Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet134/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Birinchidan, firmalar narxni bozorga qarab o‘rnatadilar, ya’ni raqobatni hisobga oladilar. Bunda narx belgilashdagi peshqadamlik qoidasi amal qiladi. Boshqa firmalar peshqadam firma belgilagan narxga yaqin qilib o‘z narxini o‘rnatadilar. Bu yerda raqibga narxda ustunlik bermaslik yo‘li tutiladi. AQShda avtomobil bozorida «Kraysler» peshqadam narxini o'rnatsa, shunga ko'ra «Ford» va «General motors» kompaniyalari o‘z narxini o'matadi.
Ikkinchidan, oligopoliya firmalari narxni til biriktirib, ya’ni kelishib belgilaydilar. Til biriktirish raqobatga nisbatan kelishuvni afzal bilinganda yuz be rad i. Narx xususida til biriktirilganda kartel bitimi kelib chiqadi. Bunga binoan har bir ishtirokchi qancha tovami sotuvga chiqarishi(kvotasi) belgilab beriladi, narxni qanday oraliqda (koridorda) belgilash ham kelishib olinadi.
Oligopoliya bozorida ham narx maijinal xarajatlardan yuqori belgilanadi, lekin raqobat cheklangan bo‘lsa-da, saqlanib qolga-nidan, narxning bu xarajatdan ortiqligi sof monopoliya sharoi-tidagiga nisbatan kamroq, lekin monopol raqobatli bozordagidan ko‘proq bo‘ladi. Agar monopoliya narxi maijinal xarajatlardan 10 % ortiq bo‘Isa, bu ko‘rsatkich oligopoliyada 6 %, raqobatli monopo-liyalarda 2 % boiishi mumkin.
Hamma turdagi monopol bozorlarda sotuvchi — monopoliya narxi ustuvor bo‘Iadi, u bozor narxining asosini tashkil etadi, ya’ni

179


amaliy narxlar shu atrofida bo‘ladi. Bundan farqliroq monopsoniya bozorida narxni sotuvchi emas, balki xaridor belgilaydi. Bu yerda xaridor yagona bo'lganidan u aytgan narx amal qiladi. Monopso­ niya narxi (Pms) marginal xarajatlardan past qilib belgilanadi. Bun-da PmsChizmadagi AB marginal xarajat chizig'i bo‘Isa CE yoysimon chiziq monopsoniya narxini bildiradi. Bu chiziq AB dan pastroq-da o‘tgan. Sof monopoliya narxi esa bundan yuqorida o‘tgan edi (11.3-rasm).


Monopsoniya narxi D va К nuqtalari oralig‘ida farq hosil qil-gan. Bu sotuvchiga yutqizish bo‘lsa, monopsoniya —xaridorga yutuq keltiradi. Monopoliya yutug‘i esa yoysimon narx chizig‘ini AB dan yuqorida bo‘lishi evaziga yuzaga kelgan edi. Monopsoniyada sotuv­ chiga tegadigan foydaning bir qismi xaridor qo‘liga o‘tadi. Mon­ opsoniya bozorida talab bir qo‘lda bo‘lganidan u elastik bo‘lmaydi, chunki narx pasayishiga javoban talab o'zgarmaydi. Buning nati-jasida xaridorning talab narxi bozor narxining asosini tashkil eta-di, ya’ni tovarlar monopsonik firmalarga ma’qul narxda sotiladi. Masalan, ko‘pchilik butlovchi qismlar yetkazib beruvchi kichik fir-malar asosiy mahsulot chiqaruvchi yirik firmadan o‘zga xaridor­ ga ega bo‘lmaydilar va u taklif etgan narxda o‘z mahsulotini so-tadilar, chunki ularda xaridor tanlash imkoniyati bo‘lmaydi. Shu vajdan ular o‘z yutug'ini yo‘qotadilar. Masalan, avtomashina but-

180


lovchi qismining sotuvchi taklif qilgan narxi 60 dollar. Buning 50 dollar! xarajat, 10 dollar! unga tegadigan foyda. Monopsonik firma bu butlovchiga 56 dollar narx qo‘yib uni sotib oladi. Bundan so­ tuvchi 4 dollar yo‘qotadi (60-56=4), monopsonik xaridor esa 4 dol­ lar yutuqqa ega bo‘ladi. Xullas, bozorning monopollashuvdarajasiga qarab narxning shakllanish mexanizmi farqlanadi. Biroq hamma yerda narxni shakllantiruvchi omillar saqlanadi, lekin ular turli darajada amal qiladi. Monopol bozorlardagi narxlar xaridor (iste’-molchi) yoki sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ning yutishi yoki yutqi-zishiga olib keladi.

11.4. Bozor narxlarining turlanishi


Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos narxlar tizimi borki, bu yerda narxiarning shakllanishi o‘zaro bog‘langan, bir-birini taqozo etuvchi, ammo har xil maqsadlarda qo‘llanuvchi narxlar majmuasi amal qiladi. Narxning shakllanish jarayoni murakkab, bozor ishtirokchilari g‘oyat ko'pchilik, narxlar har xil vazifalarni bajaradi, shu sababli narxiarning turi ko‘p.
Narxlarni turlarga ajratish mezoni — bu narxning shakllanish mexanizmi, uning amal qilish sohalari va miqyosi, uni qoMlashdan kutilgan maqsadlar hisoblanadi. Shakllanish mexanizmi jihatidan erkin va monopollashgan narxlar bo‘ladi. Bularning nima bilan farqlanishini yuqorida ko‘rib chiqdik. Narxlar amal qilish sohalari jihatidan uigurji va chakana narxlarga bo'linadi. Dastlab tovarlar uigurji, so‘ngra chakana narxda sotiladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling