Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari


Download 3.23 Mb.
bet9/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

  1. modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari

  2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda o’z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo’linmalarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va tozaligini saklashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirishga doir chora- tadbirlarni amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

  1. modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar

Davlat sanitariya nazorati:
O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash vazirligining Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati respublika markazi, Korakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan;
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat sanitariya nazorati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy bulinmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati respublika markazi, Korakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazlari ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida hamda ikkinchi qismida ko’rsatilgan tarkibiy bo’linmalarning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilinishini, bu faoliyat muvofiklashtirib borilishini ta’minlaydi.

  1. modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar

Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish:
O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining, Korakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular o’rinbosarlarining;
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy bo’linmalari rahbarlarining;
qonun hujjatlariga muvofik boshqa mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi.



  1. modda. O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari

O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi: sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbarlik kiladi, davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifalarini va uni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini tasdiqlaydi;
atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini aniklashga doir normativ-texnik hujjatlarni tasdiklaydi;
Profilaktik emlashlarning milliy takvimini va epidemik ko’rsatkichlar bo’yicha profilaktik emlashlar o’tkazish tartibini tasdiklaydi;
odamlarning hayoti va sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan, aholining yashashi va xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish ta’kiklanadigan hududlarni belgilaydi;
Yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarkalishidan hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni muvofiklashtirib boradi;
atrofdagilar uchun xavf tug’diruvchi Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo’lishi hamda tarkalishi xavfi bo’lgan takdirda tegishli sanitariya- gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar o’tkazish to’g’risida qarorlar chikaradi;
yangi oziq-ovqat qo’shimchalarini, maxsus qo’shiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini toksikologiya-gigiena jihatidan baholash asosida ularning O’zbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chikarilishi uchun ruxsatnomalar beradi;
respublika va mahalliy epidemiya fondlaridan hamda sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun ajratiladigan moddiy- texnika resurslaridan maksadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining karorlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslari harakatlariga (harakatsizligiga) doir shikoyatlarni ko’rib chiqadi;
Korakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qonun hujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O’zbekiston Res’ublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidenti tomonidan tayinlanadi.


  1. Download 3.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling