Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
19.5. Moliyaning turlari
Moliyaning turlanishi real sektordagi faoliyatning pul shaklidagi natijasini bildiradi. Iqtisodiyot mikro, makro va mega darajada bolishiga muvofiq holda moliya ham turlanadi. Bular; Mikromoliya. Bu iqtisodiyotning quyi darajasidagi moliya bo‘-lib, firmalar, xonadonlar, nodavlat va jamoat tashkilotlari moliya-sidan iboratdir. Mikromoliyani hosil qiluvchi korxona va tashkilotlar 2 xil boladi: 3 2 5
Kommersiya asosida isMovchilar, ya’ni o‘z faoliyatidan pul topadigan, o‘z xarajatini o‘zi qoplaydiganlar. Bularning moliya re-surslari o‘z daromadi va o‘zi ko'targan qarz hisobidan yuzaga keladi. Nokommersiya faoliyatini yurgizadiganlar. Bular bepul yoki imtiyozli xizmat ko'rsatishadi, o‘z xarajatini o‘zi qoplamaydi yoki faqat qisman qoplaydi. Ularning moliya resurslari asosan o‘zgalar bergan pul hisobidan shakllanadi. Kommersiyaga tayangan korxona va tashkilotlar moliyaviy ji-hatdan mustaqil, ular ishlab topganini o‘zi oladi, tashqaridan kelgan pulga qaram bolm aydi. Korxona yoki firma moliyasi korporativ moliya, deb yuritiladi. Korporativ moliya resurslari yaratilgan tovar va xizmatlarni, o‘z mol-mulkini va aksiyasini sotishdan, oldin sotib olingan obligatsiyalami qaytadan sotishdan kelgan pul, shu obliga-tsiyalarga tegadigan foiz puli, davlat bergan subsidiya, qarzga olin gan pul, sug‘urta kompaniyalari ko‘rilgan talofotni qoplash uchun ajratgan pul va boshqa mablagiar hisobidan shakllanadi. Bular firma uchun tushum-daromad hisoblanadi, bularni u o‘z manfaati yo‘lida mustaqil ishlatadi. Firma moliya resurslari hisobidan davlatga soliq toMaydi, bankka qarzini qaytaradi, qarz uchun foiz to‘Iaydi, ish haqi va mukofotlar beradi, amortizatsiya fondiga pul ajratadi, bu pul esa kapital ta’mirlash ishlariga, eskirgan mashina-uskunalarni yangisi bilan almashtirishga sarflanadi. Firma pulini investitsiya qiladi, homiylik ishlarini amalga oshiradi. Firma zarurat bo‘lsa davlat obligatsiyalarini va o‘zga firmalar aksiyalarini sotib oladi, pulini chet el bankiga qo‘yadi. Nokommersiya tashkilotlari moliya resurslari tashqi va ichki manbalar hisobidan shakllanadi. Tashqi manbadan kelgan mab-lagiarga davlat bergan pul, aholining ko‘ngilli pul ajratmalari va homiy firma va tashkilotlar bergan pul kiradi. Ichki manbadan olin gan mablag‘lar pulli xizmat koTsatishdan (masalan, turli o‘qishlarni, to‘garaklarni, lotareyalarini uyushtirishdan) kelgan pul hisoblanadi. Bu tashkilotlarning o ‘zi topgan puli xarajatlarini qoplashga yet-maydi, shu bois ular faoliyati asosan tashqaridan moliyalashtiriladi. Jamoat tashkilotlari (kasaba tashkilotlari, siyosiy partiyalar, turli jamiyatlar, uyushmalar va h.k.) moliya resurslarining tashqi man-balari ularni qo‘llab-quwatlovchi turli firmalar, ay rim fuqarolar bergan pul, xorijiy tashkilotlar ajratgan grantlar (maxsus loyihalarni bajarish uchun ajratilgan puljdan iborat bo‘ladi. Ularning ichki moliya resurslari ular chiqargan gazeta va jurnallardan tushgan pul, qisman boisa-da turli xizmatlar ko‘rsatishdan kelgan pul, tashkilot a’zolarining bergan badal pulidan iborat bo‘ladi. Aytilgan resurslar 326
jamoat tashkilotlarining nizomida ko'rsatilgan faoliyatni yurgizish uchun sarflanadi. Mikromoliya tizimida sug‘urta alohida o‘rin tutadi. Sug'urta kompaniyalaridagi moliya resurslari kommersiya asosida tashkil topadi. Bu kompaniyalar resursi ikki manbali bo‘ladi. Birinchisi, bularning o‘zining puli. Ikkinchisi, sug‘urtalanuvchi firmalar, tashkilotlar va fuqarolar bergan pul. Bu pul sarflanganda sug‘urta ishlarinl uyushtirish xarajatlari qoplanadi va sug'urtalanuvchilar ko‘rgan zararni qoplash uchun sug'urta to'lovi ajratiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling