Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet137/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Ijmutlaq daraja — bu narxning umumiy summasi bo‘lib, muayyan tovarning qancha turishini ko‘rsatadi. U narx omillaridan tashqari pul miqdoriga ham bog‘liq. Pul qancha qadrli bo‘lsa, narx shuncha kam pul talab qiladi yold aksincha. Masalan, muayyan markadagi avtomashina 4000 dinor, 15000 dollar, 12000 yevro turadi. Bu o‘rinda mutlaq miqdor har xil, lekin bu o‘z-o‘zidan arzonchilik yoki qimmatchilikni ko‘rsatmaydi. Buni bilish uchun mutlaq narxning oldingi va oxirgi darajasini solishtirish zarur;

  1. nisbiy daraja — bu narxning xarid qobiliyatiga nisbati, aniqrogh undagi hissasidir. U narx xarid pulining necha foizini tashkil etishini bildiradi. Narx darajasi o4a tabaqalashadi, chunki xaridorlaming xarid qobiliyati bir-biridan katta farq qiladi. Dehqonning bir oyda topgan puli 1400000 so‘m, deb faraz qilaylik,

183


1 kg go'sht narxi o'rtacha 20000 so‘m. Demak, go‘sht narxining bir oylik daromaddagi hissasi 1,43 % bo‘Iadi.

Go‘sht narxi shunday boMgan holda tijoratchining oylik da-romadi 4000000 so‘m bo'lsa, endi shu narxning daromaddagi hissasi 0,5 %ga teng bo‘ladi. Dehqon uchun go‘shtning nisbiy narxi qimmat, tijoratchi uchun esa arzon. Narxning xaridor daromadiga nisbatan arzon yoki qimmat boOishi bozor uchun muhim. Narxlarning yuqorilashuvi sotuvchi uchun ma’qul bo‘lsa, uning pasayishi xaridorga qo‘1 keladi. Vaziyatga qarab narx darajasining o‘zgarib turishi bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy bir holdir.


11.5. Narx slrategiyasi
Narx strategiyasi, bu bozor ishtirokchilarining narx xususidagi yo‘l-yo'riq va sa'y-harakatlari bo‘ladi. Firmalarning ish natijasi tovarlarning sotilish narxiga bogliq boMganidan narxni to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim hisoblanadi. Firmalarning narx strategiyasi uch maqsadni ko‘zlaydi — tovar sotishni ko‘paytirish, foydani ko'proq olish, o'zining bozordagi muayyan mavqeyini saqlab qolish.
Tovar sotishni ko‘paytirishdan uch narsa kutiladi:


    1. Tovar sotishni ko‘paytirish orqali bozorda o‘z hissasini oshirish, imkon boMganda bozomi o‘z nazoratiga olish.




  1. Har bir t ova mi (tovar birligini) sotishdan tushadigan foy-daning kamayishiga rozi bo‘lgan holda tovarlarni ko‘plab sot ish orqali keladigan yalpi foydani oshirish.

  2. Tovarni ko‘p sot ish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish.

Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o‘z mavqeyini mustah-kamlash uchun firmalar maxsus narx qoOlaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx, deb atashadi. Bu narx sun’iy pasayti-rilgan bo‘lib, raqibni sindirishga qaratilganidan davlat uni taqiq-laydi, shu sababdan firmalar uni yashirin qollaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shakJida bo‘ladi. Narxlami pasaytirish yangi bozorlami qo‘lga olishga xizmat qiladi. Lekin, ular muqim ravishda mo‘ljallangan foyda miqdorini ta’-minlaydigan qilib belgilanadi. Bunga erishish uchun ikki usul qoOlaniladi:
Birinchidan, ommabop tovarlar narxini pasaytirgan holda ularni ko‘p sotishga muvaffaq boiinadi. Bunda bitta tovardan tushgan foyda kamayadi, lekin ko‘p sotish evaziga olingan jami foyda ko‘payadi.

! 8 4


Ikkinchidan, xaridori saylangan tovarlar chiqarilib ulami nuftizli iiarxda sotiladi. Bu narx puldoriarga moijallangan yuqori narx hisoblanadi. Ammo bu narxlar ish berishi uchun bozorda raqobat cheklangan, eng yaxshisi sof monopol bozor boiishi shart. Mazkur bozorda tovar narxi emas, balki uning markasi obro‘li boiishi hal qiluvchi omil boladi. Bu yerda talab elastik bolmaydi, shu sababli narx ko'tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. M alum bir guruh iste’ nolchi oladigan nufuzli tovarlar borki, ularning egasi bo‘!ish martabaga erishish bilan barobar turadi. Masalan, mashhur «Pierre Cardin» yoki «Versaci» modalar firmasi tayyorlagan yangi kostyum modeliga nufuzli narx belgilanib, maxsus puldorlar ma-gazinida sotiladi. Bu yerda tayyorlangan eng yangi modadagi er-kaklar kostyumi 800—1200 dollar tursa, oddiy ommabop kostyum esa 200—300 dollardan sotiladi.
Nufuzli narx belgilash uchun eng zamonaviy tovar ishlab chiqarish kcrak boladiki, ularni boshqalardan ajralib tunivchi va imidjga intiluvchi xaridorlar sotib oladi. Nufuzli narxlar abadiy emas, iilar bozorga o‘rnashib, obro" orttirish uchun kerak, chunk! naiK yuqori bolsa, mahsulot g‘oyat sifatli, deb qaraladi. Bundan tashqari nufuzli tovarlar o‘rin almashib turganidan, bir nufuzli narx 0‘rniga boshqasi yuzaga keladi.
Narx strategiyasida narxlarning moslashuvchan bolishiga asosiy e’tibor beriladi. Bunda bozor sharoitiga qarab narx oshirilib yoki pasaytirilib boriladi. Narx belgilashda ikki xil yo1 tutiladi:


    1. narxni avval yuqori belgilab, uni bozor kolarishiga qarab so'ngra pasaytirib boriladi va narx xususida bir to'xtamga kelinadi;




  1. narxni awal past belgilab, tovarning sotilishi ko‘payishiga qarab uni oshirib boriladi, sotilish hajmi barqaror bolgach narx o'zgartirilmay turiladi.

Firmalar narxiarni diversifikatsiyalasi, ya’ni tabaqalashtirish yolidan borishadi. Bunda narxlar xaridorning qurbiga, qancha to-varni sotib olishiga, uning doimiy mijoz boiishi yoki bolmasligiga, tovarning mavsumiyligiga qarab har xil narx belgilanadi. Puldorlar ko‘p joyda tovarlarga yuqori narx qo'yiladi, kambag'allar ko‘p joyda narx arzonlashtiriladi. Tovar kam olinganda narxi yuqori boladi, ko‘p olinsa narxi tushiriladi. Mavsum boshlarida, masalan, may oyida yengil yozgi kiyimlar qimmat sotiladi, yoz tugallanayotgan kezlarda, masalan, avgust oxirlarida ular arzon-garov sotib yubo-riladi. Narxiarni har xil belgilashdan maqsad xaridor uchun narxni tanlash chegarasini kengaytirishdir. Buning uchun firmalar narx diapazoni hosil qiladilar.


1 8 5


Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni, deyiladi. Diapazon narx oralig‘ining puldagi o‘lchami (ifodasi) bo‘ladi. Narxlar diapazoni ular o‘rtasida seziJarli farq boiishini talab qiladi, chunki shunday bo‘lmasa, tovarlar sifatidagi farqni ilg'ash qiyin, qo‘ldagi pulga qarab narxi ma’qul tovarni tanlab bolmaydi, binobarin, tovarning sotilishini ko‘paytirib boimaydi. Diapazon narxlar o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ham bildiradi. Narx diapazoni quyi, o‘rtacha va yuqori narxlami o‘z ichiga oladi. Diapazon qanchalik keng bo‘lsa, shunchalik tovarlar ko‘p sotiladi, chunki talab bilan taklif muvofiqlashadi. Diapazon doirasida bir narxdan voz kechib boshqasini ma’qul topish xaridni kanda qilmaydi. Diapazon qanchalik keng bo‘lsa, shunchalik xaridomi qo'ldan chiqarmaslik imkoni ko‘p bo'ladi, chunki qurbi turli xaridorlarga ular imkonidan kelib chiqqan holda har xil narxdagi tovarlar taklif qilinadi.
Narx belgilashda uni xaridor qanday qabul qilishiga ham e’tibor beriladi. Xaridor e’tiborini jalb etish uchun narx maydalashtirilib belgilanadi, chunki shunday narxni xaridor adolatli, deb qabul qiladi. Masalan, firma magazini yoshlar kurtkasining narxini 87,7 dollar miqdorida belgilaydi, chunki 87,7 dollar har holda 90 dollar emas va buni xaridor to‘g‘ri narx deb hisoblaydi. Firmaning narx strategiyasida qoilaniladigan barcha yo‘l-yo‘riqlar tovar sotishni ko‘paytirish, foydani maksimumlashtirish, raqobatda yengilmasdan bozorda o‘z mavqeyini saqlab qolish va uni mustahkamlashga qaratiladi.


    1. Narx bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi sifatida muhim funksiyalarni bajaradiki, bular jumlasiga hisob-kitob va oichash, rag‘batlantirish, iqtisodiyotni tartiblash va raqobat vositasi boMishdek funksiyalar kiradi.




  1. Narxlar bozorda xarajatlar, talab-taklif nisbati va raqobat asosida shakllanadi. Biroq ularning bozor narxini shakJlantirishdagi ishtiroki muayyan paytda har xil boiadi va turli yo‘nalishda yuz beradi. LHardan biri narxning oshirilishini taqozo etsa, boshqasi uning pasayishini talab qiladi, yana biri uni barqarorlashtiradi. Biroq bulardan qat’iy nazar narxlarning chegarasi boiadi. Quyi chegara - bu xarajatlar, yuqori chegara — xarid qobiliyati. Narxlar shu che-garalar oraligida amal qiladi.

  2. Erkin raqobatli bozorda narxlar talab-taklif asosida yuzaga keladi, chunki sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik boiganidan o‘z

186


narxini o‘rnata olmaydi, ular shakllangan narxni borligicha kabul qiladilar. Bu yerda muvozanatli narxlar amal qiladi. Narxlar odatda maijinal xarajatlarga yaqin turadi.

    1. Monopol bozorlarda bozor hokimiyati boiib, bu monopo-liyalami narxga ta’sir eta olishlarini bildiradi. Sof monopoliya bozorida tovarlar taklifi bir qo'Ida to‘planganidan, sotuvchilar raqobati bo'Imaydi, bu narxni maijinal xarajatlardan ancha yuqori belgilashga imkon beradi. Monopol raqobatli bozorda raqobatchilik saqianganidan narxlar maijinal xarajatlardan yuqori o‘rnatilsada, unga ancha yaqin turadi. Oligopoliya bozorida cheklangan bo‘lsa-da raqobat mavjud, bu narxJarning marjinal xarajatlardan ortib ketishini evida qiladi, lekin narx belgOashda peshqadamlik va tU biriktirishni jnizaga keltiradi. Monopsoniya bozorida xaridor monopoliyasi bolganidan narxlar maijinal xarajatlardan past qilib o'rnatiladi.




    1. Firmalar uchun narx belgilash o‘ta muhim ahamiyatga ega, chunki tovarlar sotishni ko'paytirish, foydani ko‘proq olish, raqobatda yutqizmasdan bozordagi o‘z mavqeyini saqlab qolish narxlarga bog‘liq bo'ladi, Ular narx belgilashda uch qoidaga amal qiladilar;




  1. narxlar mosiashuvchan boiishi kerak shu yo‘lda ular bir oshirUib, bir kamaytirilib turiladi;

  2. narxlar xaridorlar qurbiga ko‘ra tabaqalashgan bo‘Iishi kerak. Shunga binoan muayyan tovar joyiga qarab har xil narxda lakJif etiladi;




  1. narxlar diapazoni katta bo‘lishj kerak, chunki bu bilan talab va narx muvofiqlashadi, tovarlarni solish ko'payadi,

    1. Narxlar mutlaq va nisbiy darajada bo‘ladi. Mutlaq narx uni necha pul birligiga tengligini bildiradi. Nisbiy daraja narx xarid qurbining qanday qismiga tengligini bildiradi. Bu qism kichik boisa arzonchilik, katta bo‘lsa qimmatchliik yuz beradi.



Bozor narxi; narx fmksiyalari; narxga ta'sir etuvchi omiiiar; narxlarning quyi va yuqori chegarasi; erkin bozor narxlari; monopol bozor narxlari; narx turlari; narxlar pariteti; narx darajasi; narx diversifikatsiyasi; arzonlashtirilgan va nufuzii narxlar; narx diapazoni.

! 8 7


XII bob. RAQOBAT

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling