I-bob Yuk avtomobillarining g’ildiraklarini txk va Tishlarida qo’llaniladigan jihozlar


I-bob MAN TGS 26.400 Yuk avtomobillarining g’ildiraklarini TXK va ishlarida qo’llaniladigan jihozlar


Download 0.71 Mb.
bet2/8
Sana26.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1129188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jihozlar hisoboti 22 (2)

I-bob MAN TGS 26.400 Yuk avtomobillarining g’ildiraklarini TXK va ishlarida qo’llaniladigan jihozlar

Rezbali va presslangan birikmalarni ajratish va yig’ish jihozlari.
Yechish-qotirish (mahkamlash) ishlari avtomobillarga TXK da, agregat va birikmalarning dastlabki qotirish holatini saqlash hamda yaroqsiz holga kelgan detallarni qotirish maqsadida bajariladi. Qotirilgan birikmalarning bo’shashishi ulangan detallarning bir-biriga nisbatan qo’zg’alish va urilish yuklamasi hosil bo’lishiga olib keladi. Natijada mexanizm bir maromda ishlamaydi xamda sinish xavfi paydo bo’ladi. Qotirish ishlari TXK ishlarining 18-20 % ni tashkil etadi. Ushbu ishlar bo’yicha mahoratni oshirish zamonaviy asbob uskunalarni qo’llashning eng optimal usullarini o’rganishdan iborat.
Agregat va birikmalarning detallari o’zaro rezbali bolt, shpilka, gayka, vint bilan mahkamlanadilar.
Rezbali birikmalarni qotirish ishlarini amalga oshirishda rezbaning eyilib ketishi va deformatsiya bo’lishiga olib keladigan katta burovchi moment bilan tortish ruxsat etilmaydi.
Qotirish ishlari qo’l bilan va mexanizatsiyalashgan asboblar yordamida amalga oshiriladi. Qo’l asboblariga (1-rasm) har xil kalitlar (ochiq, ustiga kiygaziladigan, almashtiriladigan va ochgichlar, buragichlar) kiradi.

1-rasm Avtochilangarning 1.187 87 rusumdagi 187-donali va 1.235 rusumli
235-donali asboblar to’plami

Xizmat ko’rsatish jarayonini qulay bo’lishini ta’minlash uchun asboblar aravachasi va harakatlanuvchi shkaflar ishlatiladi. Qotirish ishi sifatli bajarilishi uchun rezbali birikmalarni avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tavsiya etgan tortish momentini ta’minlash zarur. Rezbali birikmalarni nazorat qilish va qotirish ishlari ma’lum tortish momenti bilan amalga oshirish zarur bo’lsa, dinamometrik kalitlar ishlatiladi. Dinamometrik kalit dastakli elastik sterjen, shkala va milldan tuzilgan.
Cho’yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq holatda mahkamlanadi.
Katta qotirish momenti (300-900 N.m.) talab qiluvchi mahkamlash birikmalari, masalan, ressor stremyankasi va yuk avtomobili g’ildiraklarining gaykalarini qotirish uchun inertsiyali kalit keng qo’llaniladi. Inertsiyali kalit sterjen, uch tomonlariga qo’shimcha massa o’rnatilgan burchak va almashtiriladigan kallak to’plamidan iborat. Aylantirgich sterjenga maxsus mufta bilan ulangan. Mufta konstruktsiyasi aylantirgichni sterjenda taxminan yarim aylanishgacha yuklama hosil qilinadi.
Mexanizatsiyalashgan asboblarga turli gayka va vint buragichlar kiradi. Ular yuritmasining turiga qarab elektrik, pnevmatik va gidravlik turlariga bo’linadi. Mahkamlash detallarini qotirish xarakteriga qarab aylanuvchi va
aylanuvchi-uruvchi gaykaburgichlar mavjud. Ularning hammasi qotirish momentini o’zgartirish imkonini beruvchi maxsus qurilmaga ega.
TXK va JT postlarida maxsus gaykaburagichlar ishlatiladi. Masalan, I-330 turidagi gaykaburagich yuk avtomobillari va avtobuslar g’ildiragi gaykalarini qotirish va yechish uchun xizmat qiladi (1-rasm).
Gaykaburagichning ishlash prinstipi - ulash vaqtida maxovikda hosil bo’lgan quvvatni etaklanuvchi valga uzatishdan iborat.
Richag yoqilganda, elektrodvigatelda hosil bo’lgan burovchi moment yassi tasma orqali yetaklovchi val maxovigiga ikki kulachokli uzatgich, ikki kulachokli shlistali mufta, prujina, etaklanuvchi val, kallakli kalit orqali uzatiladi.

Birinchi yuklanishda burovchi moment 350-450 Nm ni tashkil etadi. 1000-1100 Nm moment hosil qilish uchun muftani 4-5 marta uzib-ulash zarur. Gaykaburagichlardan foydalanish avtocxilangarlarning ish sur’atini 3-4 barobarga oshiradi.
Pnevmatik va dinamik drellar ham TXK va ta’mirlash ishlarida keng qo’llaniladi. Ularning o’qiga har xil o’lchamda almashtiriluvchi kallaklar o’rnatish mo’ljallangan.
Mahkamlash-qotirish ishlarini bajarish uchun doimiy ravishda cxilangarning kalitlar komplekti (majmuasi), maxsus kalitlar va moslamalar keng qo’llaniladi.

Ta’mirlash jarayonida detallarni oddiy tiskilar va maxsus moslamalar yordamida verstakka mahkamlanadi. Maxsus moslamalarda ishchi organi bo’lib eksstentriklar keng qo’llaniladi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun parma dastak va sakrovchi tishli (trecho’tka) kalitlar qo’llaniladi.
Agregatlarni ta’mirlashda, qimirlamaydigan qilib o’rnatilgan detallarni ajratish uchun, qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan qo’l presslari qo’llaniladi.
Presslar qo’l va mexanizatsiyalashtirilgan, sug’urgich va moslamalar (s’emniki), kuzov koftasini to’g’rilash jihozlari, kuzovni ta’mirlash va to’g’rilash stendi, agregatni stendga siqib qo’yish jihozlari kabi turlarga bo’linadi.
Presslar mexanik-vintli, gidravlik va pnevmogidravlik yuritmali turlarga bo’linadi.
Presslab biriktirilgan bo’laklarni ajratish va presslab biriktirish uchun qo’l kuchidan foydalanuvchi har xil yechgichlar mavjud.
Bulardan tashqari birikmalarni yyechish uchun turli yechgichlar, ilgichlar va moslamalar qo’llaniladi.

Ilgichlar ajralmas-sharnirli bog’lanishda yoki ajraluvchi-sharnirli uslubda, ilgichning yuqori qismida korpus plankasida teshik ko’rinishida ko’rsatilgan boshqa ko’rinishda bo’lishlari mumkin. Korpusning yuqorigi plankasini tekis, yoki ilgichlarni mahkamlash uchun ariqchali qilib yasaladi. Korpus bir tavrli balka ko’rinishida bo’lganda ilgichlar yuqorigi qismlarida ayri ko’rinishini oladilar va tokcha ko’rinishida egilgan yoki ilgichlar uchiga maxsus ilgaklar o’rnatilgan bo’ladi. Bolt ko’rinishidagi bir xil detallarni yechishga mo’ljallangan ilgichlar korpus teshigiga o’rnatiladilar


  1. Download 0.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling