Oliy va orta maxsus talim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi
Download 123.67 Kb.
|
KARIMBOY KURS ISHI
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi: Empirik (alohida kishilarning ishtiroki) asosga ega bo’lgan siyosiy madaniyat to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar esa G’arbda XX asrning o’rtalariga kelib shakllana boshladi. Bunda yirik xalqaro tadqiqotchilar bo’lgan G. Almond, X. Fayer, S. Verba va boshqalarning o’lkan hissalari bor. Masalan, hozirgi zamon politologiyasida birinchi Prezidentimizlardan bo’lib “siyosiy madaniyat” tushunchasini ishlatgan Amerikalik nazariyotchi X. Fayerning 1956 yilda bosilib chiqqan “Yevropaning buyuk davlatlari boshqaruv tizimi” nomli kitobi siyosiy madaniyatning mohiyatini anglash yo’lida qo’yilgan dastlabki muhim qadamlardan bo’lgan bo’lsa, sal keyinroq G. Almond va S. Verba besh mamlakat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Meksika va Italiya siyosiy jarayonlarini tadqiq qilish asosida 1963 yilda o’zlarining “Fuqarolik madaniyati” nomli kitobini e’lon qildilar. 1965 yilda L. Pay va S. Verba o’nta mamlakat jamiyatni siyosiy madaniyatini o’rganish asosida “Siyosiy madaniyat va siyosiy taraqqiyot” nomli asarini nashr kildilar.
Siyosiy madaniyatga oid mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, bu tushunchaga turlicha yondashuvlar mavjud. Ayrimlarini sanab ko’rsatamiz: - Siyosiy madaniyat bu – o’ziga siyosiy ma’rifatni, siyosiy onglikni, hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyatni ham qamrab olgan shaxs va ijtimoiy birlikning madaniyatidir; - Siyosiy madaniyat bu – o’z ichiga ijtimoiy - siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar bilan bevosita aloqalar bo’lgan elementlarni qamrab olgan jamiyat ma’naviy madaniyatining bir qismidir; - Siyosiy madaniyat bu – siyosiy tafakkur va siyosiy faoliyat madaniyatidir. Bu yondashuvlar turlicha bo’lsa ham, lekin ularning barchasini bir-biriga bog’lab turuvchi umumiy jihat ham mavjud. Bu siyosiy madaniyatning jamiyat siyosiy-ijtimoiy jarayonlari, siyosiy institutlari bilan bevosita uzviyligi holatidir. Siyosiy madaniyatning yuqorida keltirilgan umumiy talqinlaridan kelib chiqib unga qo’yidagicha ta’rif berish mumkin: Siyosiy madaniyat bu fuqarolar siyosiy bilimlari, baholari va harakatlarining darajasi va xarakteri, shuningdek, siyosiy munosabatlarni boshqaruvchi ijtimoiy qadriyatlar, an’analar, qoidalarning mazmuni va sifati demakdir. Siyosiy madaniyatning amal qilish jarayoni uning sub’ektlari tomonidan namoyon bo’ladigan ruhiy kayfiyatga ham bog’liq bo’ladi. Jamiyatdagi siyosiy munosabatlarga kirishayotgan shaxs, to’da guruhi kayfiyati shu damda qanday yo’nalgan bo’lsa, siyosiy muomala madaniyati shunday darajada va sifatida namoyon bo’ladi. Siyosiy madaniyatnnig amal qilish jarayoni odamlar xulq-atvori orqali sodir bo’ladi. Lekin siyosiy xulq-atvor jamiyatda muayyan tartibda shakllangan qonun-qoidalar doirasida namoyon bo’ladi. Siyosiy madaniyatning namoyon bo’lishi jarayonida milliy, sinfiy, diniy, kasb-korlik an’analari va urf-odatlari ham juda muhim o’rin egallaydi. Masalan, mehmondo’stlik, ommaviy xayrihohlik – hashar o’zbeklarga xos milliy an’ana sifatida qabul qilingan... Siyosiy madaniyatning qaror topishi, rivojlanishi va takomillashtirilishi jarayonida tarixiy vorislikning ahamiyati nihoyatda kattadir. Tarixiy vorislik inson hayvonot olamidan ajralib chiqqanlan keyin o’zida shakllantirilgan tabiiy tuyg’u (instinkt) – ibtidoiy to’da bo’lib yashash tuyg’usidan boshlab hozirgi kungacha birgalikda yashash, mehnat qilish, tarixiy vorislikning yorqin timsolidir. Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling