0 ‘zini-o‘zi moliyalashtirish. Bu bar bir subyekt o‘z xarajatini o‘zi ishlab topgan va qarzga ko‘targan puli hisobidan qoplashini bildiradi. Bu usul bozor iqtisodiyoti uchun asosiy hisoblanadi.
Budjetdan moliyalashtirish. Bu usul tabiatan bozor usuli emas, u davlat idoralari va tashkilotlarini budjetdan pul bilan ta’minlanishini bildiradi, ijtimoiy ne’matlarning zarurligidan kelib chiqadi. Bu usul qollaniladigan tashkilotlar budjet tashkilotlari, deb yuritiladi.
Homiylar moliyalashtirishi. Bu usul nodavlat va turli jamoat tashkilotlariga nisbatan qohlaniladi. Bunda hukumat, firmalar yoki puldor kishilar turli firmalar va tashkilotlarga ular xarajatini qoplash uchun pul ajratadi. Moliyalashtirish usullari birgalikda ham qo‘l-
laniladi. .
19.6. Moliya bozori
Iqtisodiyot subyektlarining mablag'lari ularning moliyaviy ak-tivini tashkil etadi, ya’ni bu daromad keltiruvchi mablag‘lar hisob lanadi. Aktivlar tarkibiga eng awal qimmatli qog‘ozlar kiradi, bular moliya bozorida sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |