Oliy va orta maxsus talim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Download 123.67 Kb.
bet6/13
Sana20.09.2023
Hajmi123.67 Kb.
#1683099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KARIMBOY KURS ISHI

1. Bilish — axborot berish. Kishilar ertami yoki kechmi, xoxlaydimi yoki yo’qmi, ammo qat’iy ravishda siyosat dunyosiga duch keladi. Ular bu soha bilan shug’ullanishni xoxlamasalarda siyosat ular bilan baribir "shug’ullanadi". U kishilarning hayotiga va taqdiriga davlat, partiyalar va 6oshqa jamoat tashkilotlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot ko’rinishida "kirib" boradi.
Hozirgi xayotning mexanizmlari shundayki, kishilar doimo biror yo’lni, shu jumladan siyosiy yo’lni tanlab olishga majburdirlar. Bu ularni siyosat olamini bilishga, siyosiy axborotlarni egallashga undaydi. Siyosiy ong bu tomondan qaraganda kishilarga siyosiy bilimlar va axborotlarni o’zlashtirishga, ijtimoiy — siyosiy hayotda o’z o’rnini belgilashga va unda to’g’ri mo’ljalni olishga yordam beradi.
2. Baholash. Siyosiy ong ijtimoiy — siyosiy voqelikni nafaqat biladi, izohlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar u yoki bu siyosiy xodisalar va voqealarni anglash jarayonida, ularga o’z munosabatlarini bildiradilar, o’zlari uchun muayyan xulosalarni chiqaradilar. Aynan siyosiy voqelikni baholash asosida kishilar o’zlarining siyosiy qarashlarini, e’tiqodlarini, pozitsiyalarini, qiziqishlarini shakllantiradilar.
3. Yo’naltirish.. Siyosiy ong kishilarga o’zlarini jamiyat va davlat oldida nafaqat burchlarga, majburiyatlarga, balki muayyan huquqlar, erkinliklar va siyosiy manfaatlarga ega bo’lgan fuqarolar ekanliklarini anglashga yordam beradi. O’z navbatida fuqaro deb, o’zini-o’zi idrok etish kishilarni voqelikni sust, bir tomonlama anglashdan ijtimoiy — siyosiy hayotda aniq va faol ishtirok etishga undaydi. Siyosiy ong o’zining yo’naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy xulq—atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy uyushmalarga o’zlarining ham fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi.
4. Tartibga solish. Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida, hamda uning tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy g’oyalar, me’yorlar, tasavvurlar va e’tiqodlar negizida kishilarning ijtimoiy xulq— atvorlarini tartibga soladi. Siyosiy ongning tartibga solish funksiyasiga ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining keskin burilish bosqichlarida, inqirozli davrlarida mislsiz ortadi. Aynan siyosiy tizimning samaradorligi, voqealarning rivojlanish yo’li, ijtimoiy — siyosiy o’zgarishlarning yo’nalishi jamiyat keng qatlamlarining siyosiy ongiga, siyosiy ko’rsatmalarga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, siyosiy ong-sotsial subyektlar (individlar, guruhlar, sinflar, ijtimoiy birliklar)ning ijtimoiy hayotning siyosiy sohasi haqidagi bilimlari, tasavvurlari va baholashlarining yig’indisidan iboratdir. U bir qator funksiyalarni: bilish-axborot berish, baholash, yo’naltirish, tartibga solish kabi funksiyalarni bajarish bilan jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi.

Download 123.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling