Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 123.5 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi123.5 Kb.
#112976
Bog'liq
talim va tarbiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Pedagogika tarixi va nazaryasi yo’nalishi

Pedagogik konsepsiya asoslari fanidan

“Ta’lim mazmunini loyihalashtrish”

Mazusida

KURS ISHI

Bajardi:191 gurux magistranti____Xamroyeva O.

Qabul qildi____________________Ismoilova Sh

Mavzu: Ta’lim mazmunini loyihalashtrish

Reja:

I.Kirish


II.Asosiy qism

2.1 Ta’lim haqida

2.2 Tarbiya haqida

2.3 Ta’lim mazmunini loyihalashtrishning asosiy bosqichlari

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish

O'zbekiston yangiliklari Prezident ta'lim tizimidagi islohotlarning borishi bo'yicha majlis o'tkazdi:

Prezident ta'lim tizimidagi islohotlarning borishi bo'yicha majlis o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro integratsiyani ta'minlagan holda yangi o'quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11-yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etish, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri I.Majidov, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori M.Xolmuhamedov, xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov va ularning o'rinbosarlarini qabul qildi va hisobotlarini tingladi.

Majlisda Prezidentning Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev, Bosh vazir o'rinbosari J.Qo'chqorov va Hisob palatasi raisi M.Ikromov qatnashdi.

Muloqot chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko'rib chiqildi.

Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o'z xohishiga ko'ra 10-sinfda o'qishini davom ettirishi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qamrab olish ishlari izchil davom etmoqda.

O'quv rejasiga ko'ra, 10-sinf o'quvchilari haftada 5 kun umumta'lim fanlarini va 1 kun kasbga doir fanlarni o'rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o'quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi.

Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming o'qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. Shularning 9,5 ming nafari oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari hisobidan, 13 ming nafari litsey va kollejlar o'qituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirilyapti.

2017-2018 o'quv yilidan boshlab 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o'qituvchining kasbga oid bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo'lga qo'yildi.

10-sinf o'quvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va o'quv-metodik qo'llanmalar chop etilib, ayni paytda ta'lim muassasalariga yetkazilmoqda.

Ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga tayyorlash bo'yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta'limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta'limi bo'limlaridan har bir maktabga mas'ullar biriktirildi.

Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 650 ming nafar o'quvchi uchun "Prezident sovg'asi" sifatida 12 nomdagi o'quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to'liq yetkazildi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilarni tanlab olish va ularni oliy ta'lim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy ta'lim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tarmoq vazirliklari va davlat qo'mitalariga biriktirib berildi.

10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi munosabati bilan mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy ta'lim muassasasi filiallari va 1 ta oliy ta'lim muassasasi tashkil etilmoqda.

Muloqot chog'ida oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini ortiqcha hisobotlar, turli byurokratik topshiriqlardan ozod etish, ularning ilmiy salohiyatini ta'lim mazmuni va sifatini yanada yaxshilash, ilmiy- tadqiqot ishlariga yo'naltirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Prezidentimiz maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to'xtalib o'tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta'kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o'qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p jihatdan ularning maktabgacha ta'lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog'liqdir.

Majlisda davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlang'ich ta'lim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta'lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o'zgartirish, ularni eng ilg'or oliy ta'lim muassasalari tarkibiga o'tkazish orqali umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilariga eng bilimli va tajribali professor-o'qituvchilar ta'lim berishiga erishish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Muloqot yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga 25-avgustga qadar barcha ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga va kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda Investitsiya dasturiga kiritilgan ta'lim obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash, ko'rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo'yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

II.Asosiy qism

2.1 Ta’lim haqida

Ta’lim — bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. T. tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o’quv yurtlarida o’qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda ma’lumot berish jarayonini ham bildiradi.

Ta’lim ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma’lumotga bo’lgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, Ta’lim haqidagi pedagogik g’oyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida T.ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari o’zgarib borgan (qarang Pedagogika).

Ta’lim mohiyate’tibori bilan dare berish jarayonini, ya’ni pedagog (o’qituvchi) faoliyatini, umuman o’quvchining bilish, o’rganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, ya’ni o’quvchi faoliyatini bildiradi. Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi — o’qituvchi va ta’lim olayotgan o’quvchilar faoliyatining yig’indisidan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati o’sadi. Ta’lim avlodlar o’rtasidagi ma’naviy vorislikni ta’minlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Ta’lim orqali o’tadi.

Ta’lim haqida turli nazariyalar mavjud. Ba’zi nazariyalar Ta’lim ni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bog’liq bo’lmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), ba’zisi T.ning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir a’zosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini ta’kidlaydi.

Ta’lim ning maqsadi ob’yektiv hayot talablariga muvofiq holda o’zgarib borgani kabi, Ta’lim ning xarakteri, yo’nalishi ham uning maqsadiga muvofiq o’zgarib boradi. Ta’lim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Ta’lim bilish krbiliyatlari, qistuyg’ular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.

Ta’lim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiytexnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.

Ta’lim o’quvchining bilish qobiliyatini o’stiruvchi asosiy omildir. O’quvchilar qobiliyatini o’stirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon bo’ladi. Didaktik tamoyillarda Ta’lim ning mazmuni va jarayonlariga qo’yilgan talablar belgilanadi (qarang Didaktika). Ta’lim ning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan o’quv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan o’zgarib boradi. O’zRning 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Ta’lim tizimining barcha yo’nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996 yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi o’zbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qo’llanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, o’qituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi o’zbek alifbosi bo’yicha qayta tayyorlash kurslaridan o’tkazildi. Xalqta’limi bo’limlari qoshida bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligini belgilaydigan "Tashhis markazlari" tashkil etildi.

O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Ta’lim amaliyotini diagnostik taxdil etish, Ta’lim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi (qarang Ta’limning milliy modeli).

Ta’lim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, san’at holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi T.ning mazmuniga umumiy ma’lumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur bo’lgan maxsus bilim, malaka va ko’nikmalar ham kiradi. Ta’lim mazmuni o’quv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Ta’lim da qo’yilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (ma’ruza, suqbat, tajribalar o’tkazish, ko’rgazmali qurollarni qo’llash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. O’quv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qo’llash Ta’lim metodini ishlab chiqishga katta ta’sir ko’rsatadi.

Ta’lim ni tashkil etishning umumiy ta’lim, alohida (individual) ta’lim, tashkiliy ta’lim, sinfdars ta’limi, kurs tizimi ta’limi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq Ta’lim tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, Ta’lim ning keng umumiy ma’lumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari — radio, televideniye, kino, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, o’z ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda.

2.2 Tarbiya haqida

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini ta’minlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo’la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga o’tadi.

Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga karatilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o’z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi Tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi.

Tor ma’noda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi o’stirilishiga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya T. ta’lim bilan chambarchas bog’liq holdagina mavjud bo’ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi ko’payibgina qolmay, balki axloqiyma’naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat a’zolarining Tarbiya si bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o’sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish. to’xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega bo’lishi lozim.

Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Sho’ro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiya ga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda Tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo’ladi va turli sinflarning Tarbiya si bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o’zbek xalq tajribasi Tarbiya ning sinfiy ko’rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli Tarbiya da ijtimoiy muassasalarning o’rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.

Sho’rolar da Tarbiya orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron bo’lganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi o’rniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining Tarbiya ga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo bo’lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida Tarbiya maqsadsiz bo’lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yo’nalishga solinishi mumkin bo’lgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol Tarbiya ning samarasizligiga olib keldi. Chunki T.ning asosiy ob’yekta bo’lmish shaxs va uning o’ziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Sho’ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Tarbiya va unga bog’liqjarayonlarga yangi hamda sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g’ayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiya ning milliyligiga alohida e’tibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, o’zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o’rganilayotir. Natijada, O’zbekiston ped. fani va amaliyotida oila Tarbiya sining ham, ijtimoiy Tarbiyaning ham o’ziga xos o’rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek Tarbiya da irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo’ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida T.ning o’rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol Tarbiya ga doyr hodisa va holatlarni to’g’ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to’g’ri tayin etish imkonini berdi.

2.3 Ta’lim mazmunini loyihalashtrishning asosiy bosqichlari

TA’LIM MAZMUNINI LOYIHALASHTIRISHNING ASOSIY BOSQICHLARI

O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da yangi chuqur bilimlar talab etuvchi texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat cho’qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik xislatlariga ega bo’lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa o’z navbatida o’quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika va texnologiyalardagi yangiliklarni o’zida aks ettiradigan ta’limni har tomonlama uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasini, ta’lim dasturlarining variativligini ta’minlashni talab etadi. Qo’yilgan vazifalar oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish davrining barcha bosqichlarida hal etib borilishi kerak.

Bu vazifalarni amalga oshirishga faqatgina mustahkam nazariy tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga, chuqur bilimlarga, amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislargina qodir bo’ladilar.

Respublikamizda mashinasozlik sohasining tez rivojlanishi yuqori malakali ishchi va texnik xodimlarga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi, buning asosiy negizi esa o’z navbatida umumta’lim maktablarida texnologiya fanlaridan dars beradigan texnologiya fani o’qituvchisi kasbini egallagan mutaxassislarga bo’lgan talabni oshiradi. Texnologiya fani yo’nalishi bo’lajak o’qituvchisi tabiiy, texnik va texnologik bilimlarga ega bo’lishi zarur. U faqat bilimlarni o’quvchilarga yetkazish bilan bir qatorda ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, loyihalash, konstruksiyalash hamda kasbiy pedagogik madaniyatga ega bo’lishi kerak. Olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’sib kelayotgan yosh avlodni konstruktorlik-texnologik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun har xil axborotlar va faoliyat turlarini o’quv grafik faoliyat mazmuni orqali integratsiyalashgan holatda yetkazish asosiy sharti hisoblanadi. Chizmachilik faniga nafaqat axborotlarni yetkazish, balki konstruksiyalarni chuqurroq anglab uning yangi variantini tavsiya qilish orqali o’quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish mumkin. B. B. Ma’murov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda “Darsning muvaffaqiyati nafaqat o’qituvchining unga astoydil tayyorlanishi, balki o’quvchilarning darsga tayyorgarliklari hamda dars loyihasining muvaffaqiyatli

tuzilganligiga bog’liq” ekanligi ko’rsatib o’tilgan1. Texnologiya fani yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida umumkasbiy va pedagogik turkum fanlari mazmunini loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega. Endilikda asosiy e’tibor mehnat ta’limining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan, fundamental hamda umumkasbiy va pedagogik turkum fanlar mazmunini loyihalashtirishga qaratilmoqda.

Ta’lim tizimida mazmun didaktik jarayonning ijtimoiy maqsadlariga erishishini ta’minlaydigan asosiy elementi hisoblanadi. Ta’lim mazmunini quyidagilar tashkil etadi:

– samarali pedagogik faoliyat tajribalari, ya’ni mehnat faoliyati, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish;

– umumiy maqsadlarga erishish jarayonida ijtimoiy jihatdan o’zaro ta’sir eta bilish tajribalari;

– insonlar hamjamiyatining axloq, huquq va boshqa normalarda aks etgan axloqiy va etik tajribalar;

– ma’naviy-madaniy tajribalar, hayotni obrazli-hissiy idrok etish, uning ko’rinishlariga estetik munosabatlar.

S. I. Arxangelskiy oliy ta’limning mazmuni haqida gapirar ekan, “Bu shunchaki ma’lumotlar, qonun-qoidalar va nizomlar yig’indisi emas, balki mutaxassisning ilgaridan ko’zlangan modeli mazmunidan va uning faoliyatiga qo’yiladigan talablardan kelib chiqadigan ilmiy ma’lumotlar tizimidir” deb ta’kidlagan2. Ta’lim mazmunini pedagogik jihatdan loyihalashtirish talabalar va pedagoglar kelgusi faoliyatining asosiy qismlarini oldindan ishlab chiqiladi va uning asosiy maqsadi o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Mehnat ta’limi yo’nalishida pedagogik tizimni loyihalashtirishda tizim

strukturasini tashkil etuvchi asosiy elementlari sifatida ta’limning maqsadi, mazmuni, didaktik jarayonlari va ta’limni tashkil etish shakllari hisoblanadi. Pedagogik tizimni loyihalashtirish uchun dastlab, pedagogik tizim faoliyatining maqsadlari aniqlab olinadi va oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilariga qo’yiladigan malaka hamda umumdidaktik talablar hisobga olingan holda, ta’lim va tarbiyaning mazmuni tavsiflanadi. Ta’lim mazmuni ta’lim maqsadlariga mos ravishda tanlanadi. Keyingi bosqichda didaktik jarayonlarni tanlash va ishlab chiqish amalga oshiriladi. Loyihalashtirishning so’nggi bosqichida ta’limni tashkil etish shakllari aniqlanadi va ishlab chiqilgan loyiha o’quv-metodik majmua hujjatlarida aks ettiriladi.

Pedagogik obyektni loyihalashtirishning tartibi tayyorlov, loyihani ishlab chiqish, loyiha sifatini tekshirish jarayonlaridan iborat. Tayyorlov jarayonida obyektni tahlil etish, shakllarini tanlash, didaktik ta’minoti, ta’lim jarayonining joyi va vaqti, moddiy-texnika ta’minoti aniqlashtiriladi. Loyihani ishlab chiqish jarayonida uni tizimga keltiruvchi omillarni tanlash, tarkibiy qismlar orasidagi aloqalar va o’zaro bog’liqliklarni aniqlashtirish hamda hujjatni tayyorlashdan iborat bo’ladi. Loyiha sifatini tekshirish uni amalga oshirish jarayonini fikran tajribadan o’tkazish, ekspert bahosi, tahrirlash, loyihani amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilish jarayonlarini o’z ichiga oladi. V. P. Bespalko tomonidan pedagogik jarayonning loyihalashtirilishi tarkibiy qismlar sifatida maqsad, asosiy qonun-qoidalar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar nazarda tutiladi. Pedagogik jarayon quyidagi: maqsad, mazmun, jarayon, baholash, natija kabi tarkibiy qismlardan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilgan3. Loyihalashtirishni pedagogik jarayonning tarkibiy qismlariga mos ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq, yani:

− o’quv jarayonning pedagogik tizim sifatida loyihalashtirilishi kerak bo’lgan elementi ajratib olinadi;

− maqsad qismi loyihalanadi;

− qo’yilgan maqsadlarga asosan o’quv materialining mazmuni tizimlashtiriladi, ya’ni ma’lum bir tizimga keltiriladi;

− kompetensiyalarni rivojlantirish qonuniyatlarini va bir tizimga keltirilgan mazmunning mantig’ini hisobga olgan holda, talabalarning bilim egallashi va amalda qo’llashni o’rganishi bo’yicha o’qituvchining harakatlar dasturi tuziladi.

Bundan kelib chiqadiki, ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning boshlang’ich bosqichi – ta’lim maqsadini belgilashdan iborat.

Ta’lim maqsadi didaktikaning asosiy – “nima uchun o’qitish”ni aniqlovchi kategoriyasi bo’lib, yo’naltirish, boshqarish vazifalarini amalga oshiradi, pedagogik faoliyatning kutilajak natijasini belgilaydi. Maqsad tashqi va ichki rejalarni o’z ichiga oladi. Tashqi reja jamiyat ehtiyojlarini, ishlab chiqarish talablarini, fan va texnikaning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ichki reja shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Maqsadlar refleksiv va bosqichli bo’lib, aniq ifodalanadi va dinamik xarakterga ega bo’ladi. Pedagogik faoliyatning maqsadlari ichki va tashqi omillarga mos ravishda o’zgarib turadi.

V. S. Bezrukova ta’kidlaydiki: “Jamiyat va davlat ehtiyojlari, ta’lim standartlari va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan talablar bozorini o’rganish natijalari ta’lim maqsadlarini belgilashning an’anaviy metodologik asoslari hisoblanadi, lekin maqsadlarni belgilashning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqishda ijtimoiy vazifalar bilan bir qatorda, ta’lim jarayonining xarakterini va maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar tezligini belgilaydigan omillar hisoblanadigan shaxsning ichki intilishlarini, kasbiy qiziqishlarini, maqsadlarni amalga oshirishga tayyorlik darajasini, psixologik xususiyatlarini ham hisobga olish zarur”4.

– ta’lim tizimining umumiy tuzilmasini va uning muayyan bo’linmalarini aks ettirish;

– shaxsning psixologik tuzilishini hisobga olish;

– bilimlarni o’zlashtirish darajasi bo’yicha tuzish.

Ta’lim mazmuni konsepsiyasiga muvofiq, ta’lim jarayoni ijtimoiy tamoyillar asosida tashkillashtirilgan va muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdir. Texnologiya fani metodikasi pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida asosiy e’tiborni kasbiy jihatdan muhim bo’lgan sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan sifatlar – faoliyatning samaradorligi (unumdorligi, aniqligi, obyektning chiroyli va ixcham konstruksiyasi, yuqori sifatliligi, mahsuldorligi va hokazo)ni aniqlovchi shaxsning psixologik sifatlaridir. Bu sifatlar keng funksional xarakterga ega bo’lib, har bir kasb egasidan muayyan kasbiy sifatlarni talab etadi, zero, texnologiya fani yo’nalishning asosiy maqsadi kasbiy sifatlarni to’la egallagan, yuqori malakali, kompetentli mutaxassisni tayyorlashdan iborat.

Texnologiya ta’limi mazmunini aniqlashda ta’lim bosqichining bitiruvchisi amalga oshirishi zarur bo’lgan vazifalarning mazmuni va murakkablik darajasidan kelib chiqiladi. Vazifalar esa o’z navbatida uch turga bo’linadi: o’qish, o’zlashtirish va amalda qo’llash. Texnologiya ta’limi mazmunini shakllantirishda mazmunni tanlash “yuqoridan quyiga”, “oddiydan murakkabga” qoidasiga asosan amalga oshiriladi: bo’lajak mehnat faoliyati mazmunidan yoki kelajakda o’rganiladigan fanlarni o’zlashtirish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, loyihalashtirilayotgan fanning mazmuni shakllantiriladi.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologik yondashuvlarga ko’ra, ta’lim mazmuni ta’lim texnologiyasining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ta’lim mazmunini loyihalashtirishni o’quv fani va dasturi darajasida ko’rib chiqish mumkin. O’quv fani mazmuni bir-biri bilan almashinib turuvchi faoliyat predmeti sifatida qator talablar asosida tuziladi: matnli axborotni shakllantirish, bilimlarni o’zlashtirish qonuniyatlarini hisobga olish, fanning ilmiy asoslarini o’z ichiga olishi, bo’lajak mutaxassis kasbiy faoliyatini aks ettirishi zarur.

III. Xulosa

Ta’lim — bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanar ekan.

Ta’lim ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.

Ta’lim va tarbiya chambarchas bir biriga bog’liq ekan.

Kurs ishini yozishda

Talim va tarbiya , ta’lim mazmunini loyihalashtrish to’g’risida malumotlar toplandi va shu malumotlar asosida rejalar tuzildi.

Rejalarni yoritib beriildi.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbekiston respublikasi prizdenti Sh.mirziyoyev –“Tanqidiy Taxlil ,qa’tiy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyating kundalik qoidasi bo’lishi kerak”


Internet ma’lumotlar:

www.AIM.uz



www.ziyonet.uz

www.google.ru
Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling