Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vahobov A., 2014 IRISH
иО ‘Ж: 338(075)
ЖВЖ: 65.01
IRISH Hadisi sharifda aytilishicha, savobli ishlar orasida ilm-ma’rifat tarqatish muhim o‘rin tutadi. Bunga bilim manbayi hisoblangan kitoblarni yozib chop etish ham kiradi. Mustaqillik sharofati bUan ko‘plab milliy darsliklar va o‘quv qoHanmalari chop etildiki, bular yosh mutaxassislarni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asos-langan holda va hozirgi zamon talablari darajasida tayyorlashga xizmat qiladi, Mana shunday ijobiy siljishlar iqtisodiyot fanlariga ham xosdir. Mana shu fanJarning karvonboshisi hisoblangan «Iqtisodiyot nazariyasi»ga bag‘ishlangan darslik va qo‘llanmalarning chop etilishi ham e’tiborga loyiq voqea bo‘ldi, Biroq oliy o‘quv yurtlari talabalariga moijallangan ommaviy darsliklarning yetish-masligi kuzatilmoqda. Keying! paytda bir qator o‘quv qoHanmalar chop etildiki, bular iqtisodiy ta’limga xizmat qilib kelmoqda. Lekin yangi darsliklarni ham yaratish lozim. Shuni nazarda tutib mazkur darslikni chop etishga jazm etildi. «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o‘qitish tajribasidan shu narsa ayonki, bu fan 3 xil darajada o‘qitiladi. Birinchisi, boshlang‘ich kurs bo‘lib, bu akademik litsey va kollej-larda, ikkinchisi asosiy kurs bo'lib, bu oliy o‘quv yurtlarida baka-lavrlar tayyorlashda o'qitiladi. Uchinchisi kengaytirilgan va chu-qurlashtirilgan kurs bo‘lib, bu magistrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur darslik bakalavrlarga moijallangan asosiy kurs tarzida yozildi. Boig‘usi mutaxassis kasb-korining qanday boiishidan qat’iy nazar u o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi talab qilinadi. Bu ishda «Iqtisodiyot nazariyasi» qoi kelishiga shubha yo‘q. Ko‘pgina olimlar va mutaxassislar XXI asr iqtisodiyotida Jiddiy o‘zgarishlar yuz berib, u yangi qiyofaga kirishini qayd etmoqdalar. Yangilangan iqtisodiyot sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz berayotgan o‘zgarishlarni anglab, ularga moslasha borish kerak boiadi, buning uchun esa «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan fundamental bilimlarni egallab olishga to‘g‘ri keladi. Mazkur darslikni tayyorlashda aytilgan zaruratdan kelib chiqqan holda naza-riyadagi yangi g‘oyalar, bu fanni o‘qitishda to‘plangan tajriba, amaldagi darslik va qoilanmalarning yutuqlar va nuqsonlari ino-batga olindi. Darslikni tayyorlashda bir qator tamoyillarga tayanildi: talabalarga beriladigan iqtisodiyotga oid nazariy bilimlar qabul qilingan standartlar talabi darajasida bo‘lishi zarur; iqtisodiyot fani erishgan yangiliklar bakalavrlarga mo‘ljal-langan kurs chegarasida o‘z aksini topishi kerak; o‘qitishning ilmiyJigi, nazariy qonun-qoidalar bayonining soddaligi bilan birga boiishi zarur; nazariy bilimlar real iqtisodiy hayot bilan bog‘lanishi, iqtisodi yotga taalluqli ma’lumotlar bilan boyitilishi talab qilinadi. Aytilgan tamoyiHardan kelib chiqqan holda darslikning tarkibiy tuzilishi belgilandi, unda boshqa darsliklarda ko‘zda tutilmagan mavzular ham o‘rin oldi, ayrim mavzular nomi boshqacharoq bayon etildi, nazariy tushunchalami aniq ta’riflashga harakat qilindi. Har bir bobda ixcham xulosalar va tayanch tushunchalar, shuningdek, turli rasmlar, chizmalar va jadvallar keltirildi. Darslikda talabalar mustaqil ishlab qo‘shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq yoritildi, ulardan ayrimlari alohida boblarda bayon etiladi. Bilim standartlari doirasida bir necha darsliklar amal qilishi mumkin, bular tarkibiy tuzilishi va bayon etish usuli jihatidan farqlanadi, albatta. Shundan kelib chiqib bu kitob muqobil darslik sifatida qayta chop etildi, toki buni boshqa darslik va qo‘llanmalarga qiyoslagan holda ulardan birini talabalar tanlab olishlari mumkin. Mazkur darslik talabalar iqtisodiy bilimi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz. Darslikning qayta nashri yuzasidan bildiriladigan tanqidiy fikr-mulohazalar, albatta, inobatga olinadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling