3-mavzu. Po‘latning asosiy xususiyatlari
Download 316.11 Kb. Pdf ko'rish
|
4 пратктика
3-mavzu. Po‘latning asosiy xususiyatlari. Qurilishda ishlatiladigan metallarning asosiy salmog‘ini po‘lat tashkil etadi, cho‘yan asosan siqilishga ishlovchi elementlarda va tayanch kon-struksiyalarida ishlatiladi. Alyuminiy qotishmasidan tashkil topgan me-tallar oz miqdorda bo‘lsa ham, konstruksiya sifatida qo‘llaniladi. Konstruksiyalarda ishlatiladigan po‘latlar (qurilish po‘latlari deb ham yuritiladi) mustahkamligi oddiy kam uglerodli va kamlegirlangan po‘latlarga ajratiladi. Kam uglerodli mustahkamligi oddiy po‘latlarning tarkibida 0,09-0,37% uglerod bo‘lishi mumkin. Po‘lat tarkibida uglerod ko‘p bo‘lsa uning mu-stahkamlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi, ammo qovushoqlik (plastiklik) xu-susiyati pasayib mo‘rtlik xususiyati ortadi. Po‘latning tarkibida oz miqdorda, oltingugurt, fosfor, kremniy, marganes kabi elementlar bo‘lishi mumkin. Kamlegirlangan qurilish po‘latlarida yuqorida ko‘rsatilgan ele-mentlardan tashqari, po‘latning mustahkamligini oshiruvchi legirlovchi qo‘shimchalar xrom, nikel, mis va boshqa elementlar qo‘shiladi. Po‘latlar o‘zining mexanik xususiyati va kimyoviy tarkibiga qarab turlarga ajratiladi. Davlat andozalariga muvofiq oddiy sifatli kam uglerodli po‘latlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: A - mexanik xususiyati bo‘yicha; B - kimyoviy xususiyati bo‘yicha; V - mexanik va kimyoviy xususiyati bo‘yicha. Muhim toifali bino va inshootlarda V guruhiga mansub po‘latlar ishlatish tavsiya etiladi. Qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan po‘latlar mustahkam va payvandlanuvchan, shuningdek, yemirilishga va dinamik ta’sirlarga bardoshlik bo‘lishi lozim, ya’ni bunday qurilmalar qurishda asosan «V» guruhdagi po‘lat talab qilinadi, VSt3kp2-qaynoq po‘lat (kp-qaynoq, sp-tinch po‘lat, ps-yarim tinch po‘lat). Oddiy sifatli kam uglerodli po‘latlarning kimyoviy me’yorlangan tarkibi 4.1- jadvalda keltirilgan. 4.1- jadval Download 316.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling