3-mavzu. Po‘latning asosiy xususiyatlari
Download 316.11 Kb. Pdf ko'rish
|
4 пратктика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alyuminiy (Yu)
- Marganes (G)
Uglerod (U) – po‘latning mustahkamligini oshirish bilan bir qatorda uning
plastik xususiyatlarini kamaytiradi va payvandlanishini yomonlashtiradi. Shuning uchun yetarli darajadagi plastiklikka va yaxshi payvandlanish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan qurilish konstruksiyalarda qo‘llaniladigan po‘latlarda uglerodning miqdori 0,22% dan ortmasligini ta’minlanadi. Kremniy (S) – ferrit bilan qattiq qotishmada turib, po‘latning mustahkamligini oshiradi, lekin uni payvandlanish xususiyatini va zanglashga chidamliligini yomonlashtiradi. Kamuglerodli po‘latlarga 0,3% gacha, kamligerlanganlarda esa 0,1% gacha kremniy qo‘shiladi. Kremniy po‘lat tarkibidagi kislorodni kamaytirish orqali mustahkamlakni oshiradi. Alyuminiy (Yu) – po‘latning tarkibiga ferrit bilan qattiq qotishma sifatida hamda turli nitrid va karbidlar ko‘rinishida kiradi, po‘lat tarkibidagi kislorodni oksidlantiradi, fosforning zararli ta’sirini neytrallashtiradi, qayishqoqligini oshiradi. Marganes (G) metallning mustahkamligini, qayishqoqligini oshiradi va po‘latga aralashgan oltingugurt bilan birikib, uning zararli ta’sirini kamaytiradi. Kam uglerodli po‘lat tarkibiga 0,64% gacha, ligerlanganlarga 1,5% gacha marganes kiritiladi. Ammo, marganes miqdori 1,5% dan ortsa, unda po‘lat mo‘rt bo‘lib qolishi xavfi bor. Mis «D» mustahkamlikni va zanglashga qarshilikni oshiradi. Lekin, 0,7% dan ko‘payganda po‘lat tez qarib qolishiga sabab bo‘ladi. Kam ligerlangan po‘latlarni mexanik xususiyatlarini oshirish uchun uglerod bilan birikib karbid hosil qiluvchi hamda ferrit bilan qorishadigan va temir atomlari o‘rnini bosadigan metallar qo‘shiladi. Marganes (Mn), xrom «X», vanadiy «F», volfram «V», molibden «M», titan «T» kabi metallar shu turdagi qo‘shimchalar hisoblanadi. Volfram va molibden po‘lat qattiqligini sezilarli darajada oshirib, plastik xususiyatlarini kamaytiradi; nikel esa po‘lat mustahkamligini oshrish bilan birga plastik xususiyatlarini yaxshilaydi. Molibden (M) va bor (R) sovutish paytida austinetni yuqori ustivorligini ta’minlaydi va toblangan strukturani olishni osonlashtiradi, bu esa yuqori mustahkamlikka ega qalin prokatlar olishda katta ahamiyatga ega. Toblangandan so‘ng po‘lat karbidlar bilan to‘yingan, mayda donali strukturaga ega bo‘ladi, bundan po‘lat yuqori mustahkamlikka, yetarli qovushoqlikka ega bo‘lib, payvandlash natijasida mustahkamlikni yo‘qotmaydi. Turli toifali po‘latlarni kimyoviy tarkibini ifodalash uchun DAST larda quyidagi belgilash tartibi qabul qilingan: Dastlabki ikkita raqam foizning yuzdan bir ulushida uglerodning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi, harflar bilan esa po‘latning tarkibiy qismini tashkil etuvchi kimyoviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi. Harfdan keyingi raqamlar esa shu elementning foiz hisobidagi miqdorini ko‘rsatadi. Agar bu miqdor bir foizdan kam bo‘lsa u ko‘rsatilmaydi. Po‘latning tarkibiga kirgan qo‘shimcha elementlar miqdori 0,3% kam bo‘lganda ular belgida ko‘rsatilmaydi. Uglerod (U harfi) barcha po‘latlar tarkibiga qo‘shilganligi sababli u markada ko‘rsatilmaydi. Masalan 15G2SF, bunda uglerodning miqdori 0,15%, marganes 1-2% atrofida, kremniy va vannadiyning har biri 1% atrofida borligini bildiradi. Po‘lat mustahkamligini oshirishning asosan ikki usuli bor: yuqori haroratda ishlov berish va legirlash. Yuqori haroratda ishlov berishdan asosiy maqsad po‘latning atom tuzilishini o‘zgartirish va zarrachalarini maydalashdir. Bu jarayon natijasida po‘latning elastikligi biroz kamaygani holda mustahkamligi va oquvchanlik chegarasi ortadi. Yuqori haroratda ishlov berishni asosiy turlari: toblash, normallash va bo‘shatish. Termik ishlov berishning eng sodda turi normallash hisoblanadi. Bunda po‘latni austinet hosil bo‘ladigan haroratgacha qayta qizdirish va keyinchalik havo haroratida sovutish orqali erishiladi. Normallashtirilgandan so‘ng po‘lat strukturasi ancha tartiblashgan holga keladi, ichki kuchlanishlar yo‘q bo‘ladi, natijada, po‘lat prokatning mustahkamlik va plastiklik xususiyatlari va zarbga chidamliligi yaxshilanadi. Toblash po‘latni 910 0 S dan yuqorigacha qizdirib keyin tezlik bilan sovutishdan iborat. Toblash uchun sovush tezligi fazalar almashish tezligidan yuqori bo‘lishi kerak. Tez sovutilganda uglerod juda kam ajralib chiqadi va fazali almashish (austinet panjarasini ferrit panjarasiga almashishi) ni birinchi qismigina ro‘y beradi, natijada uglerod bilan to‘yingan ferrit strukturasi olinadi, bu esa martensit deb nomlanadi. Toblangandan keyin po‘latning strukturasi po‘latga yuqori mustahkamlik beradi. Lekin po‘latning plastikligi kamayadi, mo‘rt buzilishga moyilligi ortadi. Toblangan po‘latni mexanik xususiyatlarini sozlash, kerakli struktura hosil qilish uchun bo‘shatish amalga oshiriladi. Bunda istalgan struktura o‘zgarishini ta’minlovchi haroratgacha qizdirib, bu haroratda kerakli vaqt davomida ushlab turish va sekin sovutish amalga oshiriladi. Po‘lat bo‘shatishning yetarli darajadagi yuqori harorat (600-680°S) iga qizdirilganda mayda donali ferrit asosiga ega bo‘lgan maqbul struktura hosil bo‘ladi. Bunday strukturaga ega bo‘lgan po‘lat eng maqbul mustahkamlik va plastik xususiyatlariga, mo‘rt buzilishga qarshi yuqori ustivorlikka va payvandlash jarayonida mustahkamlikni yo‘qotish bo‘yicha eng kichik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. O‘ta yuqori va yuqori mustahkamlikka ega kam uglerodli va kamligerlangan po‘latlarga termik ishlov beriladi. Qarish (starenie).Ferrit hosil bo‘lish haroratidan past haroratlarda uglerodning eruvchanligi juda ham kam hisoblanadi, lekin baribir u juda kam miqdorda ferritda qoladi. Qulay sharoitlarda uglerod ajralib chiqadi va ferrit donalari oralig‘iga hamda kritall panjaraning nuqsonli joylariga to‘planadi. Bu esa o‘z navbatida oquvchanlik chegarasi va vaqtinchalik qarshiligini ortishiga va plastiklik xususiyati va mo‘rt buzilishga qarshiligini kamaytiradi. Uglerod bilan bir qatorda azot va boshqa elementlarning karbidlari ajraladi, ular ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi. Strukturaning bunday qayta shakllanishi va mutahkamlik, plastiklik xususiyatlarni o‘zgarishi juda uzoq vaqt davom etadi, shuning uchun bu jarayonni qarish deb yuritiladi. Modomiki qarish po‘latning dinamik ta’sirlarga va mo‘rt buzilshga qarshiligini kamaytrar ekan, bu po‘latni ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Document Outline
Download 316.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling