Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Monopol narx o‘rnatilganda xaridor yutug‘i monopoliya yutu-


Download 1.85 Mb.
bet151/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Monopol narx o‘rnatilganda xaridor yutug‘i monopoliya yutu-giga aylanadi, bundan monopol ustama foyda hosil bo‘ladi.
Monopol foyda olinganda umumiy yutuq summasi o'zgarmaydi (6000 tovar), balki buni monopoliya bilan xaridor o‘rtasida taq-simlanishi yuz beradi. Mukammal raqobatli bozorda umumiy yutuq (6000 tovar) xaridorga tegsa, monopol bozorda buning bir qismi (5000 tovar) xaridorga, ikkinchi qismi (1000 tovar) monopoliyaga tegadi. Monopoliya bor joydagi yo‘qotish ishlab chiqarish hajmini qisqartirish tufayli yuz beradi. Monopoliya tovarning yuqori narxini


  1. tutib turish uchun uni kamroq chiqaradi (5000 tovar), natijada jamiyatning umumiy yutug‘i qisqaradi (5000<6000). Demak, mono-poliyaning ustama foyda olishi jamiyat uchun yo‘qotish bo'ladi.


Monopsoniya sharoitida muayyan tovar va xizmatlar bozorida yagona xaridor bo‘lganidan ishlab chiqaruvchilar uning pulini olish uchun raqobatlashadi, chunki ular oldida xaridor tanlash imkoniyati bo‘lmaydi. Monopsoniyaga misol qilib «De Birs» (Janubiy Afrika) kompaniyasini olish mumkin. Bu kompaniya dunyoda qazib olingan olmoslarni g‘oyat katta qismini qayta ishlab brilliantga aylantiradi va sotadi. Dunyodagi hamma olmos konlarining egalari «De Birs» pulini olish uchun raqobatlashadi.
Bir sohaning o‘zida har xil raqobat mavjud bo‘ladi, shuning uchun mukammal yoki nomukammal raqobat mezonlariga to‘la javob bera oladigan bozorlarni uchratish qiyin. Biroq shunday bozorlar ham borki, ular mukammal raqobat talablariga boshqa-lardan ko‘ra ko‘proq mos keladi. Misol uchun, qishloq xo‘jalik mah-sulotlari bozorini olish mumkin. Shu bilan bir vaqtda, sof mono-

2 0 2


poliyaga mos keladigan bozomi ham topish qiyin. Hatto o‘z bo-zorlarida yetakchi rol o‘ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikkita mayda raqobatchisi bo‘ladi. Sof monopoliya noyob mahsu-lotga ega bohish bilan bog‘liq. Ammo noyoblikning o‘zi abadiy emas. Chunki, noyob mahsulotning ohinbosari va undan noyobrogh ham yaratilib turadiki, bu bilan monopol mavqeyi zil ketadi va raqobat paydo bo‘ladi. Masalan, AQShda uzoq masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirar edi, lekin «EmSiAy» va boshqa firmalarning bu tarmoqqa kirib kelishi, ekspress-pochta va sun’iy yo‘ldosh aloqalaridan foydalanishi bu bozomi oligopoliyaga aylanti-rib, cheklangan bo‘lsa-da, raqobatni yuzaga keltiradi.
Real hayotda raqobat turlari chirmashib va tutashib ketgan tarzda uchraydi, bir sohaning o‘zida ular yonma-yon turadilar.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling