Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samrqand davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-malaka 3O6-guruh
-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusu ustida ishlash
Download 133.03 Kb.
|
Samrqand davlat universiteti
2.2. 2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusu ustida ishlashO‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishgaasoslanib tanishtiriladi. Bundajufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko'rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir — paqir, gul - kul, dil — til, zina — sina, joy — choy kabi so'zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi o'quvchUar diqqatini b~p, v—f, g~k, d~t, z~s,j—ch, j—sh tovushlari bid jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). O‘zbek tilida ikki har xil undosh yonma-yon keladigan so‘zlar mavjud. Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, do’st, xursand, payvand, xo’rozqand kabi so‘zlardagi d, t undosh tovushlar ba‘zan aytilmaydi (talaffuz qilinmaydi), ammo yoziladi. Dasturga ko‘ra, o‘quvchilar nutqida ko‘p qo‘llanadigan, ularning faol lug‘atiga aylangan ayrim so‘zlar misolida bunday so‘zlarning aytilishi va yozilishi haqida o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish ko‘zda tutiladi. 1-dars Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar Ta‘limiy maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqida ko‘nikma hosil qilish. Ta‘rbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni so‘zlarni orfoepik me‘yorlarga amal qilgan holda talaffuz qilishga o‘rgatish, ularda nutq madaniyatini shakllantirish. Darsning borishi: Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va yozilishini kuzatish. Lug‘at ustida ishlash. Lug‘at ustida ishlashda so‘zlarning izohi o‘qituvchi tomonidan aytiladi, o‘quvchilar izohga mos so‘zni topib aytadilar. Bi mashq Bir so‘z bilan ayting deb nomlanishi mumkin. O’zbekistonning markaziy shahrining nomi. (Toshkent) Biror o’simlikni boshqa o’simlik tanasiga ulab o’tkazish usuli. (Payvand) Ota-onaning o’g’il va qizi. (Farzand) Tana qo’yib, shoxlar chiqarib o’sadigan o’simlik. (Daraxt) Oziq-ovqat mahsuloti. (Go’sht) Insonning yaqin kishilaridan biri. (Do’st) Biror harakatni bajarish uchun astoydil bel bog’lash. (Qasd) Odamning shod bo’lgandagi holati. (Xursand) Amir Temur poytaxt qilgan shahar nomi. (Samarqand) Bolalarning sevimli shirinligi nomi. (Xo’rozqand) O‘quvchilar aytgan so‘zlarni o‘qituvchi doskaga yozib boradi. Shu so‘zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan? O‘qituvchi muammo mohiyatini qisqacha tushuntiradi: o‘zbek tilida mana shu kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan so‘zlarni aytganimizda, ba‘zan so‘z oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu so‘zlarni yozganda, asliga muvofiq, ya‘ni oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, do’st, g’isht kabi yozamiz. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarni kuzatish. So‘z oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozdirish, aytilishi va yozilishni qiyoslash. 131-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan mosini qo‘yib ko‘chiring. Xursan… , balan… , darax… , pas… , farzan… , payvan… , ros… , do‘s… . O‘quvchilarga qoidani darslikdan o‘qitish.5 O‘quvchilarga qoidani tushuntirishda Samarqand, farzand, do’st, daraxt so‘zlari bilan obod, ozod, hayot, iqtisod, ma’naviyat kabi so‘zlar qiyoslanadi, ya‘ni qoida ketma-ket kelgan undoshli so‘zlar uchun yozilganligi eslatib o‘tiladi
Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani shakllantirish. Buning uchun darslikdagi 132-mashqdan foydalaniladi. Mashq sharti quyidagicha: O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishidagi farqni ayting. Ona shahrim – azim Toshkent, Go’zallikda tengsiz poytaxt. Kelajagi buyuk shahar, Quchog’ida yuz ochar baxt. Ko’chalari ravon, nurli, Binolari ko’rkam, baland. Bo’lsam deyman bir koriga Yaraydigan komil farzand. Abdurahmon Akbar 1. O‘qituvchi o‘quvchilarga ―Men she‘rni o‘qib beraman, sizlar aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarni aniqlab aytasiz‖ topshirig‘ini berib, yuqoridagi she‘rni ifodali o‘qiydi. O‘quvchilar Toshkent, poytaxt, payvand, baland so‘zlarini aniqlaydilar (zarur bo‘lsa, o‘qituvchi yordam beradi). O‘quvchilar 133-mashqni mustqil bajaradilar. O‘qituvchi o‘quvchilar javobini umumlashtiradi, mavzu haqidagi fikrlarni xulosalaydi. Darsni yakunlash. Savol: Darsda nimalarni bilib oldingiz? Uyga vazifa. 134-mashq. O‘rganilgan mavzuga mos to‘rtta so‘z yozish. dars Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar Maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshliso‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqidagi ko‘nikmani o‘stirish. Darsning borishi.
Uy vazifasini tekshirish. Mashq parta oralab ko‘rib chiqilgach, bir necha o‘quvchi yozib kelgan so‘zlarni o‘qiydi, qanday yozganini tushuntiradi. So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslash bilan aytilishda tushib qoladigan undoshlarning imlosi haqidagi ko‘nikmani mustahkamlash. Izohli yozuv: o‘qituvchi quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri qilib aytadi: payvand, farzand, baland, xursand, Samarqand, do’st, mashinist, juft, g’isht, go’sht. O‘quvchilar navbat bilan so‘zlarni izohlab doskaga yozadilar, qolgan o‘quvchilar daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Masalan, payvand so‘zida ikki bo‘g‘in bor: pay-vand, so‘z oxiridagi d undoshi aytilishda ba‘zan eshitilmaydi, ammo so‘z oxirida d harfi yoziladi. 135-mashqni birgalikda bajarish. 135-mashq. Maqollarni o‘qing. Mehnatdan do‘st ortar. Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. Rejasiz ish – olipsiz g‘isht. Baland tog‘da qor bo‘lar, mard kishida or bo‘lar. Ikkita maqolni ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlarning tagiga chizing. 136-mashqni mustaqil bajarish. O‘z diktant yoki yoddan yozuv. 137-mashq. Darsni yakunlash. Uyga vazifa. 138-mashq. Download 133.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling