Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
modda. Adolining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini tahminlashda Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda ko’maklashadi; tegishli hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi, hovli va uy atrofi hududlaridagi qurilishlar hamda hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarida tegishli hududda yashovchilarning ixtiyoriy asosda ishtirok etishini tashkil etadi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofik boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini tahminlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga ko’maklashishi hamda zarur yordam kursatishi mumkin. bob. Yuridik va jismoniy shaxslarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari modda. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning adolining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar: davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda insonning yashash muhiti polati to’g’risida axborot olish; davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chikishda ishtirok etish; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash buyicha takliflar kiritish; Fuqarolar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi tugrisidagi qonun hujjatlari bo’zilishi okibatida, shuningdek sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish paytida o’zlarining mol- mulkiga yetkazilgan zararning o’rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tulik hajmda koplanishi; davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning karorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan buysunuv tartibida yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling