Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vаzirligining 2015-yil " " dаgi " "-sоnli buyrug‘ining ilovasi bilаn fan dasturi ro‘yxati tаsdiqlаngаn


Download 285.5 Kb.
bet2/14
Sana23.11.2023
Hajmi285.5 Kb.
#1795246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
26971 5110200-Умумий физика(лотин)-2015-16

Fanninig maqsadi va vazifalari

“Umumiy fizika” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda, bo‘lajak fizika o‘qituvchisiga zarur bo‘lgan darajada makro va mikro dunyoda sodir bo‘ladigan harakat va uning turlari xaqida, moddaning xussusiyatlari hamda makroskopik sistemalarning turli agregat holatlardagi fizik xossalari (alohida jism va maydonlar uchun) xaqida tushuncha berish, elektromagnit nurlanishga oid masalalar va boshqa hodisalarni o‘rganish, elektromagnit maydon, uning xususiyatlari, zaryadlangan zarralar bilan o‘zaro ta’siri, materiyaning yangi bir turi bo‘lgan elektromagnit maydonlarning asosiy xossalari, maydonning moddiy muxitlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi haqida bilimlar berish, optik hodisalar va qonunlar, atom, yadro va elementar zarralar fizikasi haqida fenomenologik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.


Fanning vazifasi - talabalarga umumiy fizikaga doir amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan barcha mavzular bo‘yicha masalalar echish, laboratoriya ishlarini tashkil qilish, o‘tqazish va hisob kitob ishlarini bajarib, ularga doir xulosalar chiqara olish, fizikaviy qonuniyatlarini munosabatlari to‘g‘ri aniqlash kabi vazifalarni o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

“Umumiy fizika” fani bo‘yicha talabalarning bilimiga qo‘yiladigan talablar: Fizika kursini o‘zlashtirishi jaraYonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • jism harakati; noinersal sanoq sistemalardagi harakat; sistema holati va uning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi; fazo va vaqt; reaktiv harakat, raketa, absolyut qattiq jism modeli; ideal suyuqlik; real gazlar; molekulalararo ta’sir kuchi; fazaviy o‘tishlar va ularning turlari; suyuq holat xossalari; amorf jismlar;gazlarda ko‘chish hodisalari; gazlarda ichki ishqalanish; issiqlik o‘tkazuvchanlik; termodiffuziya; vakuumdagi elektr toki; o‘tao‘tkazuvchanlik; termoelektron emissiya; elektr va magnit maydonlarning zaryadli zarralarga ta’siri; dielektriklarda elektr maydoni; gazlarda elektr toki; nochizig‘iy optika; fotometriya; golografiya; integral optika; lazerlar; dinamik va statistik qonuniyatlar; spontan va majburiy nurlanishlar; molekula tuzulishi; yadro reaksiyalari; moddaning plazma holati; boshqariluvchi termoyadro reaksiyasining istiqboli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

-moddiy nuqta kinematikasi;moddiy nuqta dinamikasi; qattiq jism mexanikasi; gaz va suyuqliklar mexanikasi; simmetriya va saqlanish qonunlari; nisbiylik prinsipi; statika asoslari; ampliduda, davr, chastota, faza; tovush tarqalish tezligi va Yoyilishi; sanoq sistemasi, koordinatalar sistemasi; gravitatsiya kuchi ta’sirida jismlarning harakati; impuls va impulsning saqlash qonuni; kuchlar momenti va inersiya; gazlar va suyuqliklarning harakati va qonunlari; quvvat, foydali ish koeffitsienti; jismlarning suzishi;atmosfera bosimi; Kepler va Nyuton qonunlari; butun olam tortishish qonunlari, moddaning agregat holati; Bolsman taqsimoti; qattiq jismning mexanik va issiqlik xossalari; qaytar va qaytmas jaraYonlar; entropiya; gazning molekulyar-kinetik nazariyasi; o‘rtacha arifmetik ehtimoli, kvadratik tezlik; diffuziya; kritik holat; real gazning ichki energiyasi; Joul-Tomson effekti; termodinamika qonunlari; issiqlik; ish, energiya,quvvat; turli muhitdagi elektr tok; elektrolitlarda elektr toki; magnithodisalar; dielektriklar; elektromagnit tebranishlar; elektromagnit induksiya; elektrmaydonidao‘tkazgichlar; kimYoviy va issiqlikgeneratorlar; termoelementlar; elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar; elektrostatika qonunlari; o‘tkazgichlar, dielektriklar, yarimo‘tkazgichlar va ularning elektr xossalari; Amper va Lorens kuchlari; Bio – Savar- Laplas qonuni; metall va yarimo‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi; elektr toki quvvati; galvanik elementlar, akkumlyatorlar; o‘zgaruvchan tok; g‘altak induktivligi; transformatorlarni; Yorug‘likning to‘lqin xossalari; Yorug‘likning qutblanishi; Yorug‘likning kvant xossasi; zarralarning to‘lqin xossasi; Yorug‘likning tarqalish tezligi;spektrlar, spektral analiz;Yorug‘likning yutilishini; mikroob’ektlarning ehtimoliy xarakterligi;mikroob’ektlarning dualizmi;kvant generatorlar va ularning qo‘llanilishi; Zeeman, Shtark effektlari;radioaktivlik; kvarklar;zanjir reaksiyalar; yadro reaksiyalari; termoyadro reaksiyalari; Rezerford, Frank – Gers, SHtern – Gerlax tajribalari; Kompton effekti; De-Broyl to‘lqini; radiaktiv emirilish qonunini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- sanoq sistemasi;garmonik tebranishlar; tebranishlar, to‘lqinlar; juft kuchlar; tebranma harakat; to‘lqinlar, ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar; mayatniklar; moddiy nuqtaning tezligi, tezlanishi; mexanik ish va quvvat; garmonik tebranishlar qonuni; Galiley almashtirishlari; klassik nisbiylik prinsipi; mexanik, kinetik va potensial enersiya; energiyaning saqlanish qonuni; Paskal qonuni va Arximed qonunini qo‘llash; ideal gaz modeli; ideal gaz qonunlari; molekulalarning tezliklar bo‘yicha taqsimoti; Boyl – Mariott, Gey – Lyussak, Sharl qonunlari; Klapeyron va Van-der Vaals tenglamasi; energiyaning erkinlik darajalari bo‘yicha teng taqsimlanish qonuni; siklik jaraYonlar, Karno siklini tushuntirish; o‘zgarmas tok qonunlari; elektromagnit tebranish qonuni; o‘zgaruvchan tok uchun Om qonuni; elektr maydon kuchlanganligi; Kulon va Joul-Lens qonunlari; elektr tokining ishi; Yopiq kontur uchun Om qonuni; Tomson formulasini qo‘llash; muvozanatli nurlanish; Plank formulasi; Yorug‘lik difraksiyasi; Yorug‘lik interferensiyasi; Yorug‘likning disperiyasi; spektrlar va spektral analiz; Doppler effekti; Yorug‘lik tezligini o‘lchash metodlari; fotoelektrik effekt; de-Broyl gipotezasi; optik asboblarni qo‘llash; alfa-, beta-emirilishlar, gamma- nurlanishini; fundamental doimiyliklar; kvant sonlarni; atom tuzilishi, Mendeleev elementlar davriy sitemasiri; massa defektiri; yadroni bog‘lanish energiyasini: yarim emirilish davrini Pauli prinsipini; Rezerford – Bor atom modelini tushuntirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.



Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling