Sohaga oid nizomlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va unga 1-ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida”gi Nizom; shuningdek, 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi", hamda 482-sonli qarorga 4-ilova "O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlardagi idoraviy Arxiv to‘g‘risida” gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001-yil 29-yanvardagi 191-P-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarni qayd etib o‘tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |