O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent – 2022
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BOSHLANG`ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
FAN DASTURI
Fan dasturining nomi: Jismoniy tarbiya
Ajratilgan soat: 80
Toshkent – 2022
1. Oʼquv dasturiga umumiy talablar
Dastur nomi
|
Jismoniy tarbiya
|
Ajratilgan soat
|
80
|
Dasturning maqsadi
|
Oʼquvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sogʼlom qilib tarbiyalash, salomatligini saqlash, ularni jismonan yetuk boʼlib yetishishlari, inson salomatligi toʼgʼrisidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay olish va mashgʼulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat.
|
O’zlashtirish natijalari
|
jismoniy tarbiya va sport boʼyicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud boʼlgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni oʼquvchilarga oʼrgatish tushuniladi. Taʼlimiy vazifani amalga oshirishda oʼquvchilarda jismoniy tarbiya va sport toʼgʼrisidagi nazariy bilimlar, yaʼni sport turlari, sport anjomlari va ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda yosh-fiziologik xususiyatlariga mos boʼlgan jismoniy yuklamalarni mustaqil ravishda belgilay olish kabi maʼlumotlararoladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |