I-bob Yuk avtomobillarining g’ildiraklarini txk va Tishlarida qo’llaniladigan jihozlar
Download 0.71 Mb.
|
jihozlar hisoboti 22 (2)
Mundareja Kirish…………………………………………………………….2 I-bob Yuk avtomobillarining g’ildiraklarini TXK va Tishlarida qo’llaniladigan jihozlar……………………………………….….3 II-bob Gidroyuritmali ko’targich jihozlarining vazifasi va prinsipi ………………………………………………………..…7 III-bob Gidroyuritmali ko’targich jihozlarining uzel va Mexanizmlari chizmasi bo’yicha ishlab hisoblab chiqish….…..14 Xulosa ………………………………………………………….22 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………23 KIRISH Malumki bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy o’sish va aholining turmush darajasini ko’tarishning zaruriy sharti sifatida, mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish nazarda tutiladi. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan “Inqirozga qarshi choralar” dasturida ana shunday yondashuv o’zini to’la oqlamoqda. Respublika Prezidenti I.Karimovning oxirgi risola va nutqlarida, ayniqsa, 2011-2015 yilga mo’ljallangan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” ning ishlab chiqilganligi yuqorida keltirilgan fikrlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Jumladan, muhtaram yurtboshimizning quyidagi xulosalarini eslashimiz mumkin: “Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izcxil davom ettirish - iste’mol talabini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”[1]. Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustivor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izcxil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobotbardosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i aynan ana shu tarmoqlarning hissasiga to’g’ri kelmoqda. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda. Shunday tarmaqlardan biri servis tarmog’i bo’lib, uning katta ulushini avtomobil transportiga xizmat ko’rsatish tashkil etadi, uning hajmi oshgani sari aholi tomonidan xizmatlar madaniyati va sifatiga qo’yilgan talablar ham yuksalayotganini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling