Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Amaliyot rahbari Aytmuratova G


Download 31.17 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi31.17 Kb.
#244901
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Malakaviy amaliyot hujjatlar yig'majildi NAMUNA

Amaliyot rahbari Aytmuratova G.

Amaliyotchi talaba Ermatova D.

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSTITI O‘ZBEK- INGLIZ TARJIMA FAKULTETI 3-KURS 205- GURUH TALABASI ERMATOVA DURDONANING MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA TAYYORLAGAN

HISOBOTI

Bugungi kunda hammamizga ma’lumki, hozirgi taraqqiyot davrida hayotimizni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shu sababli ham dunyo rivojlangan sari zamonaviy texnologiyalarni hayotga tatbiq etishda tarjimonlarning o‘rni beqiyos. Har bir kasb egasi u xoh tarjimon, xoh boshqa kasbni ustasi bo‘lsin, ular har doim bugungi kunda ham o‘z sohasini, ham kompyuter sohasini mukammal bilishi shart. Men va mening ba’zi bir kursdoshlarim o‘z sohamizda faoliyat ko‘rsatish hamda kompyuter texnologiyalari bilan yaqindan tanishish maqsadida, bugungi kunda o‘z faoliyatini olib borayotgan, yurtimizning ko‘rkam binolarini qurilishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan “Design Project Group” MCHJ kompaniyasiga amaliyot o‘tash uchun joylashdik.

Amaliyotimizning dastlabki kunida bizga “Design Project Group” MCHJ kompaniyasi bilan batafsil tanishib chiqish imkoniyati berildi va barchamiz umumiy yig‘ilish zaliga taklif qilindik va bizga umumiy ma’lumotlardan ya’ni kompaniyaning maqsad va vazifalaridan, uning hamkorlaridan hamda kelajak faoliyatidan iborat ma’lumotnoma berildi va biz ular bilan batafsil tanishib chiqdik. U yerdagi jarayon, muhit va faoliyatning barchasi bizga manzur bo‘ldi va biz amaliyot joyimizdan mamnunlik hissini tuydik.

Ushbu kompaniya asosan kompyuter dasturlari bilan hamda loyihalarni dizaynlashtirish ishi bilan shug‘ullanganligi tufayli bizga asosan kompyuter dasturlariga hamda dizaynlashtirishga oid bo‘lgan ma’lumotlarni va ingliz tilidagi videodarsliklarni tarjima qilish kerakligi haqida aytib o‘tildi. Bizning har kunlik qilinishi kerak bo‘lgan ishlarimizni topshirish, tekshirish, bizninig ish faoliyatimizni nazorat etish etish uchun bizga ushbu kompaniyada o‘z ish faoliyatini olib borayotgan Jahongir Salimov mas’ul shaxs etib tayinlandi.

Amaliyot kunimizning ikkinchi kunida Jahongir Salimov amaliyotimizni o‘tash va berilgan topshiriqlarni bajarishimiz kerak bo‘lgan xonaga joylashtirdi. U yerda ishlovchi ishchi xodimlarning ism-shariflari, lavozimi hamda vazifasi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Undan so‘ng o‘z ish faoliyatimizni boshlash uchun topshiriqlar oldik va ularni bajarishga kirishdik.

Keyingi kunlardan boshlab, bosqichma-bosqich bizga bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan va ommada bo‘lgan kompyuter dasturlari haqida ingliz tilidagi matnlar va videodarsliklar berila borildi. Bundan tashqari ushbu kompaniya chet el bilan hamkorlik qilganligi tufayli ba’zi ish yurituvchi hujjatlarni ham ingliz tilildan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan ingliz tiliga ba’zan esa rus tiliga ham tarjima jarayonini amalga oshirdik. Tarjima jarayonida biz ko‘pgina yangi ilmiy so‘zlarga duch keldik, ularning o‘zbek tilida muqobili qanday bo‘lishi kerakligi haqida muhokama qilgan holda tortishdik, bir xulosaga keldik.

Amaliyotimizning qolgan kunlarida ham tarjima ishlari bilan shug‘ullandik, juda ham ko‘plab kompyuter dasturlari bilan tanishib chiqdik, ular haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldik va hattoki, ularning qanday ishlash jarayonini kuzattik, ba’zan o‘zimiz ham amalda qo‘llab ko‘rdik. Tarjima jarayonida lug‘at boyligimizni kengaytirib bordik. Tarjima jarayonida duch kelgan ilmiy turdagi so‘zlarni, atamalarni o‘rganib chiqib, lug‘atimizni boyitish maqsadida ularni ham qo‘shib bordik.

Amaliyotimizning qolgan kunlarida ham kompyuter dasturlari bilan tanishib chiqdik. Ular haqida tayyorlangan ingliz tilidagi videolarni o‘zbek tiliga tarjima qildik. Jahongir Salimov tomonidan loyihalarni dizaynlshtirishga oid bo‘lgan dasturlar haqida tayyorlangan videoro‘liklarni ko‘rdik, ularni ba’zan sinxron tarzda tarjima qilib, uning mazmunini sharxlab berdik. Bu o‘rinda, biz ham yozma tarjima mahoratini, ham og‘zaki tarjima mahoratini o‘zimizda amalda qo‘llab ko‘rdik. Natijada esa, bizda ikkala turdagi tarjima ham mustahkamlanib bordi.

Amaliyotimizning oxirgi kunida, biz qilgan ishlarimizni o‘zaro muhokama qildik. Rasmiy ishlarimizni hal qildik ya’ni hisobot va kundaliklarimiz bilan ularni tanishtirdik va ular imzo chekishdi. Jamoamiz bilan barchamiz qilgan ishlarimiz sarhisobini qildik va bo‘lim boshliqlariga o‘z minnatdorchiligimizni aytdik.

Xulosa qilib aytganda, amaliyotimiz qiziq va ko‘plab yangidan yangi bilimlar, ma’lumotlarga ega bo‘ldi va bizning ham bu ma’lumotlardan xabardor bo‘lishimizga imkon berdi. O‘zimiz xohlagandek ham kompyuter dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik, ularning ishlash jarayoniga guvohi bo‘ldik va albatta, ularning ba’zilarida ishlashni o‘rganib oldik. Shu bilan birga bu kompaniyaning kelgusidagi ishlariga omad tiladik va u yerda ishlashga doim tayyor ekanligimizni aytdik. Ular ham kelgusida biz bilan ishlashga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

Biz kamchilik bo‘lib, u yerda kam vaqt sarflagan bo‘lsakda, amalga oshirgan ishlarimizdan, tarjima jarayonidan va aynan mana shu kompaniyada o‘z amaliyotimizni o‘taganligimizdan mamnun bo‘ldik va xursand bo‘ldik.


Download 31.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling