Dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki, undagi ilmiy xulosalar tilshunoslikning,
xususan, badiiy matn tahlili, paremeologik birliklar muammolarini ma’lum ma’noda oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Tadqiqot natijalari oliy va o‘rta maxsus ta’limda uslubshunoslik fanlarini o‘tishda, shuningdek, “Badiiy matn tahlili”, “O‘zbek tili stilistikasi” singari fanlarda ham amaliy jihatdan foydalanish mumkin. DI xulosalari maqollarning lisoniy tabiatini ochib beruvchi mavjud nazariy fikrlarni boyitishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari oliy va o‘rta maxsus ta’limda uslubshunoslik fanlarini o‘tishda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining morfologiya va leksikologiya bo‘limlarini o‘qitishda ham amaliy jihatdan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |