Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samrqand davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-malaka 3O6-guruh


-sinfda “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash


Download 133.03 Kb.
bet3/3
Sana24.10.2020
Hajmi133.03 Kb.
#136351
1   2   3
Bog'liq
Samrqand davlat universiteti

3. 3-sinfda “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash


Fonеtik tushunchalar ustida ishlash ona tili o‘qitish tizimida asosiy vazifalardan biri sanaladi. Chunki tovush tilshunoslikda til birligi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tovush ma‘no farqlovchi fonema sifatida boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘rgatib boriladi.

  1. sinfda fonеtik tushunchalarga oid bilimlar yanada kеngaytiriladi.

3-sinfda sinfda ―Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar‖ mavzusi asosida o‘quvchilar so‘z oxirida tushib qoladigan undoshli so‘zlar va ularning imlosi bilan tanishadilar. Quyida aynan shu mavzu asosida tashkil qilingan dars ishlanmasini kеltirib o‘tamiz.

Mavzu: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar

Darsning maqsadi: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini takrorlab, mustahkamlash; chiroyli yozuv malaka va ko‘nikmalarini

takomillashtirish; Vatanga mеhr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning mеtodi: suhbat, savol-javob, kuzatish.

Darsning jihozi: shahar va qishloqlarning bugungi go‘zal qiyofasi tasvirlangan rangli rasmlar.

Darsning borishi:

Darsni tashkil etish. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi kuzatiladi. Yoddan yozuv diktanti.

53-mashqdagi shе'r kitobdan bir nеcha marta o‘qitiladi (o‘qituvchi bilan birgalikda jo‘r bo‘lib, ovozsiz, ichdan, yakka holda).

Farzand bo’lib maqtayman, Xursand bo’lib maqtayman. Shu o’lka suvin ichdim, Dilband bo’lib maqtayman.

Onajon O’zbekiston, Mehribon O’zbekiston.

Po’lat Mo’min

O‘qituvchi o‘quvchilar shе‘rni yod olganlariga ishonch hosil qilgach, kitoblar

olib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shе‘rni yoddan mustaqil yozish tavsiya etiladi. O‘quvchilar yozganlarini kitobdan tеkshiradilar. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini kuzatish, o‘rgatish. So‘z oxirida tushib qoladigan t, d undoshlarining imlosi 54-mashqni o‘quvchilar jamoasi bilan doskada va daftarda bajarish orqali eslatiladi. O‘quvchilar mashq talabini bajarib, so‘zlarni qayta o‘qib, yozganlariga qiyoslaydilar. O‘qituvchi rahbarligida bunday so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi farqni aniqlaydilar, shu so‘zlar bilan og‘zaki gaplar tuzadilar. Darslikdagi qoida ustida ishlanadi. O‘qituvchi qoidani tushuntirgach, o‘quvchilar uni kitobdan o‘qiydilar, qoidaga mos misollar tanlaydilar, o‘quvchilar aytgan so‘zlardan 6 – 8 tasi doskaga (talaffuzda tushib qoladigan undoshlar o‘rniga nuqta qo‘yilgan holda) ikki ustun

shaklida yozib boriladi.

Samarqan... Toshkеn...

Payvan... darax...

Bahraman... kaf...

O‘quvchilar birinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga ―d‖, ikkinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga ―t‖ undoshlarini qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiradilar. O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. Bolalar so‘zlarning aytilishi bilan yozilishini kuzatib boradilar. Birinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda ―d‖ undosh tovushining tushib qolayotganini, ikkinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda esa ―t‖ undosh tovushi tushib qolayotganini aniqlaydilar. Qoidani bilganlaricha aytib bеradilar. So‘ngra 55-mashq bajariladi.

Mustaqil ish. O‘qituvchi doskaga farzan., mush., balan., mashinis., dilban., g‘ish., ros. so‘zlarini yozib qo‘yadi, o‘quvchilarga nuqtalar o‘rniga ―d‖, ―t‖ undoshlaridan mosini qo‘yib, doskada bеrilgan so‘zlarni ikki ustun shaklida yozishni topshiradi

va birinchi ustunga oxirida ―d‖ harfi yoziladigan so‘zlarni yozish tushuntiriladi. Mustaqil ish o‘quvchi rahbarligida tеkshiriladi.

Mantiqiy mashq.

57-mashq. Bu mashq topshirig‘iga ko‘ra og‘zaki bajariladi. O‘quvchilarning diqqati juft, to‘rt so‘zlarining talaffuzi va imlosiga qaratiladi. Bu so‘zlar o‘quvchilarga

takror-takror talaffuz qildiriladi. Talaffuzda to‘rt emas to‘r eshitilayotgani, bunda so‘z ma'nosi butunlay o‘zgarib kеtganligi, juft so‘zini talaffuz qilishda juft emas, jup, ya'ni ―f‖ o‘rnida ―p‖ eshitilayotgani, shunga qaramay, bu so‘zlar aslicha yozilishi tushuntiriladi. So‘ngra gap mazmunan qanday gap ekanligi aniqlanadi. Gap mantiq tomondan ko‘rib chiqiladi va unda so‘raldayotgan narsa qanday joylashtirilishi haqida xulosa chiqariladi.

Husnixat mashqlari. Husnixat uchun matеrial. Uu. Umid, Murod, Umid Murod bilan inoq.

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa: 56-mashq. Talaffuzda ―d‖, ―t‖ undoshlari tushib qoladigan so‘zlardan 10 ta topib yozish.

Dars davonida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, orfografik hushyorligini ta‘minlash uchun “So’z ichida ketma-ket kelgan har xil undoshlar” mavzusiga doir ta‘limiy mashqlarni o‘ylab toppish, ijod qilish hamda ularni dars davomida qollash yaxshi samara beradi. Quyida ana shunday mashqlardan misollar keltirilgan.

Tushunchani so’z bilan ifodalash mashqlari: Onalarda tugamaydigan ―narsa‖ (mehr) Eng yaqin o‘rtoq (do‘st)

O‘zbekistonning poytaxti (Toshkent)

Nomi shirinlik bilan tugaydigan shahar (Samarqand) Ayollar bayrami oyi (mart)

Va‘dasida turadigan, saxiy (mard)

Ertaklardagi podshohlar yashaydigan joy (qasr) Yuz yil (asr)

Hech to‘xtamaydigan jarayon (vaqt) Bolalar yaxshi ko‘radigan shirinlik (qand) Antonim so’zlardan:

Xafa emas (xursand) Tez emas (sust)

Baland emas (past) Suyak emas (go‘sht) Yolg‘on emas (rost) Bo‘sh emas (band) Aql emas (jahl) Nasiya emas (naqd) Loy emas (g‘isht) Vodiy emas (dasht)

Bunday mashqlar o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, darsga bo‘lgan

qiziqishini orttiradi.

Mavzu: Diktantni tahlil qilish. Yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash. O‘rganilgan mavzularni mustahkamlash mashqlarni bajarish.

Maqsad: Xatolar ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish; jarangli va jarangsiz undoshlarni, talaffuzda tushib qoladigan va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini o‘stirish.

Darsning borishi.

Diktant natijasi haqida tushuntirish.



  1. Ko‘pchilik o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar ustida ishlash.

  1. Diktant matnidagi so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshli so‘zni va shu qoidaga mos o‘zingiz yozgan so‘zlarni o‘qing.

  2. So‘z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harf yozilgan so‘zlarni o‘qing. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli va ketma-ket kelgan bir xil

undoshli so‘zlarni xato yozgan o‘quvchilar shu so‘zlarni to‘g‘ri yozadilar. Boshqa o‘quvchilar aytilishida tushib qoladigan va ketma-ket ikkita bir xil undosh harf yoziladigan so‘zlarga ikkitadan misol aytadilar va yozadilar.

  1. Darsni yakunlash.

  2. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

  3. Uyga vazifa. O‘rganilgan qoidalarni yodda tutish. Mavzu bo’yicha dars ishlanma

Mavzu:

Undosh tovushlar va harflar

Dars maqsadi:




Тa’limiy:

O`quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash.


Tarbiyaviy:

O`quvchilarni topqirlikka o`rgatish, tabiat ne`matlarining foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga,

parvarishlashga o`rgatish.




Rivojlantiruvchi:

O`quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi bilimlarini, so`z boyligini, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Dars turi:

Mustahkamlovchi dars.



Dars jihozi:

Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari, ko`rgazmalar, proektor, 1-sinf darsligi muallif E.Shodmonova, T.G’afforova, 2014 yil, ona tilidan qo’llanma.


Dars uslubi:

Savol-javob, suhbat, o`tilgan mavzuni mustahkamlashda “So`z o`yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan, proektor yordamida “So`z tuz” o`yinidan foydalaniladi.

Darsning borishi

TASHKILIY QISM:




Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa)



O`qituvchi:

Hozir qaysi fasl?

Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi? Bugun ob-havo qanday?



Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish.

O`qituvchi:

Hozirgi kunda qanday yangiliklarning guvohi bo`lyapsiz yoki eshitdingiz?

O`quvchi:

Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar haqidagi yangiliklari aytiladi.

O`qituvchi:

Hozir qaysi dars? (6 daqiqa)

O`quvchi:

Ona tili.

O`qituvchi:

Biz o`tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz, uyga vazifa nima?

O`quvchi:

Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq. Shartiga ko`ra so`zlar tuzib, yozish lozim.

O`qituvchi:

2-3- o`quvchidan uy ishi so`raladi, muhokama qilinadi. Uyga berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi.

O`qituvchi:

Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday aytiladi?

O`quvchi:

Unli tovushlar hech qanday to`siqqa uchramaydi, cho`zib talaffuz qilinadi.

O`qituvchi:

Unli tovushlar nechta va qaysilar?

O`quvchi:

6 ta: a, o, e, i, u, o`.

O`qituvchi:

Uchqur so`zini bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi.

O`quvchi:

Uch – 1 bo`g`in, 2 ta tovush (u, ch), 2 ta harf (u, ch). qur – 2 bo`g`in, 3 ta tovush (q, u, r), 3 ta harf (q, u, r).

O`qituvchi:

a, u, o unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar topadi, izohlaydi.

O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi.

Dam olish daqiqasi: Bo`yin cho`zib qarag`ay, Yon atrofga qaragay.

Der u: barcha daraxtdan, Baland akang qarag’ay.


O`qituvchi:

O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u

qanday hosil bo`ladi?



O`quvchi:

Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta

undosh harf bor.



Dars maqsadi e’lon qilinadi.

YANGI MAVZU BAYONI:





O`qituvchi:

Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti

(kuz, qalam, kitob, shavla, burgut, bulbul).



Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi.

DARSLIK BILAN ISHLASH:




O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish.



O`qituvchi:

Quyidagi topishmoqning javobini toping:

Ikki yoni tog`, o`rtasida sarig` yog`.



(yong`oq)
Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning “Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa)

O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan).

Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga chiroyli yozish qoidalari eslatiladi.



Dam olish daqiqasi: Olma yedim baqalog’idan, Anjir yedim yapalog’idan.

Olcha yedim qo’shalog’idan,

Dehqon boboning shapalog’idan.

“So`z tuz!” mashqi proektor orqali beriladi. O`quvchilarga proektor haqida tushuncha beriladi. Mashq shartini tushuntiriladi. O’quvchilar har bir shakldan oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa)

Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi. (2 daqiqa).

25-mashq asosida rasmli diktant o`tkaziladi. Darslikdagi lug`atdan tekshiriladi. Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga boyligi, ularni yetishtirishda dehqonlarning mehnati haqida suhbat o`tkaziladi. Daftarga yozilgan sabzavot nomlaridagi undoshlarning tagiga chizish topshiriladi.



O`qituvchi:

Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz? (4 daqiqa)

1-o`quvchi:

Mehnat – baxt keltirar.

2-o`quvchi:

Mehnat, mehnatning tagi rohat.

3-o`quvchi:

Ishlagan tishaydi, ishlamagan tishlamaydi.

O`qituvchi:

Barakalla, bolajonlar, mehnat insonni ulug`laydi sog`lom qiladi,

chiniqtiradi.


Dam olish daqiqasi.


Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa)

O`qituvchi:

O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi. (5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi undosh harflarni ajratib ko`rsatish, o`kuz topshirig`I beriladi.

Undosh tovushlarga qoida chiqariladi.



O`quvchi:

Undosh tovushlar og`izda to`siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va shovqindan hosil bo`ladi.

35-mashq uyga bajariladi. O`quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (sh, ch, ng). (2 daqiqa)

O`qituvchi:

Harf birikmalariga nechta katak ajratiladi (1 ta), nima uchun?

Mustahkamlovchi topshiriqlar beriladi.


O`qituvchi:

Lug`at diktantdagi so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing.



O`quvchilar:

Kuz keldi. (4 daqiqa)

Qalam bilan chiroyli rasm chizdim. Kitob-mening do`stim.



O`qituvchi:

Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok etganmi?

O`quvchilar:

Albatta, har bir so`zimiz unli va undosh tovushlardan tuzilgan.

Bunda o`quvchilarning o`g`zaki nutqi, so`z boyligi o`sishi ko`zda tutilgan.



Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa)

O`quvchilar o`z bilimlarini belgilar qo`yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi.

Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar.

Agar dars yoqmasa,yig’lab turgan shaklni,darsga befarq bo’lsa to’g'ri chiziq chizadilar.

O`quvchilar bilimlari baholanib, rag`batlantiriladi. (2 daqiqa)

X u l o s a


Boshlang‘ich ta'lim o‘quv dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonеtik-grafik ko‘nikmalar komplеksini egallaydilar: tovushlar va harflar; unli va undosh tovushlar; jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar; jufti yo‘q jarangli va jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish; urg‘uli bo‘g‘inni ajratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanligini yaqqol ko‘rsatish uchun.



Biz ―2- sinflarda undoshlar ustida ishlash mavzusidagi Malaka ishimiz mavzusi ustida ishlash va uni shakllantirish jarayonida quyidagi xulosalarga kеldik:

  • Boshlang‘ich sinflar ona tili ta'limida fonеtik va grafik tushunchalar ustida ishlash nihoyatda murakkab ish hisoblanadi. Chunki hatto katta yoshdagi kishilarning hali ko‘pchiligi unli - undosh, tovush - harf, jarangli - jarangsiz, til - yozuv tushunchaliring farqiga bormaydi.

Ba‘zan ―lotin yozuvi‖ bilan ―lotin tili tushunchasini farqlay olmaslik holatlari uchrab turadi. Baholanki, lotin tili hozirda o‘lik til hisoblanadi.

  • Ona tili ta'limida undoshlar bilan bog‘liq fonеtik-grafik tushuncha orqali o‘quvchilarda imloviy hamda grafik malaka shakllantiriladi.

  • Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushunchalar ustida ishlashning muayyan bosqichlari, usullari ham uslubiy qo‘llnmalarda aniq bеrilmagan.

  • Undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushunchalar ustida ishlash ta'limda muhim ahamiyat kasb etadi, aynan o‘quvchining savodxonligi mana shu tushunchalarni o‘zlashtirib borish bilan belgilanadi.

  • Fonеtik tushunchalarni nazorat qilishda o‘qituvchi muntazam ravishda o‘quvchilar egallagan tushunchalarni tеkshirib turishi, o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarini tahlil vositasida aniqlab borishi, o‘quvchilarning kamchilik va nuqsonlarini bartaraf etib borishi yaxshi samara bеradi.

  • Ona tili ta'limida jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushuncha orqali imloviy malaka shakllantiriladi. Shuning uchun mashg‘ulotlarda olingan yozma ishlarning sifatiga qarab, ularning imloviy jihatini tahlil qilib, o‘quvchilarning fonеtik tushunchalarni o‘zlashtirish darajasi

qanday ekanligini aniqlash mumkin.

  • Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonеtik tushunchalarni nazorat qilishda turli ta'limiy vositalar va o‘yinlardan foydalanish lozim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008.

–B. 89-90.

  1. Karimov I.A. Til elni birlashtirishi lozim. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston. 2012., 439 b, 66-bet.

  2. «Ta'lim to‘g‘risida» gi Qonun // Barkamol avlod – O‘zbеkiston

taraqqiyotining poydеvori.-T., 1997.-B. 27.

  1. Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida\\ O`TA. 2003. N . 42-46 b.

5.A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. — T.: 2003. 6.Ikromova R, Muhamedova D., Shodmonqulova D., Maqsudova M., G‘ulomova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma'ruza matnlari (Morfemika. So‘z yasalishi. Morfologiya.). Toshkent. 2001-yil.

  1. Yunusov R. O`zbеk tilidan praktikum. 1-qism, TDPU, 2006.

  2. Karimova Q., Matchonov S va .b. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. – Toshkent: Noshir. 2009. -351.

  3. Mirzayev M., Usmonov S. , Rasulov I. O`zbek tili. T., «O`qituvchi» 2006 yil

  4. Nigmatov X.G. Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov XI-XII vv. st.71-72.

  5. Nurmonov A. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. T. 2013. Sayfullaеva R.,

  6. Nurmonov A.,Shahobiddinova Sh. Grammatik katеgoriya muammosiga doir ayrim mulohazalar \\ O`TA. 2014. N 6 22-26 b.

  7. Otamirzaеva Z., Yusupova M. O`zbеk tili. - Toshkеnt:, O`AJBNT markazi 2004.

  8. Ona tili. 4-sinf maktab darsligi. Ikromov R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonova D. Toshkent: O‘qituvchi., 2007.190 b.

  9. Raxmatullaеv Sh. Hozirgi adabiy o`zbеk tili. Univеrsitеt nashriyoti, 2006.

16.R. Safarova va boshq. Savod o'rgatish darslari (Alifbeni o‘qitish bo‘yicha metodik qoMlanma). - T.: „Ma’naviyat“, 2003.


  1. Sayfullaеva R.R. va.b. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. T., «Fan va tеxnologiya», 2009, -416.

  2. Tursunov U., Muxtorov J., Raxmatullaеv S. Hozirgi o`zbеk adabiy tili. - Toshkеnt:, O`zbеkiston, 2003.

  3. Hamroеv M, Muhamеdova D., Shodmonqulova D. Ona tili. - Toshkеnt:, Moliya, 2008.

  4. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T., «O`qituvchi» 1980 yil

  5. O`zbеk tili grammatikasi. T. 2007.144 b.;

  6. Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M., Xojiev A, Rasulov I, Doniyorov X. Internet saytlari

  7. Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish http://alifbe.zy.uz/11 Vasikova Shaxnozani maxsus sayti.

  8. Yo’ldosheva Sh. 3- sinf o’qish darslarida interfaol usullardan foydalanish. O’quvchilarning milliy ma’naviyati shakllantirishda boshlang’ich ta’limning o,rni.(ilmiy-metodik to’plam). NTDPU Toshkent-2009. Ziyonet.uz






Download 133.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling