Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Raqobatbardosh tovar —bu o‘z sifati, narxi va sotilish shart-sha-roitiga binoan xaridorlarga ma’qul bolganidan bozor ko‘taradigan tovardir


Download 1.85 Mb.
bet153/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Raqobatbardosh tovar —bu o‘z sifati, narxi va sotilish shart-sha-roitiga binoan xaridorlarga ma’qul bolganidan bozor ko‘taradigan tovardir.
Raqobatbardoshlik tovar qadr-qiymati yuqori bolishini bildi-radi, ya’ni uning narxi va sifatining mosligini talab qiladi. Shu moslik mavjud boMganda tovarni xaridor afzal ko‘radi, u tez sotiladi. Natijada, uni ishlab chiqaruvchi bellashuvdan yutib chiqadi. Ra-qobatbardoshlikning ikki jihati bor, bular milliy bozordagi raqo­ batbardoshlik va jahon bozoridagi raqobatbardoshlikdir. Jahon bo-zorida dunyoning saralangan firmalari bellashganidan bu yerda tovarning raqobatbardoshligi talablari milliy bozordagidan yuqori bo‘ladi.
Firma oldida erkin iqtisodiy tanlov boMganidan u raqobatlashuv o‘rniga til biriktirishi ham mumkin. Biroq bu qonun yo‘li bilan man etiladi. Biroq firma yashirin kelishuv yo‘lidan borishi mumkin, lekin firmalar bir-biridan doimo hadiksiraydilar va raqobatga borishlari ham turgan gap, Xullas firmalar o‘z strategiyasida raqobat qilish yoki kelishuvni tanlaydilar.
Firmaning strategiyasida raqobatlashuv afzal ko‘rilganda uning turli usullari sharoitga qarab har xil kombinatsiyada qohlaniladi. Narx bilan raqobatlashuv ko'zda tutilganda uni qachon va qanday tarzda o‘zgartirib borish belgilab olinadi. Shuningdek, xaridorlar qurbiga, tovarlarni ular uchun o‘ta zarur boMishi yoki boMmasligiga qarab narxJar bir-biridan farqiantiriladi, chunki xaridor narxni yaxshi qabul qilsa tovarlaming sotilish hajmi ortadi, binobarin foyda maksimumiashadi.
Sifat bilan raqobatlashuvga ustuvorlik berilganda, o‘z tovarini 0‘zgalarnikidan nima jihatidan ajralib turishiga e'tibor qaratiladi. Masalan, avtomobillar bozorida firmalar quyidagi sifat parametr­ ia riga e’tibor beradilar: dizayn, tezlik komfort, yoqilgMning tejalishi,

2 0 4


ekologik toza bo‘lishi, uzoq vaqt ta'mirsiz xizmat qilishi, chidam-liligi va hokazolar.
Servis bilan raqobatlashganda uning sotiladigan tovar iste’moli bilan bog‘liq bo‘lishi yoki boMmasligi, bu qancha turishi va sotish hajmining ortishi hisobidan o‘zini naqadar oqlay olishi inobatga oli-nadi.
Raqobat strategiyasida reklamaga katta e’tibor beriladi, chunki bu xaridorga ta’sir elishning samarali usuli hisoblanadi. Odatda tovarlarning sotilish hajmi reklama sarfiga to‘g‘ri mutanosiblikda bodadi, ya’ni reklama sarfi oshgan sari sotilish hajmi ko'payadi. Biroq buning uchun reklama samarali bo‘lishi talab qilinadi. Odatda reklamaning turli usullari birgalikda qoMlaniladi.
Raqobat strategiyasida firma ishlaydigan bozorning xarakteri hisobga olinadi. Bunda bozorning mukammal yoki nomukammal bo'lishi, uning doimiyligi yoki mavsumiyligi, bozorning qaysi seg-mentga mansubligi, bozorning hajmi kabilar nazarda tutiladi, chunki shunga qarab tanlangan kurash usuli raqobatda g‘olib chiqish imkonini beradi. Raqobat strategiyasida mavjud iqtisodiy siyosatga moslasha bilish ham ahamiyatga ega boiadi, chunki buning uddasi-dan chiqqan firmaning qo‘li baland keladi.
Firmalar o‘z raqiblarining ko‘payishidan manfaatdor bo'lmay-dilar, shu bois ular iloji boricha o ‘z bozoriga o‘zgalarni kiritmaslik choralarini qodlaydilar. Ayniqsa bu nomukammal raqobatli bozorga xos bo‘ladi. Bu yerdagi firmalar monopol mavqeni saqlab qolish uchun faoliyat turiga ruxsat beruvchi litsenziyalarni sotib oladilar, natijada boshqalar bu faoliyat bilan shug'ullana olmaydilar yoki tabiiy resurslarni tag-tugi bilan sotib oladilar, natijada o'zgalar bun-dan foydalana olmaydilar. Ular ilmiy-texnikaviy yangiliklarni monopollashtirib, boshqalarni bulardan mahrum etadilar. Biroq bozorga kirish yoMida firmalar hosil qilgan to‘siqlar uni tamomila yopib qo‘ya olmaydi. Chunki «zo‘rni zo‘r yenga oladi», degan qoida monopol bozorda ham amal qiladi. Yirik firmalar borki, bular to‘siqlarni yengib bozorga kira oladilar. Shuni nazarda tutib bozorda Ugandan ishlab kelgan firmalar raqiblar bozorga kirib kelganda nima qilishlarini belgilab oladUar. 0 ‘z navbatida yangi firmalar eski firmalar qarshiligini qanday bartaraf etish choralarini qoMlaydilar. Xullas firmalaming raqobat strategiyasida bozor uchun kurashning to‘xtovsiz borishi, uning ishtirokchilari doirasining yangilanib turishi, bellashuv usullarining turlicha boUishi va ulardan eng maqbulini tanlab olish zarurligi hisobga olinadi.

2 0 5


12.6. Kaqobatchilik muliiti
Raqobat iqtisodiyotni harakatga keltirib uning rivojianishini ta’minlashi uchun yetarli raqobatchilik muhiti talab qilinadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling