Davlat budjeti davlatning pul daromadlari va xarajatlarining majmuasidan iboratdir.
Davlat budjetining zarurligi ijtimoiy ne’matlarning mavjud-ligidan va u'arni davlat yaratishidan kelib chiqadi. Biz ilgari ко‘rib chiqqanimizdek, ijtimoiy ne’matlar faqat turli xizmatlar shakliga ega, ularni hamma hech bir mustasnosiz iste’mol qiladi, ya’ni ularni iste’mol qilmaslikning iloji yo‘q, bu ne’matlami hamma baham ko'radi. Masalan, xavfsizlik huquq-tartibot, mudofaa xizmati, ta’lim va sog‘liqni saqlashdan iborat umumiy xizmatlarni hamma iste’mol qiladi. Ular iste’moli umumiy bo‘lar ekan, ularni moliyalashtirishda hamma qatnashadi, lekin har bir fuqaro yoki fmnaning bu ishga qo‘shgan hissasi uning davlat budjetiga to‘lagan soliqlari shaklida bo'ladi. Biroq soliq to‘lovchining budjetga bergan puli bilan uning budjet moliyalashtirgan ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi miqdo-ran teng bo‘lmaydi. Agar bir xonadon yiliga budjetga 200 ming so‘m to‘lagani holda, 180 ming so'mlik ne’matlardan foydalansa, boshqa
xonadon 180 ming so‘m toMagani holda 240 ming so‘m!ik ne’-matlardan bahramand boladi, yana bir xonadon 220 ming so‘m tolaydi, 180 mingso‘mIik ne’matdan nafko'radi. Biz ko‘rgan erkin misolda jami soliq to'lovlari va ne’matlar summasi teng (600=600), biroq bu tenglik ayrim xonadonga tatbiqan bo‘lmagan (200>I80, 180<240, 220>180). Ne’matlardan foydalanish muhtojlikni ham hisobga oladi, chunki bu yerda insonparvarlik tamoyili ham amal qiladi.
Ijtimoiy ne’matlarni davlat o‘z daromadlari hisobidan yaratadi. Davlatoing daromadi uning ixtiyoriga keigan pul tushumlaridir. Bu daromad asosan 3 manbali bo'ladi:
Soliqlar.
Davlat mulkini sotishdan tushgan pul.
Davlat ko'taigan qarz puli.
Bular budjetda jamlanib davlat pul fondini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |