Moliya bozori — bu moliyaviy aktivlarning oldi-sotdi qilinishi borasidagi ularni sotuvchilar bilan sotib oluvchilar o‘rtasidagi iqti-sodiy munosabatdir.
Moliya bozorining obyekti sotiladigan aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va pulning o‘zi hisoblanadi. lining subyekti esa firmalar, banklar, davlat, moliya institutlari va aholidan iboratdir. Bozorning bir tomonida sotuvchilar bo‘lsa, boshqa tomonida xaridorlar turadi. Ular 0 ‘rtasida moliya institutlari bo'lib, ularni vositachilar bir-biri bilan bog'lab turadi. Vositachi vazifasini banklar, brokerlar firmasi, yakka brokerlar tashkil etadi. Vositachi institutlar moliya bozorining infratuzilmasini hosil qiladi. Ular bu yerdagi oldi-sotdi ishlariga xiz-mat qiladi. Bozorda mustaqil ish yurituvchi chayqovchilar ham
bo'ladiki, bular qimmatli qog'ozlar bilan olib-sotarlik qiladi. Moliya bozori ikki qismdan iborat:
Fond bozori. Bu yerda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qili-nadi. Bu bozor fond birjalari va biijadan tashqari savdodan iborat.
Pul bozori. Bu yerda vaqtincha bo‘sh turgan pul vaqtincha foydalanish uchun oldi-sotdi qilinadi, milliy valutalar ayribosh-lanadi. Bu bozorda bankJar, kredit uyushmalari va pul topib beruvchi firmalar bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan chiqarib sotuvga qo‘yganlar emitent, deb yuritiladi. Emitent sifatida turli firmalar, banklar va davlat nomidan moliya vazirliklari bozorga chiqadi. Emitentlar aksiya, obligatsiya va sertifikatlami sotuvga qo‘yadilar. Bularni dastlabki sotilishi birlamchi bozorda yuz beradi. Bu yerda ularga obuna boiish yoii bilan sotiladi. Ulami qaytadan sotish ikkilamchi bozorda bo'ladi va buni fond birjalari tashkil etadi.
Aksiya —bu o‘z egasiga dividend shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozlarning eng ko‘p tarqalgan shaklidir.
Aksiyani sotib olganlar investorlar deb yuritiladi, ular aksiya chiqargan firmaga qo'yilgan kapitalning sherikchilik qilayotgan mulkdori hisoblanadi va shu bois firma foydasining bir qismini o‘z aksiyasi miqdoriga qarab dividend shaklida oladi. Agar aksiya qo‘-yilgan kapitaldagi ulushni bildirsa, ya’ni ulushbaychilik qog‘ozi bo‘l-sa, obligatsiya qarz majburiyatini bildiradi. Obligatsiyani chiqarib sotgan emitent uni sotib olganlardan qarz ko‘targan hisoblanadi. Obligatsiyani emitent qaytadan sotib olganda o'z qarzini uzgan boiadi. Obligatsiya egasi foiz sifatidagi qat’iy belgilangan daromadni emitentdan oladi.
Bozorda ikki xil obligatsiyalar sotiladi. Bular davlat obliga-tsiyalari va korporativ (firma) obligatsiyalaridir.
Aksiya va obligatsiya daromad keltirganidan awal sotib olinadi, keyin qaytadan sotiladi. Qimatli qog‘ozlaming dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida yuz beradi. Ularning o‘z egalari tomonidan qaytadan sotilishi ikkilamchi fond bozorida bo‘ladi. Qimmatli qog'ozlar ma’lum narxda oldi-sotdi qilinadi. Qog‘ozlarning o‘zida ko‘rsatilgan summa uning nominali deyiladi. Agar obligatsiya yoki aksiya 100 dollarlik bo‘lsa, shu uning nominali hisoblanadi. Qim matli qog‘ozlarning bozordagi amaliy narxi nominalidan yuqori yoki past boOadi. Bu muayyan qog‘ozga boMgan talab va taklifga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |