Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet6/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Metodologiya —bu fan predmetini o‘rganishga qanday ilmiy ta-moyillar asosida yondashilishini bildiradi. Iqtisodiyot nazariyasida kishilarning xo‘jalik faoliyati tizimli yondasbuv asosida o’rganiladi. Bunda yaxJit iqtisodiyot turli bloklarga —qismiarga ajratilib, har biri alohida o‘rganiladi, ulardan har biriga xos bo‘lgan xususiyatlar aniqlanadi. Masalan, yaxlit bozor resurslar bozori, iste’mol tovarlari bozori va moliya bozorlariga ajratilib o'rganiladi. Ajratilgan bloklar tashkil etilgach, ular faoliyatining shart-sharoiti va belgilari, ular qanday funksiyani bajarishi aniqlanadi. Iqtisodiyotning turli jihatlari tahlilidan so'ng ular birgalikda qaraladi, turli bloklar majmuidan iborat iqtisodiyot yaxlitlikda nima ekanligi, u qanday rivojlanishi

ko'rsatiladi. Yana bozor misoliga qaytsak, uning har bir blokining funksiyalari o‘rganilgach, iilar birgalikda yagona bozor sifatida qaraladi va bozorning umumiy funksiyalari ta’riflanadi.


Iqtisodiyot nazariyasida qollanadigan yana bir metodologik yondashuv bii iqtisodiyotni sof holda emas, boshqa, ya’ni g‘ayri-iqtisoiiy omillar ta’sirini hisobga olgan holda o‘rganishdir. Iqtiso­ diyot birlamchi bo'lgani holda siyosiy, ijtimoiy, milliy demografik va hatto rahiy-axloqiy omillar ta’siriga beriladi. Boshqa sohalardagi o‘zgarishlar iqtisodiyotda ham o‘z aksini topadi. Jamiyatda to‘s-to'polon bo‘lib, siyosiy beqarorlik yuzaga kelsa, bu iqtisodiyotning rivojiga putur yetkazadi, chunki kishilar vahimaga tushib ishdan soviy boshlaydilar. Milliy nizolar ham shunday salbiy oqibatlarga olib keladi. Kishilarda ruhiy ko‘tarinkilik bo‘lsa, ular iqtisodiy faol boiadilar. Aksincha, ruhiy tushkunlik uiarda befarqlik hosil qiladi, faollikni so'ndiradi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili ^ bu iqtisodiyot va tabiat o‘rtasldagi o‘zaro bogianishni hisobga olishdir. Iqtisodiyot tabiatdan tashqarida bo‘Iishi muHaqo mumkin emas, chunki bu uning moddiy tayanchidir. Tabiatdan olingan re-surslardan foydalanmay turib, ishlab chiqarishning bo‘lishi mumkin emas. Tabiiy sharoit ishlab chiqarishning qanday boiishini belgilab beradi. Qazilma boylik qayerda ko‘p bo‘Isa shu yerda undirma sanoat, yer yaxshi joyda dehqonchilik, yaylovlar ko‘p joyda chor-vachilik, o‘rmonzor ko‘p yerda yog'ochni ishlash sanoati, suvga yaqin joyda kemasozlikning rivojlanishi bimga guvohlik beradi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiyotning tabiatga qayta ta’siri ham hisobga olinadi. Taitibsiz iqtisodiy faoliyat tabiatga putur yetkazadi, undagi ekologik muvozanatni buzadi, ekologik xatarni yuzaga keltirishi mumkin, bu bilan iqtisodiyotning tabiiy tayanchi larzaga keladi. Mana shu muammo ham nazariyada lining predmeti nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tama! toshi — bu iqtisodiyotni statistikada (turib qolgan holalda) emas, balki dinamikada (rivojlanishda) olib o‘rganishdir. Bu bilan iqtisodiy hodisalarning kelib chiqish sabablari, undagi o‘zgarishlar qanday borishi bilib olinadi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga xos bo‘lgan tendensiyalar (moyillik) aniqianadi. Bular nirnaga olib kelishi va shunga ko‘ra xo‘jalik faoliyatini kelajakda qanday tashkil etish kerakligi aniqianadi. Mazkur fan iqtisodiyotga xos qonun-qoidalarni obyektiv bo'Iishldan, kishilar ularni o‘z bilganicha bekor qila olmas-ligidan, lekin ularni anglab yetgan holda utar talabiga moslashib fao-liyal qila olishlaridan kelib chiqadi.

Nazariyadagi boshqa bir metodologik tamoyil bu iqtisodiyotni temnologik o‘zgarishlarni hisobga olib o‘rganishdir. Texnologiyaning o‘zi iqtisodiyot nazariyasining predmeti emas. shu bois uni texni-kaviy fanlar o‘rganadi. Ammo texnologiya iqtisodiyotning moddiy asosi bo'lganidan, undagi jiddiy o‘zgarisMar iqtisodiy faoliyatnl tubdan yangilab >mboradi. Mana shu nareani nazariya e’tiberdan qochirmaydi. Masalan, nazariyada «Katta sikllar —katta to‘lqinlar» degan tushunchalar borki, bular texnologiyadagi katta burilishning iqtisodiyotga ta’sirini nazarda tutadi. Mutlaqo yangi texnologiya paydo bodishi bilan iqtisodiyot rivojida yangi davr — katta shd boshlanadi, bu odatda 50—60 yil davom etadi. Mana shulami ham nazariya tahlil etadi.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling