Resurstalab o‘sish yuz berganda YalM ishlab chiqarishga qo‘-shimcha resurslarni jalb etish hisobidan ko‘payadi. Bu usul tabiatan
ekstensiv bo'lib, ko‘p sarflab, ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi. Bun-da iqtisodiy o'sishning miqdoriy omillari harakatga keladi, ya’ni yangi yerlar va konlar ochiladi, yangi zavod-fabrika va sexiar qu-riladi, ishlab turgan stanoklar, ishchi va xizmatchilar soni ortadi, xomashyo, yoqilg‘i va elektroenergiya saifi ko'payadi, biroq meh-nat unumdorligi oshmaydi, mahsulot birligining sarfi kamaymay-di. Resurslar sarfiga mos ravishda YalM o'sadi. Masalan, resurslar sarfi 10 % ortsa, mahsulot ham shunchaga ko‘payadi.
Bu usul resurs sarfini ko‘paytirishni talab qilganidan iqtisodiy o‘sish oxir-oqibatda resurslarning kamyobligiga borib taqaladi. Shu sababli, bu usul tabiatan istiqbolli hisoblanmaydi. Aksincha bu usul tabiat va uning boyligini avaylab ishlatish, uning resurslari-dan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ekologik muhitni himoya qi-lish talablariga javob bermaydi. Bu usul ustuvor bo'lganda Ishlab chiqarish uzoqqa bormaydi, chunk! resurslar tugallanishiga qarab u qisqaradi. Buni chizmadan ham ko'rsak bo'ladi (15.2-rasm).
Resurslar sarfi
I5 .2 -ra sm . R esurstalab iqtisodiy o ‘sish
Chizmadan shuni ko‘rish mumkinki, resurslar sarfiga mos ra vishda YalM ko'payib borgan. A nuqtada 2 birlik resurs sarfiga 2 birlik YalM olingan.
D nuqtada 8 birlik resurs 8 birlik mahsulot bergan. Shunga qa-dar AD oralig'ida YalM ortib borgan. Quyilashgan yoysimon chiziq DE oralig'ida YalM kamayishga moyil boigan, chunk! resurslar yetishmasligi hosil bo‘lgan. Resurstalab usul amal qilganda resurs lar sifati 0‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, YalM o‘simi resurs sarfi
o‘simiga teng bo‘ladi. Resurstalab usul ehtiyojlarni to'laroq qondi-rishga qodir boimaydi. Shu sababli resurstejam iqtisodiy o'sish zaruratga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |