Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani xtbga qarashli
Download 19.46 Kb.
|
ҲИСОБОТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В ХХI ВЕКЕ
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani XTBga qarashli 31-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika va informatika fani o`qituvchisi Eshonqulova Yulduzning 2021-2022- o`quv yilida bajargan ishlari haqida H I S O B O T I Men Eshonqulova Yulduz Zavqiy qiziga 2021-2022- o`quv yilida matematika fanidan 10 soat informatika fanidan 10-soat dars hamda 6-A sinf rahbari bo`lib ishlash vazifasi berildi. Uzviylashtirilgan dastur va avgust shuba yig’ilishi tavsiyalariga asosan tematik ish rejamni tuzib metod birlashma raisi H.Arziqulovga hamda O`TIBDO` Yusupovaga tasdiqlatib oldim. Informatika fanidan 5a va 5b -sinflarda haftsiga 1 soatdan jami 34-soat, 6a va 6b -sinflarda haftasiga 1-soatdan jami 34 soat, 7a va 7b-sinflarda haftasiga 1 soatdan jami 34 soat, 8-sinflarda 1-soatdan jami 34 soat, 9a va 9b-sinflarda 2 soatdan jami 68-soat, 10-sinfga haftasiga 2 soatdan jami 68 soat 11-sinfga 2 soatdan jami 68 soat, matematika fanidan 6a va 6b -sinflarda haftasiga 10 soat dars o`tdim. Aniq fanlar metod birlashmasi hujjatiga I yarim yillikda informatika va matematika fanidan 2 soatlik dars loyihasi hamda II yarim yillikda informatika va matematika fanidan 2 soatlik dars loyihasi va tadbir senariysi tuzib topshirdim. Ustoz shogird an`anasiga amal qilgan holda ustozimiz Arziqulovdan metodik qo`llanmalar va tavsiyalar olib darslarini kuzatib bordim. O`quv yilining birinchi chorgida 6a-sinf o`quvchilariga matematika fanidan “Aralash sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusida bir soatlik ochiq dars o`tdim. O’quv yilining oktabr oyida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining tuman bosqichida ishtirok etib faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdim va viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdim. Oktabr oyida Rossiyaning ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В ХХI ВЕКЕ xalqaro ilmiy jurnalida “Turli koordinatalar sistemalarida to’lqin tenglamasi tadbig’i” maqolam chop etildi. O’quv yilining ikkinchi choragida 6a –sinf o’quvchilariga “Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash ” mavzusida bir soatlik ochiq dars o`tdim. 30-oktabr kuni 10-11-sinf o’quvchilariga “Bir million dasturchi ” loyihasi bo’yicha semenar tashkil etdim. O’quv yilining noyabr oyida HP LIFE FOUNDATION ning Social Media Marketing, IT for Business Success va Business Success o’quv kursini tamomlab sertifikatlarga ega bo’ldim. O’quv yilining uchinchi choragida 6B –sinf rahbari va 6a- va 6b-sinf o’quvchilari bilan birgalikda Alisher Navoiy va Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir tashkil qildik. O’quv yilining fevral oyida 6A sinf o’quvchilariga “Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash ” mavzusida bir soatlik ochiq dars o`tdim. Mart oyida sinfim o’quvchilari bilan birgalikda sinf soatidan 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etdim. O’quv yilining may oyida 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 6-sinf o’quvchilarimiz bilan faxriy ustozlardan biri bo’lgan Avloqulov Shodi ustozni ko’rgani bordik. 10-may kuni 31-maktabda tashkil etilgan ZAKOVAT intellektual musobaqasida “Yangi O’zbekiston” jamoasi nomi bilan qatnashib jamoa bilan birgalikda faxrli I o’rinni egalladik. 3-tashabbus maktabda shiori ostida maktabning 6-sinfidan 10-sinfigacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa”sini tashkil etdim. Yil davomida barcha fan o`qituvchilarini darslarini kuzatib tahlil daftarimga yozib bordim va maktabdagi barcha tadbirlar, yig`ilishlarga qatnashib bordim. O`quv yili davomida barcha sinf jurnallarini muntazam ravishda yozib bordim. O`quvchilar bilan individual shug`ullandim . O`quvchilar va ularning ota onalari bilan suhbatlashdim. Matematika fani o`qituvchisi: Eshonqulova. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling