I-bob Yuk avtomobillarining g’ildiraklarini txk va Tishlarida qo’llaniladigan jihozlar


Download 0.71 Mb.
bet4/8
Sana26.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1129188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jihozlar hisoboti 22 (2)

Qo’zg’aluvchan kran–avtomobillarga dvigatelni o’rnatishda hamda yuklarni ko’tarish va ularni uzoq bo’lmagan masofaga tashishga xizmat qiladi. Bu kran tirsagi uzunligining uzayishiga qarab, yuk ko’tarishi 200 dan 1000 kg gacha bo’ladi. Kran barcha uzel, detallardan tashqari ko’tarish tirsagi – gidrosilindrlardan iborat. Kichikroq korxonalarda esa harakatlanuvchi kranlardan foydalaniladi. Ularning yuk ko’tarish qobiliyati 1-2,5 t ni tashkil etadi.
Elektrotelfer va tallar. bir to’sinli temir yo’lga osilgan bo’lib, belgilangan og’irlikdagi yuklarni yuqoriga ko’tarib, gorizontal yo’nalishda belgilangan joyga eltish uchun xizmat qiladi. Elektrotelferning yuk ko’tarishi 0,25 dan 5,0 tonnagacha. Yuk ko’tarishi 1 tonnagacha bo’lganlari (maxsus uzatmalarsiz) bir to’sinli bo’lib,temir yo’l bo’ylab harakatlanadi.
Pnevmatik porshenli yuritmalar bir tomonli va ikki tomonlama harakatlanuvchi bo’lishlari mumkin.
Bir tomonga harakatlanuvchi pnevmatik yuritmalarda siqilgan havo faqat pnevmosilindrning bir tomoniga yuborilib, shtokli porshenni harakatlantiradi. Shtokli porshenni avvalgi hoatiga qaytarish prujina yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik yuritma tarmoqqga ulanishi tarqatish krani orqali bajariladi. Tarqatish krani zolotnigining turli holatlarga keltirilishi siqilgan havoni pnevmotsilindrga yoki havoga chiqarib yuboradi.
Ikki taraflama harakatlanuvchi pnevmatik yuritmalarda havo galma- galdan pnevmosilindr turli qismlariga yuborilib, shtokli porshenni ikki tarafga harakatlantirishi mumkin. Tarqatish krani zolotnigi holati o’zgartirilishi havoni gidrotsilindr maydonchasini kerakli tomoniga yuborilishini ta’minlaydi.
Bir tomonlama harakatlanuvchi pnevmatik kuch yuritmalari, odatda, ishlov beriladigan bo’laklarni siqishda yoki bo’shatishda katta kuch talab etmaydigan moslamalardan texnologik jihoz, agregat va uzellarda foydalanilganda qo’llaniladi.
Porshenli pnevmatik kuch yuritmalaridan foydalanilganda porshen shtokidagi kuchni bir necha marotaba kuchaytirib beruvchi kuchaytirgichlardan keng foydalaniladi. Kuchaytirgichlar sifatida oddiy richagli uskunalardan: masalan richagning bir elkasi shtok bilan, ikkinchisi esa moslamaning ishchi qismi bilan ulanadi, foydalaniladi. Diafragmali yuritmalar porshenli yuritmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: konstruktsiyasining oddiyligi; bo’laklarni tayyorlashda yuqori aniqlik va yuzalarga ishlov berishda tozaligi talab etilmaydi; ishsiz holatda turgandi siqilgan havoni kam yo’qotilishi; pnevmosilindr manjetalariga nisbatan diafragmalarning emirilishga chidamliligi (diafragma 500 000 marotabagacha ishga tushirilishni, manjetalar esa 10 000 gacha chidashi mumkin).
Diafragmali yuritmalarning asosiy kamcxiligi - shtok yo’lining nisbatan qisqaligi va yuritma tomonidan uncha katta bo’lmagan kuchlar hosil qilinishi. Ushbu kamcxiliklar diafragmali yuritmalarning qo’llanilishini chegaralab qo’ygan bo’lib, kam kuch talab etiladigan va shtok yo’li uncha katta bo’lmagan jihoz moslamalarida ishlatiladi
Shtogining yo’li 0,04 m bo’lgan tekis diafragmali pnevmatik kuch yuritmasi konstruktsiyasining diafragmasi likopcha ko’rinishidagiga o’zgartirilsa, yuritma shtogining yo’liga teng hisoblanadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling