Xulosa
Xulos qilib aytganda, tarix fanining qaysi yo‘nalishi o‘rganilishidan qat’iy
nazar o‘rganilayotgan muammoni tadqiq etgan shaxslar faoliyati, ularning olib
borgan tadqiqotlari natijalari, shu bilan birga, shaxsiy hujjatlari bilan ham tanishish
kerak bo‘ladi. Muammoning o‘rganilish darajasi va tarixshunosligini yoritish
ma’lum bir shaxslar faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z o‘rnida arxiv hujjatlariga,
xususan shaxsiy fondlardagi faktik materiallarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi.
O‘zR MDAda saqlanayotgan 200 dan ortiq shaxsiy fond hujjatlari tarixiy tadqiqot
olib borishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi shaxsiy arxiv materiallari tarixda iz
qoldirgan mashxur-shaxslarning ijodi, faoliyatini, qolaversa, davr va jamiyat tarixini tadqiq etishdagi “bo‘shliq”ni to‘ldirishda daliliy manba, tarixiy hujjat vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |