Darsda qo'llaniladigan innovatsion texnologiya usuli
"BOSH MIYAGA HUJUM"
"BOSH MIYAGA HUJUM" USULIDAN FOYDALANISH.
Usuldan talabalarning dastlabki bilim darajalarini baholash uchun qo’llanishi mumkin.
Guruh talabalarini kichik guruhlarga (KG) 2-3 tadan qilib bo’linadi. Kichik guruhlarga o'tiladigan mavzu bo’yicha qo’yilgan muammoli masalaga o’zlarining javob variantlarini berishlari talab etiladi (savol variantlari quyida keltiriladi). Berilgan savolga harbir KG talabalari o’zlari tayyorlagan javob variantlarini taklif qiladilar. Buning uchun o’qituvchi bir varaq qog’ozga yoki doskaga savolni oldindan yozib qo’yishi kerak. So’ngra kichik guruh talabalari tomonidan tayyorlangan javoblarni muhokama qilishga kirishiladi. Mashg’ulotni olib borishda o’qituvchining tutgan o’rni juda yuqori, ammo muhokamada hamma talabalar faol ishtirok etishlari talab etiladi. KG tomonidan tayyorlangan eng optimal javob varianti tanlanib olinadi va ularga eng yuqori ball qo’yiladi, qolgan KG-lar esa javoblariga ko’ra pastroq ballga ega bo’ladilar.
Savollar
Sanitariya shifokori qanday hujjatlarga asoslanib tekshiruv olib boradi?
Asos bo'luvchi qonunchilik hujjatlariga qaysilar kiradi?
O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qaysi hujjatga kiradi?
Umumdavlat me'yoriy qonunchilik hujjatlar qaysilar?
Uslubiy me'yoriy hujjatlar qaysilar?
Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risidagi qonun qaysi hujjatga kiradi?
Sanita qoida va me'yor nimah
Ogohlantiruvchi sanitar nazorat qanday bosqichlarda olib boriladi?
Joriy sanitar nazorat nimah
Joriy sanitariya nazorati qanday turlarda o'tkaziladi?
“ Klaster” metodi
Do'stlaringiz bilan baham: |