Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universitetida


Download 230.44 Kb.
bet2/4
Sana15.02.2023
Hajmi230.44 Kb.
#1200405
1   2   3   4
Bog'liq
BIR XUJAYRALI

1. Sarkodalilar (Sarcodina) sinfi
A m yoba. Sarkodalilar sinfining tipik vakili bo'lgan 0,3 —0,5 mm
kattalikdagi oddiy amyoba (Amoeba proteus) kolmak suvlarda yashaydi
(1—rasm). Uning tiniq sitoplazmasi qattiq qobiq bilan o ’ralmagan.
Shuning uchun tanasining shakli doim o'zgarib turadi. "Amyoba" so'zi ham "o'zgaruvchan" degan ma'noni anglatadi. Amyobaning sitoplazmasi ikki qavatdan iborat. Birmuncha rangsiz, tiniq, lekin quyuqroq tashqi qavati ektoplazma, donador va suyuqroq ichki qavati endoplazma deyiladi. Amyobaning sitoplazmasi doim harakatlanib turishi tufayli sitoplazma sirtida turli shakldagi o'simtalar hosil bo'lib vayo'qoUb turadi. Bu o'simtalar soxta oyoqlar deb ham ataladi. Soxta oyoqlar yordamida amyoba harakatlanadi va ozig'ini tutadi. Harakatlanayotgan amyoba yo'lida duch kelgan turli oziq moddalar: bir hujayrali suv o'tlari, bakteriyalar, mayda sodda organizmlami soxta oyoqlari yordamida qamrab oladi. Tutilgan oziq sitoplazmaga o'tganida unga bir tomchi hazm shirasi ajralishi bilan hazm vakuolalari hosil bo'ladi. Oziq vakuola bilan birga sitoplazma bo'ylab harakatlanadi va hazm bo'ladi. Hazm bo'lmay qolgan oziq sitoplazmaning to'g'ri kelgan joyidan chiqarib yuboriladi.

Amyoba sitoplazmasiga hujayra qobig'i orqali tashqi muhitdan doim suv diffuziya orqali o'tib turadi. Sitoplazmada joylashgan qisqaruvchi vaku ola orqali am yoba tanasidan ortiqcha suv va m oddalar almashinuvining zararli mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Qisqaruvchi vakuolaning faoliyati tufayli amyoba tanasida suv doim yangilanib turadi. Suv bilan birga sitoplazmaga nafas olish uchun zarur bo'lgan
kislorod ham kirib turadi. Amyoba faqat jinssiz ko'payadi. Qulay sharoitda amyoba yadrosi bevosita ikkiga bo'linadi. Shundan so'ng sitoplazma ham ikkiga bo'linadi
va ikkita yosh amyoba hosil bo'ladi. Ular birmuncha vaqt oziqlanib o'sadi. Ana shundan keyin bo'linish yana takrorlanadi. Noqulay sharoitda amyoba yumaloqlanadi va sitoplazmasi atrofida qalin qobiq hosil qilib sistaga aylanadi. Sista amyobani noqulay sharoitdan himoya qilishi bilan birga u shamol va chang zarralari orqali tarqalishiga ham imkon beradi. Qulay sharoit kelishi bilan sista yorilib, undan amyoba chiqadi va uning hayoti davom etadi. S a rk o d a lila rn in g x ilm a - x illig i. Amyobalar orasida odam va hayvonlar organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor. Ichburug' amyobasi (Entomoeba histohtica) juda mayda, 0,04 mm bo'lib, kalta to'mtoq soxta oyoqlar hosil qiladi. Amyoba odam yo'g'on ichagining shilimshiq pardasiga kirib oladi va ko'payadi. O'sib yetishgan
amyobalar sistaga aylanib, ichak bo'shlig'iga tushadi. U yerdan axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Bir kecha — kunduzda kasal odam ichagidan amyobaning 300 mln ga yaqin sistasi chiqishi mumkin. Parazit amyobalar qoramollar, it, ot, ch chqa va boshqa hayvonlarning ichagi va kasallangan tishlarida, shuningdek, asalarilaming ayirish organlari naychalarida ham topilgan. Parazit amyobalar sistalar orqali yuqadi. Hamma amyobalar bitta turkum (Amoebina)ni tashkil qiladi.
Sarkodalilar sinfiga 11 mingdan ortiq tur kiradi. Sarkodalilar sinfiga amyobalardan tashqari chuchuk suvlarda va botqoqliklarda yashovchi Chig'anoqli amyobalar (Testacea) turkumining vakillari ham kiradi. Ularning tuzilishi amyobalarga o'xshash, lekin tanasi qum zarrachalari yoki organik moddadan iborat chig'anoq ichida bo'ladi. Chig'anoq oy'izchasidan soxta oyoqlari chiqib turadi. Chuchuk suvlarda Q uyoshsim onlar (Helioza) turkum ining kattaligi 1 mm ga yaqin bo'lgan chiroyli vakillari juda ko'p uchraydi. Ulaming soxta oyoqlari endoplazmasidan quyosh nuri kabi tarqalgan. Dengizlarda plankton tarkibida muallaq hayot kechiradigan Nursimon sarkodalilar (Radiolaria) turkumi vakillari ko'p uchraydi. Ulaming tanasi sharsimon shaklda bo'lib, soxta oyoqlari tanadan nurga o'xshab taraladi. Endoplazmasi esa organik moddadan iborat kapsula ichida joylashgan.
Tanasida qum —tuproqdan hosil bo'lgan ninachalardan iborat skeleti bor. Nursimonlar nobud bo'lgandan keyin ulaming skeleti dengiz tubiga cho'kib, tog' uni (trepel) deb ataladigan cho'kma hosil qiladi. Trepel jilvir qog'ozlar tayyorlash va metallarga ishlov berishda ishlatiladi. Dengizlarda sarkodalilardan F oram in iferalar (F oram in ifera) turkum ining vakillari, ayniqsa ko'p uchraydi. Ular dengiz tubida va planktonda muallaq hayot kechiradi. Foraminiferalaming chig'anog'I ohak moddadan hosil bo'lgan bir yoki bir necha kamerali spiralsimon yoki konus shaklida bo'ladi. Orol dengizida foraminiferalarning ikki turi uchraydi. Ayrim turlari Qizilqumdagi sho'r suvli quduqlardan ham topilgan. Foraminiferalar mezozoy erasidagi dengizlar suvida, ayniqsa ko'p uchraydi. Ular chig'anog'ining qoldig'i dengiz tubiga to'planib, ohaktosh hosil qilgan. Hozirgi bo'r konlari ham asosan foraminiferalar chig'anog'idan hosil bo'lgan, degan taxminlar bor.

Download 230.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling