3-mavzu. Po‘latning asosiy xususiyatlari
Download 316.11 Kb. Pdf ko'rish
|
4 пратктика
Po‘lat
markasi Elementlarning miqdori % uglerod marganes kremniy Shundan yuqori emas Oltingugurt Fosfor StO 0,23 gacha - - 0,06 0,07 St2ps St2sp 0,09-0,15 0,25-0,5 0,05-0,17 0,12-0,30 0,05 0,04 St3kp St3ps St3sp St3Gps 0,14-0,22 0,3-0,6 0,4-0,65 0,4-0,65 0,8-1,1 0,07 gacha 0,05-0,17 0,12-0,3 0,15 gacha 0,05 0,04 St4kp 0,18-0,27 0,4-0,7 0,07 gacha 0,05 0,04 St4ps St4kp 0,05-0,17 0,12-0,13 St5ps St5sp 0,28-0,37 0,5-0,8 0,05-0,17 0,15-0,35 0,05 0,04 St5Gps 0,22-0,30 0,8-1,2 0,15 gacha 0,05 0,04 Po‘lat ishlab chiqarish marten, konverter va elektrokimyoviy usulda amalga oshiriladi. Qurilish konstruksiyalari tayyorlash uchun ishlatiladigan po‘latlar asosan marten pechida va konverterlarda yuqoridan kislorod haydash usulida ishlab chiqariladi. Ikkala usulda ishlab chiqarilgan po‘latlarning sifati va mexanik xususiyati deyarli farq kilmaydi, ammo ikkinchi usulda ishlab chiqarilgan po‘lat arzonga tushadi. Kam uglerodli po‘latning mexanik xususiyatlarini belgilovchi strukturasi bevosita eritish haroratiga bog‘liq. Sof holatda temirni eritish harorati 1535°S ni tashkil qiladi. 1535°S dan past haroratda sovitilganda, krisstallanish jarayoni ro‘y beradi va hajmiy-markazlashgan kub (4.1-rasm, b) kristall panjarali β-temir hosil bo‘ladi. 1400°S haroratda, qachonki temir qattiq holga o‘tib sovush jarayonida qayta krisstallanish ro‘y berib, β-temir tomonlari markazlashgan kub kristal panjarali γ-temirga aylanadi. 910°S haroratda tomonlari markazlashgan kub kristall panjaralari sovush jarayonida qayta hajmiy-markazlashgan kristal panjarasiga o‘zgaradi va ushbu kristall panjara hona harorati va manfiy haroratlarda ham saqlanib qoladi. Temirning so‘ngi ko‘rinishi α-temir deb nomlanadi. Temiruglerodli qotishmalarning erish harorati tarkibdagi uglerodning miqdoriga bog‘liq. Po‘latning tarkibidagi uglerod miqdorining ortib borishi bilan, uning erish harorati pasayib boradi. Sovugandan so‘ng γ-temirda uglerodning qattiq qorishmasi hosil bo‘ladi va uni austinet deb nomlanadi, bunda uglerod atomlari tomonlari markazlashgan kub (4.1-rasm, a) kristall panjaraning o‘rtasida joylashadi. 910°S quyi haroratda austenitdan uglerodning qattiq qorishma kristallari, ferrit deb nomlanadigan α-temir, ajralishga boshlaydi. Austinetdan 4.1.-расм. Атом панжараси ferritni ajralib chiqishi davomida, ferrit uglerod bilan to‘yinib boradi va 723°S haroratda perlitga aylanadi. Suyuk holdagi po‘lat maxsus koliplarga kuyilib sovutiladi va u kristall holatini oladi. Sovish va kristallanish jarayonida erigan turli gazlar va nometall qo‘shimchalar to‘laligicha chiqib ketmaydi, ular qisman po‘lat tarkibida koladi. Bunday po‘lat qaynoq po‘lat (kp) deb ataladi va bir jinslilik xususiyati kamroq bo‘ladi. Kam uglerodli po‘latning sifatini yaxshilash maqsadida kremniy (0,12% dan 0,3% gacha) yoki alyuminiy (0,1% gacha) qo‘shiladi va bu elementlar erigan kislorod bilan reaksiyaga kirishib uning zararli xususiyatini kamaytiradi. Yuqoridagi moddalar kislorod bilan birikib maydadispersli fazada silikat va alyuminatlarni hosil qiladi, ular esa kristallanish o‘qochlar sonini ko‘paytirib donali strukturaga ega bo‘lgan po‘lat olishga imkon beradi. Bunday usulda oksidlantirilgan po‘lat quyish paytida qaynamaydi va u sokin po‘lat (sp) deb nomlanadi. Uning tarkibi bir jinsli bo‘lib, mexanik xususiyati, payvandlanish xossasi yuqori bo‘ladi va dinamik ta’sirlarga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Sokin po‘lat (sp) ishlab chiqarish qaynoq po‘lat (kp) ga nisbatan 12% ga qimmatga tushadi, shuning uchun uni ishlab chiqarish chegaralangan. Yarim sokin po‘lat (ps) ni sifati qaynoq va sokin po‘latning oralig‘ida hisoblanadi. Yarim sokin po‘lat olishda kislorod bilan oksidlanishni hosil qilishga qo‘shiladigan kremniy miqdori 0,05-0,15% ni tashkil etadi. Metall qurilmalarda qo‘llaniladigan po‘latlarning sifati quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: Download 316.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling