Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Download 31.17 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi31.17 Kb.
#244901
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Malakaviy amaliyot hujjatlar yig'majildi NAMUNA

SHAXSIY ISH REJASI

TOSHKENT-2019

O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta’lim yo‘nalish 2-kurs talabasi Ermatova Durdonaning malakaviy amaliyot bo‘yicha



SHAXSIY REJASI

Amaliyot vaqti: 24.06.2019-13.07.2019 (haftada har kun 6 soatdan) ya’ni har kuni yakshanba kunidan tashqari soat 09:00 dan 15:00 gacha muddatda





Malakaviy amaliyot o‘tash obyekti

Sana (Kunlar kesimida)

Bajarilgan ishlar ro‘yxati

Bajarilgan ishlar mazmuni



“Design Project Group” MCHJ

24.06.2019

Kompaniya faoliyati va xodimlari bilan tanishish;

Bu kunda, dastlab, amaliyot o‘tash joyimiz bilan tanishdik. Bizga biriktirilgan amaliyot o‘qituvchilari qay tartibda ishlashimiz lozimligini tushuntirdilar.



“Design Project Group” MCHJ

25.06.2019

Kopmyuter dasturlari haqida ma’lumot topish va ular bilan tanishib chiqish;

Ushbu kunda menga mas’ul qilib tayinlangan shaxs Salimov Jahongir amaliyotimni o‘tash va berilgan topshiriqlarni bajarishim kerak bo‘lgan xonaga joylashtirdi. Undan so‘ng internet tarmoqlaridan kompyuterga aloqador bo‘lgan dasturlar bilan tanishib chiqdim.



“Design Project Group” MCHJ

26.06.2019

Kompyuter dasturlari orasidan aynan loyihalarni dizaynlashtirishga oid bo‘lgan dastur nomlari va vazifalari bilan tanishib chiqish;

Dastlab, kompaniyaga aloqador bo‘lgan ish yurituvchi hujjatlari taqdim etildi. Ushbu ish yurituvchi hujjatlarning ba’zilarini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish topshirig‘i berildi. Undan so‘ng, loyihalarni dizaynlashtirishga bog‘liq bo‘lgan dasturlar haqida tanishib chiqdim.



“Design Project Group” MCHJ

27.06.2019

AutoCad dasturiga oid bo‘lgan inglizcha matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Topshirilgan vazifani bajarishdan oldin, loyihalarni dizaynlashtirishga oid bo‘lgan, eng ko‘p foydalaniladigan dasturlardan hisoblangan AutoCad dasturi haqida o‘zbek tilida tushuntirib berilgan video darsliklarni ko‘rib chiqdim. Undan so‘ng, menga berilgan matnni o‘zbek tiliga tarjima qildim.



“Design Project Group” MCHJ

28.06.2019

Adobe Photoshop dasturiga oid bo‘lgan inglizcha matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Bu kunda Adobe Photoshop dasturi bo‘yicha berilgan matnni o‘zbek tiliga tarjima qildim. Tarjima qilish jarayonida bu dastur haqida o‘zimga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldim.



“Design Project Group” MCHJ

29.06.2019

COREL DRAW dasturi bo‘yicha ishlanayotgan loyiha jarayonida qatnashish va inglizcha so‘zlarni tarjima qilish;

Ushbu kunda COREL DRAW dasturi bo‘yicha o‘z faoliyatini olib borayotgan mas’ul shaxs bilan tanishdim va undan ushbu dasturga aloqador bo‘lgan ma’lumottlarga ega bo‘ldim. Ish jarayoni davomida duch kelingan inglizcha so‘zlarni va matnlarni tarjima qildim. Ish jarayoni juda ham qiziqarli bo‘lib o‘tdi.



“Design Project Group” MCHJ

01.07.2019

Loyihalashtirishga oid bo‘lgan qonun-qoidalar to‘plangan kichik broshuralarni tarjima qilish;

Ushbu kunda berilgan topshiriqni bajarishdan avval ish yurituvchilardan biridan loyihalashtirishning muhim va nozik jihatlari, qonun-qoidalari va ba’zi bir kompyuterga oid bo‘lgan ilmiy terminlarning izohini so‘rab, ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Bundan tashqari loyihalashtirishga oid bo‘lgan ingliz tilidagi video roliklarni ko‘rib chiqdim. So‘ngra menga topshirilgan vazifani ado etdim.



“Design Project Group” MCHJ

02.07.2019

“Design Project Group” ning internetdagi sahifasi uchun HTML dasturidagi ingliz tilidagi so‘zlarni tarjima qilish;

Bugun, berilgan topshiriqni bajarishdan avval, kompaniya xodimlari tomonidan HTML dasturi tuzila boshlandi. Bu dasturni tuzishdan maqsad, mazkur kompaniyaning internetdagi sahifani yangisiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat edi. Ulardan HTML dasturi o‘zi qanday dastur va uning vazifasi qanday ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. So‘ngra menga berilgan vazifani kompaniyaning maxsus tarjimoni bilan birgalikda bajardim.



“Design Project Group” MCHJ

03.07.2019

“Design Project Group” ning hujjatlarini tarjima qilish;

Dastavval, kompyuter sohasiga oid turli dasturlar bilan tanishib chiqdim. So‘ngra, ushbu kompaniya Rossiya bilan ham hamkorlik qilishi sababli, o‘zbek tilidagi ba’zi hujjatlarni rus tiliga tarjima qildim va ularni xato kamchiliklarini tarjimonga ko‘rsatdim.



“Design Project Group” MCHJ

04.07.2019

C# programmasi haqida ma’lumot olish va hujjatlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Ushbu kunda berilgan topshiriqni boshlashdan avval, menga va yangi kelgan ish xodimlariga boshqa dasturlar haqida C# ya’ni “C sharp” dasturi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Ushbu dastur haqida menda tushuncha mavjud bo‘lganligi tufayli bu dasturda uchraydigan ingliz tilidagi terminlarni tarjima qilish oson kechdi.



“Design Project Group” MCHJ

05.07.2019

“Microsoft Excell” dasturidagi o‘zbek tilida saqlanayotgan fayllarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish;

Dastavval, internet tarmoqlaridan o‘zimga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni bilib oldim, so‘ngra ushbu ma’lumotlar asosida Excell dasturini ishga tushirib, u yerda saqlanuvchi fayllarni tarjima qildim. Ushbu fayllardagi ma’lumot asosan kompaniyaga oid ma’lumotlar bo‘lib, u o‘z ichida hech qanday loyihalashtirish yoki dasturiy qonun-qoidalarni saqlamas ekan. Shu sababli bu fayllarni tarjima qilish unchalik qiyinchilik tug‘dirmadi.



“Design Project Group” MCHJ

06.07.2019

Microsoft Power Point dasturi bilan tanishish va undagi o‘zbekcha ma’lumotlarni ingliz tiliga tarjimaa qilish;

Microsoft Power Point dasturida fayl holida saqlangan bir nechta o‘zbek tilidagi ma’lumotlarni saqlovchi prezintatsiyalarni o‘zgartirmasdan, faqatgina o‘zbek tilidagi matnlarni ingliz tiliga tarjima qildim. So‘ngra, doimgidek xato kamchiliklarini ushbu kompaniyada ishlovchi tarjimonga tekshirtirdim.

13

“Design Project Group” MCHJ

08.07.2019

Kompaniyaga aloqador bo‘lgan ingliz tilidagi matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Dastlab, berilgan topshiriqlarni bajarishdan oldin, mazkur kompaniyaga tegishli bo‘lgan ba’zi bir muhim hujjatlar va ular nima haqida ekanligi bilan tanishib chiqdim. So‘ngra, ushbu kompaniyaga aloqador bo‘lgan hujjatlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildim. Mazkur matn orqali o‘zimga kerakli ma’lumotlarni oldim va lug‘at boyligiga ega bo‘ldim.

14

“Design Project Group” MCHJ

09.07.2019

SketchUp dasturidagi va unga aloqador bo‘lgan videolarni o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Ushbu dastur haqida internet tarmog‘idan ba’zi ma’lumotlarni bilib olgach, menga berilgan viedo darslikni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildim. Ushbu videoda SketchUp dasturining muhim jihatlari, afzalliklari va funksiyalari haqidagi muhim ma’lumotlar berilgan ekan.

15

“Design Project Group” MCHJ

10.07.2019

Turnmotion dasturiga oid bo‘lgan inglizcha matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Tarjima jarayonida ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lish maqsadida, dastlab, ushbu dastur bilan yaqindan tanishib chiqdim. U haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldim. So‘ngra menga yuklatilgan vazifani bajardim va uni Jahongir Salimovga topshirdim. Mas’ul shaxs tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklarim aytib o‘tildi.

16

“Design Project Group” MCHJ

11.07.2019

SketchUp dasturi doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan, keng foydalaniladigan inglizcha terminlar ro‘yxatini tuzish;

Ushbu vazifani bajarish bir muncha osonroq kechdi. Sababi, ushbu dastur haqida amaliyotimniung oldingi kunlarida ma’lumotga ega bo‘lgan edim. Dastlab, barcha terminlarni aniqlab oldim. Keyin esa yig‘ilgan inglizcha terminlarning o‘zbek tilidagi muqobil variantini topib, ularni tarjima qildim va qilgan ishimni tarjimonga tekshirtirdim.

17

“Design Project Group” MCHJ

12.07.2019

Lumion dasturiga oid bo‘lgan kichik videolarni ko‘rish va ularni o‘zbek tilida sharxlab berish;

Dastlab, menga berilgan videolarni tarjima qilishdan oldin, o‘zim uchun notanish bo‘lgan so‘zlarni lug‘atini tuzib oldim, so‘ngra menga yanada tushunarli bo‘lishi uchu ushbu dastur haqida o‘zbekcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim. So‘ngra ushbu dastur haqida ma’lumotga ega bo‘lgach, uni o‘zbek tiliga tarjima qildim va uni Jahongir Salimovga sharxlab berdim.

18

“Design Project Group” MCHJ

13.07.2019

Butun amaliyot davomida o‘rganganlarimni mustahkamlash va qilgan tarjimalarimni takror ko‘rib chiqish;

Amaliyotning so‘nggi kunida amaliyot o‘tashni boshlagan kunimdan to bugunga qadar olgan bilimlarimni, tajriba va ko‘nikmalarimni sarhisoblab chiqdim. Ushbu uch haftalik amaliyotni o‘tash jarayonida kelgusida menga asqotadigan bir qancha ma’lumotlarni o‘zlashtirdim. Ushbu kompaniyada o‘z ish faoliyatini olib borayotgan tarjimondan o‘zim uchun kerakli narsalarni o‘rgandim.


Download 31.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling