“Yirtiq uyni el topar, Yolg‘on so‘zni chin topar” yoki “Maddohning va‘ziga ishonma, G‘olibning – so‘ziga”. Matal: “Uyida chaksa uni yo‘q, tom boshida qo‘sh tandir”.
Maqollar grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlaridir. Matallar esa grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, faqat o‘z ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llaniluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari hisoblanadi. Maqollarning matallardan asosiy farqi maqollarning idiomalashgan ko‘chma ma’noga ega
ekanligi va matallarning bu xususiyatga ega bo‘lmay, faqatgina to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishida ko‘rinadi. Jamiyatda bo‘lgani singari tilda ham bir necha birliklar yonma-yon yashar ekan, albatta, ular bir-biriga ta’sirda va o‘zaro munosabatda bo‘lishi va bu munosabat natijasi o‘laroq bir-biriga tomon siljishlar, o‘tishlar bo‘lgani kabi tilda ham o‘zaro yondosh hodisalarning maqollashish jarayonini kuzatish mumkin. Paremiologik lug‘atlarda maqol-matal tipidagi paremalarning komponentlaridan biri(so‘z yoki birikma) yoki barchasi (gap, qo‘shma gap) o‘z ma’nosida ishlatilishi mumkin:
a) maqol tarkibidagi leksik birliklar – so‘z, juft so‘z, izofiy birikma o‘z ma’nosida ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |