Mavzu: avtomobil agregatlarining elektryuritmalari


Download 48.8 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi48.8 Kb.
#1473586
Bog'liq
Elektron tizimlar KIPCHAKOV JURABEK 2вувцак

MAVZU: AVTOMOBIL AGREGATLARINING ELEKTRYURITMALARI

REJA:

  • AVTOMOBIL AGREGATLARINING ELEKTRYURITMALARI
  • OYNATOZALAGICHLAR
  • TOVUSH SIGNALLARI

AVTOMOBIL AGREGATLARINING ELEKTRYURITMALARI - Zamonaviy avtomobillarida harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarni harakatga keltiradigan elektryuritmalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.

Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi. Mexanik energiyani uzatish uchun tishli va qo‘chqaroqli uzatmalar, krivoship-shatun mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil relelar, elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat. Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilmaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar ham elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan hosil bo‘lgan moslamalardir

OYNATOZALAGICHLAR- Oynatozalagichlar avtomobilning old tomonidagi (ba’zi avtomobillarda orqa tomonidagini ham) oynasini qor, yomg‘ir va har-xil ifloslardan tozalash uchun xizmat qiladi. Oynatozalagich aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan doimiy magnitli elektrodvigatel, almashlab ulagich, qo‘chqaroqli reduktor, krivoship, pishang va tortqilar, cho‘tkalar, termobimetall plastinali saqlagichdan iborat. Yakor 1 ning aylanma harakati uning o‘qidagi qo‘chqaroq 13 orqali reduktorning plastmassadan tayyorlangan shesternasi 12 ga uzatiladi. Krivoship 4, shesterna valiga qattiq mahkamlangan bo‘lib, uning aylanishi rezina tozalovchi cho‘tka pishanglari 8 ni o‘z tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship harakati cho‘tkalarga tortqilar 5 va pishanglar 6 orqali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini o‘zgartirish almashlab ulagich 2 yordamida amalga oshiriladi.

TOVUSH SIGNALLARI- Tovush signallari avtomobillarning harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi hamda boshqa haydovchilarni transport vositasi yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirish uchun xizmat qiladi. Oxirgi vaqtda tovush signallari avtomobillarning o‘lchov-nazorat asboblari bilan ham ishlatilib, haydovchiga agregatlar holati to‘g‘risida xabar beradi. Shuningdek tovush signallari «avtomobil qo‘riqchisi» tizimida ham ishlatiladi. Avtomobillarda asosan elektr va pnevmatik tovush signallari ishlatiladi. Elektr tovush signallarining ohangli va shovqinli turlari mavjud. Ohangli tovush signallari karnayli shovqinli signallar esa disk rezonatorli qilib ishlangan. Ko‘pchilik avtomobillarga ikkita tovush signali o‘rnatilib, biri past ohangli bo‘lsa, ikkinchisi baland ohangli bo‘ladi. Yuqori klassli yengil avtomobillarda uchta tovush signali bo‘lib, ularning biri past ohangli, ikkitasi baland ohangli bo‘ladi. Bu signallar to‘plami hamohang qilib bir-biriga moslanadi va baravariga sadolanadi.

Elektr tovush signali qoliplangan po‘lat korpus 1 ga mahkamlangan o‘zak 4, qo‘zg‘almas kontakt plastinasi 3, qo‘zg‘aluvchi kontakt o‘rnatilgan prujinasimon plastina 7 lardan iborat. Korpus 1 va rezonator 12 orasiga legirlangan va toblangan po‘latdan tayyorlangan membrana 11 qistirib qo‘yilgan. Membranaga shtift 5 o‘rnashtirilgan yakor 10 mahkamlangan. Elektromagnit chulg‘ami 9 uzgich kontaktlar 6 ga ketma-ket ulangan. Kontaktlar orasidagi tirqish gaykalar 2 bilan rostlanadi. Kontaktlar orasida hosil bo‘ladigan uchqun kuchini pasaytirish uchun ularga parallel ravishda rezistor 5 (ba’zi hollarda kondensator ) ulangan. Volfram kontaktlar 6 plastinalarga payvandlangan va normal holda tutashgan bo‘ladi.


Download 48.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling