Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro Nordik universiteti
Axborotni zahiralash yoki nusxalash usullari
Download 246.79 Kb.
|
Iqtisodiy ma’lumotlarni himoyalash usullari
Axborotni zahiralash yoki nusxalash usullari axborotni tasodifiy xavflardan himoya qilishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Nusxalash bilan axborotni butunligi ta’minlanadi. Axborotni zahiralash usuli axborotni tiklash vaqti bo‘yicha tezkor va tezkor bo‘lmagan usullarga bo‘linadi. Nusxalanadigan axborotni haqiqiy vaqt oralig‘ida ishlatishni ta’minlaydigan usullar tezkor usullarga tegishli bo‘ladi. Nusxalanadigan axborotni ishlatishga o‘tish, ushbu kompyuter tizimlari uchun haqiqiy vaqt oralig‘ida axborotni ishlatish uchun so‘rovlarni bajarish imkonini beradigan vaqt ichida amalga oshiriladi.
Kompyuter viruslarning turlari va ularning tasnifi. Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo‘yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog‘i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi. Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan holda o‘z kompyuterida paydo bo‘ladi. Ularga qarshi kurashadigan dastur antivirus deyiladi. Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib chiqadi. Quyida ularning turlari keltirilgan.Viruslardan himoyalanishning asosiy vositalari Eng yaxshi himoya turi - viruslarni qay tarzda ta'sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy programmalar bo`lib, biror g`aroyib kuchga ega emaslar. Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biror-bir zararlangan programma ishlashni talab qilinadi. Shuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro`y beradi: - kompyuterdagi virus bilan zararlangan programmalar yuklanishi (COM, BAT yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan programmaning ishlatilishi; - kompyuterga virusli disketning yuklanishi; - kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarining o`rnatilishi. Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish mumkin: - o`qilayotganda disketani, albatta, virus borligiga tekshirish; - axborot nusxalarini ko`chirish, shuningdek disklar va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishdan, programmalarni esa buzilishdan saqlash; - axborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash, xususan, programma va ma'lumotlarning viruslar ta'sirida o`zgarishidan, noto`g`ri ishlayotgan programmalar va foydalanuvchilarning noto`g`ri harakatlaridan himoya qilish; - viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar; - viruslar bilan kurashuvchi maxsus programmalardan foydalanish.Download 246.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling