22.7. Aholining daromadga qarab guruhlanishi
Daromadlardagi tengsizlik aholining kambag‘al, o'rtahol va boy qatlamlarga ajralishiga olib keladi. Buni daromadlar pirami-dasida ko'rish mumkin (22.4-rasm).
Kishilarning bu qatlamlarga mansubligi turli mezonlarga qarab aniqlanadi. Kambag‘allik chegarasini tirikchilik minimumi belgilay-di. Bu minimum muayyan mamlakatda eng kam deganda qancha tovarlar va xizmatlar iste’mol qilinishi mumkinligini bildiradi va bularning bozor narxi uning qiymati bo'ladi.
Kimning daromadi shu minimumdan past bo‘lsa, shu kambag‘al hisoblanadi. Masalan, mamlakatda bir oylik tirikchi-lik minimumiga kiruvchi oziq-ovqat narxi 120 dollar, kiyim-ke-chak narxi 80 dollar va nihoyat xizmatlar narxi 50 dollar bo‘lsa, uning umumiy qiymati 250 dollar bo'ladi. Mana shu 250 dollar kambag‘allik chegarasi bo‘ladi, ya’ni daromadi bundan kamlar kambag‘al hisoblanadi. Agar daromad oziq-ovqat minimumini ta’minlashga yetmasa, shunday daromadga ega qatlam o‘ta kambag'al yoki qashshoq hisoblanadi. Bizning yuqoridagi misoli-mizda daromadi 120 dollardan kam bo'lganlar o‘ta kambag'allar guruhiga kiradi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |