shunday xarakterdagi normalar bilangina o'zgartirilishi mumkin. Jus cogens normasining xalqaro huquqning boshqa imperativ normalaridan farqi shundaki, davlatlarning jus cogens normasidan har qanday chetlashi bunday xatti-harakatni ahamiyatsiz qiladi.
Jus cogens normasi oliy yuridik kuchga ega va barcha xalqaro-huquqiy normalar ularga muvofiq bo'lishi shart. Davlatlar xalqaro maydonda o'z xatti-harakatlarini so'zsiz ravishda jus cogens normalariga moslashtirishlari lozim.
Xalqaro huquq normalari ichida birlamchi deb ham yuritiladigan tartibga soluvchi normalar, ya'ni davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining o'zaro muomala va hamkorligi jarayonidagi xatti-harakatini tartibga soluvchi normalar, shuningdek, ikkilamchi deb yuritiladigan huquqni muhofaza qiluvchi normalarga bo'linadi. So'ngisini ikkilamchiligi shundaki, bunday normalar faqat subyektlar tomonidan tartibga solinuvchi birlamchi normalar buzilgan taqdirda kuchga kiradi va ular uchun salbiy yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, bunga xalqaro huquqqa xilof xatti-harakati uchun davlatlarning xalqaro javobgarligi to'g'risidagi normalar kiradi.
Xalqaro huquq — o'zaro aloqador xalqaro-huquqiy normalar tizimidir.
Xalqaro-huquqiy normalar yagona yaxlit — xalqaro-huquqiy tizim — xalqaro huquqni tashkil qiladi. Natijada uning normalari faqat ularning boshqa barcha normalari bilan o'zaro aloqadorligini hisobga olgan holda talqin qilinadi va qo'llaniladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling