Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Demak, foyda topish uchun muayyan ish haqi saqlanib qol-ganda shunday miqdorda terimchilarni ishga olish zarur ekanki, ularning maijinal mahsuloti qiymati (Wm) ish haqidan (Hj) ko‘p bo‘lishi kerak, ya’ni Wm >Hj. Agar bunday miqdoriy nisbat bo‘lmasa ishga yollash tadbirkor uchun behuda bo‘lib chiqadi. Firma qo‘-shimcha ish kuchini jalb etishdan oldin bu nima berishini nazarda tutadi. Buni bilish uchun maijinal mahsulot qiymati (narxi), meh-natning narxi (ish haqi) bilan taqqoslanishi kerak. Maijinal mahsulot qiymati shu mahsulot miqdorining (Qmah) mahsulot birligi narxiga (P) ko‘paytmasi bo‘ladi. Shu qiymat ish haqi bilan solish-tirilganda mehnat firmaga nima bergani ma’lum bo'ladi. Bizning misolimizda so‘nggi ikki terimchi fermerga foyda o‘rniga zarar bergan. Demak, ularni ishga olish o‘rinsiz bo'lgan. Yuqoridagi jadvalga tayanib qo‘shimcha terimchilar bergan mahsulot egri chizig‘ini chizmaga ko‘chirsak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (13.1-rasm). Chizmadagi CD chizig‘i maijinal mahsulotni, AB chizig‘i ish haqini bildiradi. Chizmaga ko‘ra, CD marjinal mahsulot chizigi quyiga qarab qiyalangan. Chunk! u pasayishga moyil bo‘lgan. Lekin nuqtada u ish haqi chizig‘i bilan kesishgan. Demak, shunga qadar nechta ishlovchi bo‘lsa, ularni ishlatish qulay boigan. KD oralighda ishga jalb qilinganlar keragi boMmagan xodimlar hisoblanadi. Har qanday firmaning maqsadi foydani maksimumlashtirish. Biz bilamizki, bunga erishish uchun tovarning bozor narxi uning 215
ishlab chiqarishdagi marginal xarajatlariga teng bo'lishi kerak. Yana shuni bilamizki, shunday bo'lganda narx bilan o'rtacha xara-jatlar 0 ‘rtasidagi farq eng katta bo‘ladi. Shu sababli tovarlar sotil-ganda eng ko‘p foyda ko‘riladi. Shunga ko‘ra firma mehnat bergan marginal mahsulot qiy-mati ish haqi bilan tenglashguncha xodimlarni ishga oladi. Firma foydani ko‘p olishi uchun shunday ishlab chiqarish hajmini tan-lashi kerakki, bunda marginal xarajatlar narxga teng bo‘lishi ke rak. Shunday hajmga erishish uchun marginal mahsulot qiymati ish haqiga yaqin turishi zarur bo‘ladi. Marginal mahsulot qiymati ish haqidan past bolgan sharoitda mehnatga talab qisqaradi. Xullas, foyda topish nuqtayi nazaridan qaralganda uni maksimumlashtirish uchun faqat ma’Ium miqdorda ish kuchi talab qilinadi, mehnatning bundan ortiqcha taklifini bo-zor qabul qilmaydi, natijada shu mehnat sohiblari ishsiz qoladilar. Har qanday bozorda boMgani kabi mehnat bozorida ham talab va taklif to‘qnashadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra mehnat bo-zoridagi talab va taklif tenglashgan holda mehnatning muvozanatli narxi yuzaga keladi. Bu, muvozanatli ish haqidir. Bu ish haqi mar ginal mahsulot qiymatiga yaqin bo‘ladi. Iqtisodiyotda shunday qoida mayjudki, mehnatga talab va uning taklifi nisbati o‘zgarishiga qarab muvozanatli ish haqi ham o‘zgaradi. Har xil muvozanat holatiga har xil ish haqi to‘g‘ri keladi. Mehnatga talab va mehnat taklifi tenglashgan chog'da muvo zanatli bandlik paydo bo‘ladi, bu ish kuchi me’yorida, ya’ni ke-rakJigicha ishga jalb etilganligini bildiradi. Mehnat bozoridagi mu-vozanatni tushunish uchun chizmani tahlil etamiz (13.2-rasm). 216
Mehnatga talab (Q)
217
ortiq bo‘ladi (4000>3000). Beshinchi terimchining marginal mah-suloti ish haqidan oz (2000<3000), uni ishga olish foyda bermay-di. Demak, ish haqi kamaygan sharoitda ham foyda olish maqsa-di mehnat miqdorini cheklab turadi. Bizning misolimizda ish haqi 1900 ga tushgandagina beshinchi terimchini ishga olish mumkin (chunk! 2000> 1900). Taklifning ortishi ish haqini pasaytirist. hi-sobidan bandlikru oshiradi. Buni grafikdan ham ko‘rsak bo'ladi (13.3-rasm). Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling