Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 291 Kb.
|
Sillabus Xorijiy til (Ingliz tili) Sirtqi.2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi
Fаnning mаqsаdi-Xorijiy tilni o‘rgatishdan asosiy maqsad – bo‘lg‘usi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash. Shu bilan birga, ularda vatanparvarlik hissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va ko‘nikmalarini darsdan tashqari, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish malakalarini hamda umumbashariy va sohaga oid ilmiy mavzularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi: - xorijiy (ingliz) tilda gap tuzilishi va gapdagi so‘zlarning tartibi to‘g‘risida. xorijiy tilda so‘zlarning uslubiv qo‘llanishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim) - xorijiy tilning tovush xususiyatlarini, nutq tovushlari va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni, xorijiy (ingliz) tilning sintaksisi talablari asosida mazkur tillarda to‘g‘ri gap va bog`langan matn tuzishni, kasbiy terminologiyani, og‘zaki va yozma nutq xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko’nikma) -o‘z sohasi doirasida xorijiy tilda fikr ifodalay olish, ilmiy texnik adabiyotlardan foydalana olish, egallagan bilimlardan kasbiy va ilmiy faoliyatda unumli foydalanish bo’yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka) Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlarda interfaol o‘qitish usullari qo‘llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Jumladan amaliy mashg’ulotlarda seminar darsini olib boruvchi professor-o’qituvchi boshchiligida munozarali seminar, suhbat, klaster, T-jadval, insert, jadval, “Case-study” va boshqa innovatsion usullardan foydalanilgan holda talabalarni bilim darajasi oshirishga va olingan bilimlarini mustahkamlashga harakat qilinadi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan. - ma’ruzalar; - interfaol “Case-Study”lar; - seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); - guruhlarda ishlash; - taqdimotlarni qilish; - individual loyihalar; - jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar Download 291 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling