Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti “iqtisodiyot” fakulteti
Korxona rejalari vazifalari va tuzilishi
Download 35.52 Kb.
|
Ishlab chiqarish jarayonini 111
Korxona rejalari vazifalari va tuzilishi.Rejalashtirish - bu avvalo formasining kelgusida samarali funksionallashtirish va rivojlanishga sabab bo’luvchi qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonidir. Bu qarorlar odatda ayrim holda bo’lmasdan, balki butun bir tizimni tashkil etib, birbiriga ma`lum me`yorda ta`sir etib turadi.Yashashda bu narsa ba`zida o’zaro bir-biriga bog’langan bo’lishini talab qiladi. Bunday bir-biriga bog’liqlik tizimi qarorlarni optimal daraja imkonini beradi va firma oldida ochilayotgan va foydalanilayotgan imkoniyatlarni kamaytirishga yordam beradi. Reja qarorlarining ob`yektlari: firma maqsadlarini aniqlash, korxona rejalari, vazifalari va tuzilishi, korxona rejalari, vazifalari va tuzilishi strategiyasini ishlab chiqish, resurslarni firma faoliyatining ichki va tashqi shartlari o’zgarishiga muvofiq tarzda taqsimlash, zaruriy standartlarni aniqlab olish va boshqalar. Bunday qarorlarni qabul qilishni rejalashtirish jarayonning keng ma’noda olib qaralgandagi asosiy tarkibiy tomoni hisoblanadi.Rejalashtirish tor ma`noda rejalar, firmaning oldinda belgilangan davr mobaynida maqsadlarga erishishdagi aniq qadamlari kabi maxsus hujjatlarni anglatadi. Firmadagi ichki rejalashtirish quyidagi asosiy vazifalarni ifodalaydi: -uning faoliyat maqsadlarini va bu maqsadlarga erishish uchun bajariladigan aniq vazifalarni shakllantiradi; -firma strukturasi va uni boshqarish sistemasini qayta qurish uchun asos hozirlaydi; -maqsadlarga erishish jarayonida ishchilar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun asos hozirlaydi; -qarorning eng yaxshi variantini tanlab olininshni ta`minlaydi; -firma faoliyati natijalarini baholash va yaxshi ishlagan ishchilarni rag’batlantirishni amalga oshirishda foydalanadigan standartlar va ko’rsatgichlar tizimini shakllantiradi. 14 Umuman rejalashtirish orqali firmaning murakkab sistemasi bir maromda va samarali ishlashiga erishiladi va kelgusidagi noaniqliklarni bartaraf etilganday bo’ladi, imkoniyatdagi bor ishlab chiqarish potensialidan foydalanish ta`minlanadi. Reja qarorlari ob`yektlari nuqtai nazaridan, rejalashtirish intervallari va aniq korxona faoliyatining boshqa tomonlaridan quyidagi reja turlarini ajratish mumkin: -strategik reja - uzoq mudatli reja bo’lib, odatda 10-15 yilni o’z ichiga oladi. Unda vaqt va resurslarga bog’liq ravishda vazifalar va maqsadlarga erishishning umumiy strategiyasi shakllanadi; -uzoq mudatli rejalar - firma strategiyasining ayrim mustaqil muammolarini hal etishga qaratilgan va bir necha yilga mo’ljallab ishlab chiqilgan rejalardir. Bunday rejalar ko’pincha strategik rejaning tarkibiy qismi nisbatida ishlab chiqiladi; -joriy rejalar - firma faoliyatining barcha yo’nalishlari uchun joriy yilga tuzilgan reja; -operativ rejalar - korxonaning qisqa muddat ichidagi aniq masalalarni hal etishga mo’ljallangan rejalaridir; -investision loyihalar - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini xosil etishga yoki zamonaviylashtirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar rejalari; -biznes plan - yangi firma tashkil etish rejasi, korxona faoliyati, dasturi, korxona faoliyatining aniq maqsadlariga erishishning aniq choralarning rejasi bo’lib, o’z ichiga qilinadigan xarajat va oshiradigan daromad baxosini oladi. Yuqorida aytilgan rejalarning barchasini amaliyotda uchta asosiy reja tiplariga birlashtirish mumkin. Birinchidan maqsad rejalari bo’lib, boshqaruv ob`yekti va uning alohida dementlarining ko’zlagan holatdagi sifati va miqdoriy xarakteristikalari to’plashini kelgusida aks ettiradi. Ikkinchidan - takrorlanuvchi harakatlar uchun rejalar. Bularga misol qilib transportlarni harakat grafigi, kinoseanslarning rejimini va boshqalarni aytish mumkin. Uchinchidan - takrorlanmaydigan harakatlar uchun rejalar.Bunday rejalar byudjet, programma, grafik tarzda tuzilish mumkin.
Download 35.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling