Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet68/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Internet saytlari:
1.www.minzdrav.uz;
2. www.tma. uz
3. www. Ziyonet;
4. www.hygiene.uz;
5. www.radiation.uz;
6. https://www.iaea.org/ (International Atomic Energy Agency)
7. www.radiation-and-risk.com.
8. www.uran.pro
3-Mavzu: Kommunal gigiena fani haqida tushuncha. Kommunal gigiena bo’limining
tekshiruv ob’ektlari haqida tushuncha.
Kommunal Gigiena fani va uning mazmuni, usullari.
-Commune - francuz tilidan jamoa, odamlar o'rnashgan joy ma'nosini bildiradi (aholi turar joylari gigienasi, shahar, ishchi posyolkalar va qishloklar).
Hygienos - grekchada olingan bo'lib, salomatlikka ko'maklashuvchi, salomatlik keltiruvchi ma'nosini beradi.
Kommunal gigiena - insonga tabiiy va antropogen omillar ta'sirini o'rganadigan va shular asosida gigienik me'yorlarni, hamda sanitariya qoidalarini ishlab chiqadigan fan bo'lib, bu qoidalarga rioya qilish salomatlikni ta'minlaydi va aholi turmush sharoitlarini yahshilaydi.
Kommunal gigiena atrof muhitning iflosdanishini oldini olish va bartaraf etishga, uni sog’lomlashtirishga qaratilgan, aholini ksallanishining oldini olishga va kamaytirishga qaratilgan sanitariya-gigienik va sanitariya - epidemik tadbirlarni ishlab chiqishga va amalda qo’llanishini nazorat qilishga tadbiqqilinishining ilmiy asosi hisoblanadi. 35
Kommunal gigiena - fan sifatida o'zining oldiga uchta asosiy masalani qo’ygan:
1. AHoli turar joylarida tashqimuhitning inson salomatligiga ta'sirini o'rganish.
2. AHoli yashash joylarni sog’lomlashtirish, ozodalashtirish va optimal sharoitga keltirish uchun zaruriy sanitariya me'yor va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish.
3. Kommunal gigiena sohasida sanitariya qonunlarining asoslarini ishlab chiqish.
Kommunal gagienada qo'llaniladigan usullar. 36
Kommunal gigienada, ilmiy izlanishlarda va sanitariya amaliyotida quyidagi usullardan foydalaniladi.
1. AHoli yashash sharoitlarini sanitariya tekshiruvidan o'tkazish va olingan natijalarni statistik qayta ishlab chiqish.
2. Gigienik tekshiruvlarni asbob-uskunalar yordamida o'tkazish. Bularga harorat, namlik, havo bosimi va harakat tezligi, issiqlik va ulьtrabinafsha radiaciyasining kuchlanishi, yoritilganlik, shovqin intensivligi va boshqa fizik, kimyoviy ko'rsatkichlarni o'lchash.
3. Gigienik tekshiruvlarni mahsus laboratoriya sharoitida yoki ularning yordamida o'tkazish. Bularga ichimlik suvini, chiqindi suvlarni, yopiq honalar havosini, atmosfera, tuproq va tashqimuhitning boshqa elementlarining fizik-kimyoviy, biologik, bakteriologik, gelьmentologik, toksikologik va radiologik usullar bilan tekshiruvlar kiradi.
4. Tashqimuhit omillarining inson organizmiga ta'sirini fiziologik usullar yordamida aniqlash.
5. Laboratoriya sharoitlarida tajriba o'tkazish usullari (kameralarda, mahsus tajribaviy asbob-uskunalarda).
6. AHoli yashash joylarining sanitariya sharoitlariga bog’liq statistik sinov usullari bilan aniqlash.
7. Tashqimuhit ta'sirini aniqlash uchun aholining turli guruhlarini ommaviy ko'rikdan o'tkazish usullari.
Kommunal Gigienaning maqsadlari, ish shakllari va usullari.
Kommunal gigiena fanining asosiy mahsadlari - uning aloqida bo'lgan (quyida sanalgan) 6 ta bo'limida berilgan.
1. Suv va ichimlik-ho'jalik suv ta'minoti gigienasi. Mazkur bo'limda ichimlik suvining sifati, tozalash qurilmalarini joylashtirish va ishlatish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlovchi tarmoklarga qo’yiladigan gagigenik talablar o'rganiladi.
2. Suv ob'ektlarini sanitariya muhofazalash gigienasi. Ushbu bo'limda suv havzalari suvlarining sifati masalalari, ularni ichimlik-ho'jalik suvi manbasi sifatida ishlatish mumkinligi, hamda suv havzalari suviningsifatini turg'un saqlash maqsadida chiqindi-oqava suvlarini tushirilishiga qo'yiladigan gigienik talablar o'rganiladi.
3. Tuproqning sanitariya himoyasi va aholi turar joylarini sanitariya tozalash gigienasi. Bu bo'limda tuproqni kimyoviy va biologik moddalar bilan ifloslanish shart-sharoitlari o'rganiladi. Ifloslantiruvchilarni tuproqorqali er osti suvlarga, atmosfera havosiga, o'simliklarga o'tib inson salomatligiga va turmush sharoitiga ta'sir ko'rsatishi o'raganiladi. Bo'limda yana suyuqchiqindilardan sanitariya tozalashga qo’yiladigan gigienik talablar ham o'rganiladi.
4. Atomosfera havosini sanitariya muhofazalash gigienasi. Bu bo'limda atmosfera havosini ifloslanishining qanday darajasi aholi salomatligiga zararsiz ekanligi, aholi turmushining sanitariya-maishiy sharoitlarni buzmaydigan holati, aholi turar joylari havosi tarkibida ifloslantiruvchilarning gagaenik me'yoridan oshib ketish darajasini vujudga kelishini oldini olish mahsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni joylashtirishga va ishlatilishiga qo’yiladigan gagaenik talablar o'rganiladi.
5. Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilaktika muassasalari gigienasi. Bunda turar joy binolari ichki omillarining inson uchun optimal darajasi (havoharakati, nisbiy namlik, havoharorati, honaning radiacion rejimi), davolash profilaktik muassasalarini loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo’yiladigan talablar, madaniy-maishiy muassasalarni (hammom, kirhona, sartaroshhona, kinoteatr, teatr, cirk va boshqalarni) loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo’yiladigan talablar, sport inshoatlarini (suzish havzalari, sport komplekslari va zallari) loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo’yiladigan talablar qaraladi.
6. AHoli turar joylarini loyihalashtirish (rejalashtirish, joylashtirish) gigienasi bu bo'limda aholi turar joylarini rejalashtirishda tabiiy-iqlim sharoitlarining ahamiyati va ularni rejalashtirishda hisobga olish, aholi turar joylari hududlarida seliteb mintahani rejalashtirish va qurilishga qo’yiladigan gagaenik talablar, qishloqaholisi, turpar joylarini rejelashtirishni o'ziga hos tomonlari o'rganiladi.
DSN tashkil qilish va o'tkazishda shifokor faoliyatining huquqiy asoslari
Davlat sanitariya nazorati - bu sanitariya qonunlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qo’yishga qaratilgan sanitariya epide-miologiya hizmatining faoliyatvdair.
Davlat sanitariya nazorati (DSN) O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saklash vazirligiga qarashli sanitar epidemiologik hizmat muassasalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Uning vazifa va mazmunlari O'zbekiston Respublikasining Konstituciyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining "Fuqorolarni himoyaqilish to’g’risidagi", "Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi" qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va qo’llanmalari, Sog’liqni Sakdash Vazirliganing me'yoriy hujjatlari bilan belgalanadi.
Kommunal ob'ektlar va atrof muhitholati ustidan DSN o'tkazish uchun DSENM shifokori yuqori professional tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga va yuqori madaniyatga ega bo'lish, aholi yashash punktlari gigienasi, atrof muhit va aholi salomatligini himoyaqilish sohasida fundamental va amaliy tayyorgarlikni birlashtira olishi kerak. Shu bilan bog’liqholda sanitariya shifokori kommunal gigiena ob'ektlari ustidan nazorat o'tkazishda sog’liqni saklash haqidagi qonunchilik asoslari va shu sog’ada qo’llaniladigan direktiv hujjatlarni, sanitar qonunchilikni va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish asoslarni bilishi kerak. 37
Sanitariya shifokorining faoliyatida qo’llaniladigan qonuniy hujjatlar o'z ahamiyati, tarkibi va yo'nalishi bo'yicha 3 guruhga bo'linadi. 38
1. Asos bo'luvchi hujjatlar.
1. O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi - mustaqil Respublikaning asosiy qonuniy hujjati. Unda atrof muhitlarni himoyaqilishga ham katta ahamiyat berilgan. "Еr, foydali qazilmalar, muhit, resurslar, o'simlik va hayvonot dunyosi umumdavlat boylik hisoblanib, davlat himoyasidadir" (50, 54-55 bandlar). YUQorida ko'rsatilgan atrof muhit ob'ektlarini va aholi salomatligani saklashda, respublikada ekologik holatni yahshilash sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi faoliyatining asosini tashkil qiladi.
2. "Fuqorolar salomatligani saklash haqidagi qonun" (1996) - O'zbekiston Respublikasi huqumatini respublika aholi salomatligini saklash va mustahkamlash haqida hamho'rligini ifodalaydi.
12-bandda qulay sanitar-epidemiologik holatga e'tibor berilgan. O'zbekistonda ekologik holatni yahshilashda profilaktik chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan.
3. "Aholini sanitar epidemiologik osoyishtaligini saqlash to’g’risidagi" qonun aholini sanitariya-epidemiologik qulay va radiacion havfsiz sharoitlar bilan ta'minlash bo'yicha jamiyat qarashlarini ifodalaydi, hamda insonni qulay atrof muhitga egalik huquqini belgilaydi.
4. "Atmosfera havosini himoyalash haqidagi qonun". Ushbu qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atmosfera havosini tabiiy tarkibini saklash, atmosfera havosiga kimyoviy, fizik, biologik va boshqa omillarning zararli ta'sirlarini kamaytirish va oldini olish. Atmosfera havosini himoyalash sohasida davlat organlari, korhonalar, muassasalar, uyushmalar, jamoa birlashmalari va fuqarolar faoliyatini qonuniy boshqarish.
5. O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida aholi salomatligani sakdash va boshqa masalalarning aks etganligi. Sanitar-gigienik ta'limning zarurligi, salomatlik va fiziologik holatlar hususiyatlari talablarga javob beruvchi sharoitlarda mehnat qilish va o’qitish (19-band).
2. Umumdavlat me'yoriy-qonuniy hujjatlar.
Atrof muhitholati va kommunal ob'ektlarda DSENM shifokori faoliyatida quyidagi hujjarlardan foydalaniladji:
1)sanitariya qoidalari va me'yorlari.
2)davlat standartlari (DST, GOST);
3)qurilish me'yorlari va qoidalari (QMQ, SNIP);
4)sanitariya qoidalari (SQ);
5)asos bo'luvchi buyrukdar, nizomlar;
3. Me'yoriy-uslubiy hujjatlar.
Amaldagi me'yoriy-uslubiy hujjatlarga, tarkibi bo'yicha turli hil bo'lgan va ko'p sonli bo'lgan ko'rsatmalar, uslubiy ko'rsatmalar, uslubiy tavsiyalar kiradi.
DSN - tashkil qilinishi va o'tkazalishi, echiladigan vazifalari, mahsadi va boshqalarga ko'ra ikki shaklda o'rkaziladi:
1)ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN);
2)kundalik sanitariya nazorati (KSN).
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN) - Davlat sanitariya nazoratining eng ahamiyatga molik bo'lgan shaklidir.
Ogohlantiruvchi (oldini oluvchi) sanitariya nazorati - bu, yangi qurilgan, ta'mirlanayotgan va kengaytirilayotgan ob'ektlarni joylashtirishda, loyihalashtirishda, qurishda, ta'mirlashda va ekspluataciyaga qabul qilishda, hamda me'yoriy tehnik hujjatlarni ishlab chiqishda, yangi kimyoviy birikmalarni, ichimlik suvi, yangi qurilishlar, tehnologik jarayonlarni tadbiq etishda amaldagi sanitar-gigienik va sanitar-epidemiologik qoidalar va me'yorlarga rioya qilinishini nazorat qilish mahsadida ilmiy tasdikdangan gigienik me'yorlar va qonuniy aktlardan iborat bo'lgan, mukammal tadbirlar yiqindisidir.
OSN bo'yicha sanitariya shifokorining faoliyati va talablari quyidagilarga asoslangan:
1)asos bo'luvchi qonuniy hujjatlarga asoslanib;
2)amaldagi umumdavlat me'yoriy hujjatlarga asoslanib;
3)me'yoriy-uslubiy hujjatlarga asoslanib.
OSN ikki yo'nalishda amalga oshiriladi, ularning qar biri bir necha bosqichdan iborat.
Birinchi yo'nalish. Yangi qurilayotgan, ta'mirlanayotgan yoki kengaytirilayotgan ob'ektlarni qurishda va loyihalashdagi OSN.
Ikkinchi yo'nalish. Sanoatni qayta qurishdagi, polimer va yangi qurilish materiallarini, yangi tehnika va tehnologiyani ishlab chiqishdagi OSN.
Loyihalashtirish va qurilishdaga OSN quyidagi bosqichlardan iborat.
1-bosqich - qurilishdagi tehnik-iqtisodiy asoslarni yoki tehnik-iqtisodiy hisoblarni ko'rib chiqish, loyihashtirilayotgan ob'ekt bo'yicha tehnik qarorlarni va loyihani ko'rib chiqish, ob'ektni qurishda er maydonini tanlash komissiyasi ishida qatnashish;
2-bosqich - loyihaning sanitariya jarayonidagi OSN;
3-bosqich - qurilish jarayonida sanitariya gigiena me'yorlariga rioya qilinishini nazorat etish;
4-bosqich - ob'ektlarni ekspluataciyaga qabul qilishda ishchi va davlat qay'ati ishida qatnashish.
Birinchi va ikkinchi bosqichlar hamma muassasalar tomonidan QM va Q 1. 02. 01-85 "Korhona, bino va qurilmalarni qurish, loyihahujjatlarini tasdiqlash, ko'rib chiqish tartibi va tarkibi" haqidagi qo’llanmaga asoslanadi.
Yangi polimer va qurilish-materiallarini, kimyoviy moddalar, sanitar-tehnik jihozlar ishlab chiqishdagi OSN.
Ushbu ogohlantiruvchi sanitariya nazorati uchta bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqich - ilmiy-tehnika hujjatlari loyihasining sanitariya ekspertizasi;
2-bosqich - ishlab chiqarish sinalmalarida (sinovlarida) qatnashish;
3-bosqich - yangi tehnika va h. larni ekspluataciyaga qabul qilishda davlat qay'ati ishida qatnashish.
Kundalik sanitariya nazorati (KSN) - bu, DSENM hodimlari tomonidan rejali ravishda bajariladigan kundalik ishlardan iborat. Bu ishda DSENM hodimlari inson organizmiga va uning sog’ligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni turli usullar bilan aniqlaydilar. Ularning ta'sirini kamaytirish yoki umuman yo’qqilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini nazorat ostiga oladilar.
Kundalik sanitariya nazorati ogohlantiruvchi sanitariya nazoratining davomi bo'lib, foydalanish uchun topshirilgan ob'ektlarni boshqarish jarayonida hosil bo'lgan ijobiy yoki salbiy tomonlarini aniqlash va shu yo'llar bilan kishi sog’ligini saqlashda ishtirok etishdir.
Kundalik sanitariya nazoratidaa sanitariya shifokori 4 hil sanitar-gigienik tekshirishlar o'tkazadi:
1) rejali, chuqurlashtirilgan;
2) maqsadli, reydli;
3) nazoratli (nazorat tartibida);
4) tanlov asosida.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling