Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat bozori bu ish kuchini oldi-sotdi qilish yuzasidan ishga talabgorlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
- 13.3. Mehnatga talab va metinat taklifi
13.2. Mehnat bozorl
Mehnat iqtisodiy resurslardan bin bolganidan unga talab bo-zorda yuzaga keladi va bu mehnat yaratadigan tovar va xizmatlarga bolgan talabga bogliq boiadi. Agar bularga talab oshsa bozorda mehnatga ham talab oshadi, aksincha bularga talab qisqarsa, mehnatga ham talab kamayadi. Mehnat bozori bu ish kuchini oldi-sotdi qilish yuzasidan ishga talabgorlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Mehnat bozoridagi xaridorlar, flrmalar, davlat idora-tash-kilotlari, nodavlat jamoat tashkilotlaridan iborat boiadi. Bular ish beruvchilar hisoblanadi. Mehnatni bozorga taklif etuvchilar - sotuvchilar ish kuchi sohiblari bo1ib, ular mehnat qobiliyati mavjud va o‘z mehnatini sotishga ishtiyoqi bolgan kishilardan iborat, ular xonadon ahli hisoblanadi. Mehnatni taklif etuvchilar ishlab pul top ishga zarurati bolgan kishilardir. Ishlash qobiliyati bola turib pul top ishga muhtoj bolmaganlar mehnat bozorida ishtirok etmaydilar. Masalan, to‘q xonadonlardagi uy bekalarida ishJashga zarurat bolmaydi, shu sababli ular o‘z mehnatini bozorga taklif etmaydi. Ish beruvchilar korxona egalari yoki ularning vakillari, turli davlat va nodavlat tashkilotlarining rahbarlari hisoblanadi. Ular mehnat bozoridan ish kuchini sotib oladilar, ya’ni yollanib ish-lovchiiami ular mehnatiga haq tolash sharti bilan ishga oladilar. Mehnat bozori ning aniq shakllari boiadi, bular mehnat biijalari va ishga yollovchi firmalar bo‘lib, yollanib ishlovchilar bilan ish beruv-chilarni bir-biriga bog'lovchi vositachilar hisoblanadi. Vositachilikni kasaba uyushmalari ham bajaradi. Mehnat oldi-sotdisi bilvosita bolganda ish beruvchilar bilan yollanib ishlovchilarni bir-biriga aytilgan vositachilar bog‘laydi. Mehnatning oldi-sotdisi bevosita 2 1 2
boMganda ish beruvchilar yollanib, ishlovchilarni o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga oladilar. Mehnat bozoridagi vositachilar ikki turga bo‘linadi; Oshkora ishga yollovchi vositachilar, bular qonuniy yo‘l bilan ishlovchi mehnat biijalari va ishga yollovchi firmalar; Yashinn g ‘ayriqonuniy yo ‘l bitan ishga yollovchi firmalar. Bular yashirin ravishda korxona va tashkilotlarni arzon ish kuchi bilan ta’minlab turadilar, Bular odatda qoloq mamlakatlardan chiqqan arzon ish kuchini rivojlangan mamlakatlarga yetkazib beradilar. Bular migrantlar ish kuchining eksporti bilan yashirin shug'uilanadilar. Mehnat bozori 0 ‘zbekistonda mehnat biijalaridan, mardikor bozoridan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga yollashdan, ish kuchi eksporti bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari, oshkora firmalar va yashirin ishga yollovchi g‘ayriqonuniy guruhlardan iborat. Bular orqali ish kuchi taklif etiladi, ish kuchiga boMgan talab qondiriladi. Ish beruvchi va yollanib ishlovchilar o‘rtasidagi aloqalar mehnat munosabatlari deyiladi. Bular ma’lum qonun-qoidalarga binoan tartiblanib turadi. Masalan, 0 ‘zbekistondagi mehnat munosabatlari mamlakatning «Mehnat» kodeksiga binoan amalga oshiriladi. Meh nat munosabatlari mehnat bitimlari tuzish bilan qonuniylashtiriladi. Bu bitimlar uch xil bo‘ladi: Mehnat kontraktiari — yollanib ishlovchilar bilan ish be ruvchilar o‘rtasida yakka tartibda tuziladigan shartnoma. Unga bi noan bajariladigan ishning mazmuni, mehnat sharoiti, ish haqi miqdori, uni to‘lash tartibi, har ikki tomonning huquqi va maj-buriyatlari belgilanadi; Jamoa bitimi. Bu ish beruvchilar bilan yollanib ishlovchilar jamoasi o‘rtasidagi bitim bo‘ladi. Вunga binoan sifatli va unumli ishlash, mehnat xavfsiziigini ta’minlash, ish haqining miqdori, infla-tsiyaga qarab uni indeksiyalash (o‘zgartirish) tartibi, ishchi-xiz-matchilar malakasini oshirish, dam olishini uyushtirish kabilar ko‘zda tutiladi; Bosh bitim. Bu ish beruvchilar va yollanib ishlovchilar ka-saba uyushmasi va hukumat o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unga binoan mehnat munosabatlarini o'rnatish tartibi mamlakat doirasida belgilab olinadi. Bitimlar mehnat munosabatlarining subyekti bo‘l-mish ish bemvchilar va yollanib ishlovchilar, ularning kasaba Liyushmalari va davlat o‘rtasidagi aloqalarni tartiblashga xizmat qiladi. ПЗ
13.3. Mehnatga talab va metinat taklifi Mehnat ham tovar, unga bozorda talab hosil bo'ladi va bu meh-nat taklifi orqali qondiriladi. Mehnat maxsus tovar, ya’ni u iste’mol tovari emas, balki g‘oyat muhim resurs hisoblangan tovardir. U ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Uning ishtirokida pirovardida iste’molga tayyor tovarlar yaratiladi. Shu sababli unga talab ishlab chiqarish hosilasidir. Mehnatga talabning miqdori mehnat bilan yaratiladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning nechogiik ekanligiga bogiiq. Agar bozorda tovarlarga talab oshib, ular yaxshi sotilib tursa, mehnatga ham talab ortadi. Agar talab qisqarib tovar bozori kasodga uchrasa, mehnatga talab qisqaradi. Mana shu sababli iqtisodiy tushkunlik kezlarida mehnatga talab keskin qisqarib ketadi. Aksincha, iqtisodiyot yuksalib borgan chog‘da mehnatga talab tez o‘sadi. Tovarga talab uning narxiga bogiiqligi turgan gap. Mehnat ham tovar bo‘lar ekan, unga talab uning narxiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning bozor narxi ish haqi boiib, bu yollanib ishlovcbi-larga ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab toManadi. Agar mehnat qimmatlashib, ish haqi oshsa, boshqa shart-sharoit 0 ‘zgarmagan holda, mehnatga talab qisqaradi. Bordi-yu aksi yuz berib, ish haqi qisqarsa mehnatga talab oshadi. Buni foydani maksimumlashtirish bilan izohlash mumkin. Biz oldingi boblardan bilamizki, xarajat oshsa foyda qisqaradi. Ish haqi esa xarajatlarning bir qismi. Ish haqi oshsa so‘zsiz xarajat oshadi, tovar narxi oshmagan holda binobarin, foyda kamayadi. Shu sababli mehnatga talab foyda maksimumlashgunga qadar oshib boradi, so‘ngra u qisqaradi. Bunda mehnat foydani eng ko‘p keltiradigan darajada talab qilinadi. Foydani maksimumlashtirish mehnatni keragicha ishlatilishini bildiradi. Buni ishlab chiqarish funksiyasi talab qiladi. Mehnatga tatbiqan bu funksiya mehnatning bozor narxi bilan u beradigan maijinal mahsulot o‘rtasidagi aloqani bildiradi. Mehnatning maijinal mahsuloti bu qo‘shimcha mehnat bergan qo‘shimcha mah-sulotdir. Bu mahsulot awal o‘sib borsa, so‘ngra qisqaradi, chunk! mehnatning marjinal unumdorligi bo‘lib, bu pasayishga moyil boiadi. Buni tushunish uchun keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil etamiz (13.1-jadval). Jadvaldan ко‘rish mumkinki, terimchilar sonining ortishi bilan yangi terimchi qo‘shimcha ravishda teradigan paxta miqdori ka-maygan, chunk! yaxshi ochilgan paxta maydoni qisqarib borgan, natijada har bir terimchi paxtani borgan sari kam tergan. Natijada, maijinal mahsulot qisqargan, ish haqi esa oldingidek qolgan, chunk! 2 1 4
fermer bilan terimchi kunbay ish haqini oldindan kelishib qo‘ygan. Maijinal mahsulot qiymati bilan ish haqi orasidagi farq ortib borgan. Pirovard natijada to‘rtinchi va beshinchi terimchini ishga olish fermer uchun foyda o‘rniga zarar keltirgan.
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling