Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi1 Mb.
#1017392
1   2   3   4
Bog'liq
Fatima Psixologiya

Eshitish sezgisi va idroki

Eshitish sezgilari tovushlarni sezishdan iboratdir. Tovushlar musiqiy lovtishlarga (ashula tovushi, cholg‘u asboblarining tovushi) va shovqinli tovushlarga (taraq-turuq, tars-turs, sharaq-shuruq, taqir-tuqur va boshqa shu kabi tovushlarga) bo‘linadi.


Tovushlar oddiy va murakkab tovushlarga ham bo‘linadi. Oddiy tovushlar tonlar (yoki mikrotovushlar) deb ataladi, masalan, kamertonni jaranglatganimizda tonni sezamiz. Ohangli tovushlar murakkab tovush bo'lib, ular bir necha tondan tarkib topadi. Shu tonlardan biri asosiy ton bo’lib, tovushning balandligini va kuchini belgilab beradi, boshqalari birga qo‘shiluvchi tovushlar bo'lib, obertonlar deb ataladi. Obertonlar turli asboblardan, masalan, royal, skripka, gitaradan chiqadigan bir xil balandlikdagi tovushlarning o‘ziga xosligini belgilaydi. Tovushlarning ana shu tariqa o'ziga xosligi tembr deb ataladi. Nutq tovushlari ohangli tovushlar (asosan, unli tovushlar) bilan shovqinlardan iborat (shovqinlarda undosh tovushlar ko'proq bo'ladi). Eshitish sezgilari organi quloq bo’lib, u uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq va ichki quloqdan iboratdir.
Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yo‘lidan iborat. O‘sha quloqlar nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‘zaro birlashmagan uchta bo‘lakdan tuzilgan.
Tashqi quloq havo to‘lqinlarini yig‘uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog‘ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo to‘lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O‘rta quloq maxsus yo‘l orqali og‘iz va burun bo‘shlig‘i bilan tutashgan bo‘ladi. Ichki quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o‘rta qismi kameradan va pastki qismi chig‘anoqdan tashkil topgan.
Ichki quloqlarning uchchala bo‘limi endolimfa nomli suyuqlikdan iboratdir. Ichki quloqlarning asosiy qismi chig‘anoqdan iborat bo‘lib, uning ichida kortiy organ mavjud, u gumbaz shakliga ega bo‘lib, asosida membrana joylashgan. Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo‘lib, ular tarang tortilgan to‘rlarga o‘xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qo‘llari bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari orqali katta yarim sharlar po‘stining bo‘lagida joylashgan.

Quloqning tuzilishi: 1. Quloq suprasi. 2. Tashqi eshitish yo‘li. 3. Nog‘ora pardasi. 4. 0‘rta quloq. 5. Yevstxiy nayi. 6. 0‘rta quloq ichidagi suyuklar. 7. Ichki quloq dahlizi. 8. Yarim doira kanallari. 9. Chig anoq


Havo to‘lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida eshitish sezgilari hosil bo‘ladi. Agar musiqaviy tovushlar havo to‘lqinlarining sekin harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis harakatlari natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.


Eshitish sezgilarining fizik sababi — havo to‘lqinlarining harakati bo‘lib, bu havo to'lqinlari tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil bo‘ladi. Musiqiy tovushlar to’lqinlarning tekis, ritmik harakatlari natijasida hosil bo’ladi, shovqinli tovushlar esa to‘lqinlarning notekis harakatlaridan tug'iladi. Tovush balandligi asosiy tonning balandligi bilan belgilanadi. Ton balandligi tovush to‘lqinlarining vaqt birligi hisobi bilan tezlik darajasiga (chastotasiga) bog‘liq. Tovush chiqaruvchi jismlar tebranish tezligi (chastotasi) qancha ko‘p bo‘lsa, eshitiladigan tovush shuncha yuqori bo‘ladi. Sekundiga 16-20 dan tortib 20000-22000 tebranish bo‘lganda odam qulog‘i tonlarni seza oladi. Sekundiga 100 dan tortib, 5000 gacha tebranuvchi o'rtacha balandlikdagi tonlarning farqi, ayniqsa, yaqqol seziladi. Musiqa asboblari (royal) soniyasiga 20 dan tortib, 4200 gacha tebranish doirasida 7 oktavaga egadir. Odam nutqidagi tovushlarning registri soniyasiga 150 dan tortib, 2000 gacha tebranish o‘rtasidadir. Tovushning qattiqligi - tovushning subyektiv seziladigan kuchidir. Shu sababli, tovushning qattiqligi avvalo tebranish energiyasiga bog‘liqdir. Ammo tovushning qattiqligini tovush kuchi bilan tenglashtirish yaramaydi. Bir xil kuchdagi, ammo turli balandlikdagi tovushlar bizga qattiqligi jihatidan har xildek seziladi. Tovush kuchi oshgan sari tovushning qattiqligi oshavermaydi. Tovushning qattiqligi quloqning tovush manbaidan qancha masofada ekanligiga va tovush tarqaladigan sharoitga bog‘liq. Tembr tovush to‘lqinining shakliga bog‘liq. Tovush to'lqinining shakli odam sezgilarida xilma-xil tonlarda aks etadi, bu tovush shu tonlardan hosil bo'ladi. Tovush tembri bir qancha obertonlardan tashkil topadi. Bu obertonlar asosiy tonga qaraganda 2, 3, 4 va hokazo marta ortiq tebranishi mumkin.


Korte organinmg ko'ndalang kesigi: p 1—kortiy dugalari; c—tukli hujayralar yoki eshitish hujayralari; t— asosiy parda yoki membrana
Odam ovozining tembrlaridagi, musiqa asboblarining tembrlaridagi farqlar obertonlardan qaysi birining kuchliroq jaranglashiga va bu obertonlarnnig balandligiga bog‘liqdir.

Eshitib sezishlar chog'ida eshitish organida ro‘y beradigan spetsifik jarayonlar sababini anglatishda eng ko‘p qabul qilingan nazariya Gelmgols ishlab chiqqan rezonans nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra havoning to'lqinsimon harakatlari tashqi va o‘rta quloq orqali ichki quloqdagi endolimfaga o'tadi. Bu yerda endolimfaga botib turuvchi qillar orqali asosiy membrana tolalari harakatga keladi, ulardan eshitish nervi ham harakatga keladi. Gelmgols eshituv sezgilarining sifat farqlarini (tonlarning farqlarini) tushuntirganda umumiy rezonans nazariyasiga tayanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, har bir musiqa asbobi tashqaridan keluvchi biron tovushga javoban o‘sha tovushga bir tonda moslangan torini tebrantiradi, xolos.


Gelmgols nazariyasiga muvofiq, odam qulog'ida ham shunga o'xshash hodisa voqe bo'ladi. Endolimfaga o‘tuvchi muayyan balandlikdagi har qanday tovushga javoban asosiy membrana o‘z tolalaridan birontasini tebrantiradi, qo‘zg‘alish o'sha tola orqali eshitish nerviga o'tadi. Eshitish haqidagi rezonans nazariyasi ko‘p faktlar bilan tasdiqlanishini aytib o'tmoq kerak.
Asosiy membrana tolalarining soni odam qulog‘i sezadigan tovushlarning soniga umuman baravar keladi, ya’ni 20000 tacha bo‘ladi. So‘ngra, arpa yoki guslining uzun torlari singari, asosiy membrananing uzun tolalari ham past (yo‘g‘on) tovushlarga rezonans (aks-sado) beradi, musiqa asbobining kalta torlari singari, asosiy membrananing kalta tolalari ham baland (ingichka) tovushlarga rezonans beradi. Bu, masalan, hayvonlar ustida qilingan quyidagi tajribalar bilan isbot etiladi. Agar it qulog'ining asosiy membranasidagi uzun tolalar qirqib olinsa, u past (yo‘g‘on) tovushlarni sezmaydigan bo‘lib qoladi, agar asosiy membrananing kalta tolalari kesib olinsa, baland (ingichka) tovushlarni sezmaydigan bo'lib qoladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling