Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti “iqtisodiyot” fakulteti


Ishlab chiqarishni taktik rejalashtirish


Download 35.52 Kb.
bet7/9
Sana08.01.2022
Hajmi35.52 Kb.
#241834
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayonini 111

Ishlab chiqarishni taktik rejalashtirish
Ishlab chiqarishni taktik rejalashtirish Ishlab chiqarish va uni rejalashtirish to’g’risida gapirganda, ular taktik (qisqa) muddatda va strategik (uzoq) vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarini hech bo’lmaganda birontasini o’zgartirib qoladigan vaqtga aytiladi.Shu vaqt davomida o’zgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi.Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo’nalishini o’zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o’zgartirish kiritish uchun yetarli bo’lgan vaqt mobayniga aytiladi.Bunday omillar o’zgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma`lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan foydalanish intensivligini o’zgartirishi mumkin. Uzoq, muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham o’zgartirishi mumkin.Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning uzoq vaqtga mo’ljallangan yechimlari bilan bog’liq bo’lib, bu yechimlar ma`lum tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neft kimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi. Qisqa va uzoq muddat omillar harakati o’rtasidagi farqni o’rganish imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishini 90 taga yetkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar-soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.

Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o’zgarib turadigan ishlab chiqarish omillari bo’lgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo’shimcha foydalanish bilan bog’lik. Biroq, qisqa muddatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqtda qo’llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya`ni, mehnat sig’imini 1 dan 3 gacha ko’paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq, muddatli xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq. Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni o’zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55 dan 90 donagacha ko’paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq, muddatli davrda, agar ishlab chiqarish jarayonida ikki dona (birlik) kapital qo’shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 dollar-soatga pasayishi mumkin. Shunday qilib, bizning firmamiz qo’shimcha kapitalga buyurtma beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Qushimcha kapital kelib kelishilgan vaqtda firma o’zi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko’paytirishi mumkin.




Download 35.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling