Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Talaba: — Menimcha, ulardan pul qarz olib, bermay yurish kerak


Download 1.85 Mb.
bet252/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Talaba:
Menimcha, ulardan pul qarz olib, bermay yurish kerak.

333


Iredit subyekti ” bu kredit aloqalarining ishtirokchilari boiib, pulning egalaridan, qarz oluvchilardan va vositachilik qiluvchilardan iborat bo'ladi. Pulni qarzga beruvchi kreiitor deyiladi. Qarz oluvchi esa ssuda oluvchi yoki qarz lco‘taravchl deyiladi. Kreditning oldi-berdisida ishtirok etuvchi vositachilar kredit institutlarida birlashadilar. Aytilgan uch siibyekt kredit munosabatida qatnashadi. Kredit bevosita bolganda qarz beruvchi bilan qarz oluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o'rnatadi. Bu kamdaii kam uchraydi. Kredit bilvosita bolganda qarz beruvchi bilan qarz oluvchini vositachilar bir-biri bilan boglaydi. Bu ko‘p hollarda uchraydi. Puli borlar va pulga muhtojlar g‘oyat ko‘p bolganidan ular bir-birini mustaqil topishga qiynaladi. Ulaming hojatini vositachilar chiqaradi. Vositachilik vazifasini banklar, mayda kredit tashkilotlari, pul topib beruvchi turli firmalar bajaradi.
Kredit pul munosabati bolganidan bozor iqtisodiyoti uchun zararat hisoblanadi, Pulsiz hech bir ish bitmaydi, shu sababli pul biznesi mavjud, bu ish bilan kredit vositachilari shug‘ullanad!. Pul bo‘sh turishi mumkin emas, u iqtisodiyotga xizmat qilishi kerak. Xullas, pul bor yerda kredit ham boladi. IVfoliya sektoridagi pul oqimida kredit ham ishtirok etadi. Biz yiiqorida ko‘rdikki, pul oqimi daromad va xarajatlarning qarama-qarshi harakatidan iborat. Iqtisodiyot ishtirokchilari tarqoq holda va o‘z bilganicha ish tulgani uchun ularning daromadi va xarajatlari miqdoran har doim ham teng kelavermaydi. Daromadlarning kelishi va xarajatlarning yuz berishi bir vaqtda kechmaganidan bir yerda hozir sarfianmaydigaii bo‘sh pul taklifi hosil bo'lsa, boshqa yerda xarajatlar uchun u yetishmaydi, ya’ni qo‘shimcha pulga talab hosil boladi. Shunday sharoitda pulni oldi-berdi qilishga zarurat paydo bo'ladi, buni kredit amalga oshiradi. Iqtisodiyot subyektlari qodidagi bo‘sh pullar kredit resursini hosil qiladi, ular'muhtojiarga qarz qilib beriladi. Biroq bo'sh pullar o‘z-o‘zidan emas, balki pul bozoriga chiqqach o'sha yerda kredit resursiga aylanadi. Pul bozorining tarkibiy qisiii kredit bozoridir, biroq bu bozorga har qanday pul emas, balki qarzga beriladigan pul chiqadi. U talabgorlarga ma’Jum narxda sotiladi, Pulni qarzga sotib oluvchi uni ishlatib daromad topadi. Binobarin kredit pul egasi uchun ham, qarz oluvchi uchun ham manfaatli bo‘ladi. Shuningdek, kreditdan vositachilar ham manfaat topadi, chunki o‘z ishidan daromad ko'rishadi.
Kredit mexanizini, Kreditning bir qator vositalari borki, ular birgalikda kredit mexanizmini tashkil etadi. Bular kredit tamo-yillarida o‘z ifodasini topadi;

3 3 4


    1. Kredit ma’lum maqsadga berilishi kerak, bu maqsad atrof-licha asoslanishi talab qilinadi. Chunki qarz beruvchi o‘z pulini oqilona ishlatilishi va o‘z vaqtida ortig‘i bilan qaytib kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.




  1. Kredit aniq bir muddatga beriladi. Shu jihatdan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli, hatto bir kunlik kreditlar boMadi. Kredit muddati qarz berilgan pul qancha vaqtda qaytarilishi mumkinligini hisobga oladi.




  1. Kredit uchun haq tolanadi, bu foiz, deb ataladi. Chunki bo-zor tizimida hech narsa tekinga berilmaydi, ya’ni xalq iborasi bilan aytganda «tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi». Kreditning pulli boiishi qarz oluvchining mas’uliyatini oshirib, qarz pulini oqilona sarflashga undaydi.




  1. Kredit puli albatta qaytarilib berilishi shart, chunki birov haqiga xiyonat qilib bo‘lmaydi. Shu sababli kredit berilganda qarz oluvchining naqadar qarzni to‘lashga qobilligi hisobga olinadi.




  1. Kreditning o‘z vaqtida qaytarilishi iqtisodiy jihatdan kafo-latianishi kerak. Qarzni kafolatlash uchun uni oluvchi o‘z mulkini kafolat sifatida qo'yadi yoki boshqa birov qarz kafolatini o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan qarz todanmagan taqdirda kafolat sifatida qo‘yilgan mulkni bosib qolish mumkin boMadi.

Kredit mexanizmi huquqiy jihatdan mustahkamlanadi, qarz be­ at vc hi va qarz oluvchi o‘rtasida kredit bitimi tuzilib, bunda har ikki tomonning majburiyatlari qonunlashtiriladi.


Kredit mexanizmidagi vositalar orasida foiz asosiy o‘rin egal-laydi.
Foiz kreditning bozor narxi boiib, qarz pulidan vaqincha foyda-langanlik uchun toianadigan haq sifatida namoyon boiadi.
Foiz kredii ;a berilgan pulning qiymati emas, albatta, balki undan foydalanish qiymati bo‘lib, buning qancha turishini bildiradi. Foiz har doim kredit summasidan kichik boMadi. Agar 100 min so‘m kreditga berilsa, undan 10 min so‘m foiz sifatida undiriladi. Bunda
foiz 10 %ga teng bo‘ladi (— x 100 = 10) ya’ni, qarz pulining 1/10

100
qismini tashkil etadi. Foiz boshqa tovarlar narxidan farqlanadi. Boshqa tovarlar narxi ularning bozor qiymati boiadi, ya’ni tovarning o‘zi qancha turishini bildiradi. Foiz esa tovar —pulning o‘zini emas, undan foydalanish qancha turishini bildiradi. Yuqoridagi misolni eslasak 100 min so‘m qarz pulidan foydalanish 10 min so‘m turadi. Kredit narxining o'ziga xosligi kredit bozorining xususiyatidan kelib chiqadi. Kredit bozoriga chiqqan qarz puli so-tilganda uning egasi o'zgarmaydi, undan foydalanish pul egasidan


3 3 5


qarz olganga o‘tadi, xolos. Qarz piiliiiing sohibi saqlanganidan u ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z egasiga qaytariladi. Boshqa tovarlar, masalan, uy-joy, oziq-ovqat yoki kiyim-kechak sotilganda bularning egasi o‘zgaradi, bular sotuvchi mulkidan xaridor mulkiga o'tadi. Kredit bozorida esa pul qarz beruvchi mulkidan chiqib qarz oluvchi mulkiga aylanmaydi. Shuning uchun, foiz qarz pulining qiymatidan kam boiishi kerak. Kreditni ijaraga o‘xshatsa boiadi, chunki bii yerda ham mulk sohibi saqlanadi, ijara haqi mulk qiymatidan kam bodadi. Qarzdor bizneschi foizni hech qachon o‘z yonidan todamaydi. U qarz pulini ishlatib daromad ko‘radi va uning bir qismini foiz sifatida todaydi. Agar foiz daromaddan ko‘p bodsa hech qachon kredit olinmaydi, chunki bu zarar keltiradi. Qarz pulini biznesda ishlatishdan olingan foydaning bir qismi qarz olganning tadbirkorlik daromiilga aylansa, ikkinchi qismi pul egasiga foiz bodib tegadi.
Kreditning arzon yoki qimmatligini foiz darajasi belgilaydi. Bu foiz todovi qarz pulining qanday qismiga tengligini, ya’ni undagi hissasini bildiradi, uni foil stavkasi, deb ham yuritiladi. Foiz stav-kasiga qarab pul egasiga qanday miqdorda qarz haqi todash zarurligi aniqlanadi. Bu quyidagicha hisoblanadi:
Ш0
Bunda G —foiz miqdori, Kr —kredit summasi, Gg —foiz stav­ kasi. Agar bankning kredit stavkasi 12 foizli, berilgan kredit sum­ masi 20 min so‘m bodsa, todanadigan foiz miqdori quyidagicha

bodadi:
Foizni todash uchun qarz pulini ishlatishdan topOgan foyda normasi (Fn) foiz stavkasidan yuqori bodishi kerak. Shu sababli kreditni samarali ishlatib ko‘p foyda olish talab qiliuadi. Yuqoridagi misolga qaytsak 20 min so‘m kredit ishlatilganda foyda normasi 20



  1. bodishi kerak, ya’ni 4 min so‘mlik foyda ko‘rish zarur. Demak, qarz olgan subyekt topgan foyda 4 min so‘m bodganidan u 2,4 m!n so‘mdan iborat foizni today olgan. Qolgan 1,6 mJn so‘m esa uning o‘ziga tekkan.

Foiz darajasi narx singari o‘zgaruvchan bodadi. Buni unga ta’sir etuvchi omillar yuzaga keltiradiki, bular quyidagilardan iborat:




    1. Kredit boi»rida talab va takllf misbati. Talab oshib ketsa foiz kodariladi, taklif ortib ketsa u pasayadi.

    2. Kreditning naiilgi. Agar qarz pulini ishlatishdan foyda ko‘p topilsa kreditni yuqori stavka bilan ham olishadi. Aksi y u z bersa foiz stavkasi pasayadi.

3 3 6


    1. Qarzni toiash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilsa va uni sekin-asta maydalab qaytarilsa foiz ko‘p bo‘ladi. Bordi-yu qarzni qisqa vaqtda va bir yo'la qaytarish talab qilinsa foiz past bo‘ladi.




    1. Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar kredit qadri barqaror va qattiq valutada berilsa foiz yuqori bo‘ladi. Bordi-yu u qadri barqaror bo‘lmagan va boshqa valutaga erkin almashmaydigan pulda berilsa foiz kam belgilanadi.

    2. Qarzga beriladigan puini muqobil ishlatish imkoniyati. Pulni qarzga bergandan ko‘ra boshqacha ishlatish qulay bo‘lsa pul egasi foiz stavkasini ko‘p talab qiladi va aksincha.

  1. . Kredit riski. Kredit riski (qarzni qaytarib olish xatari) qanchalik yuqori bo‘Isa, shunchalik foiz baland bo‘ladi va aksincha,

  2. Inflatsiya darajasi. Agar inflatsiya yuqori bo‘Isa shu hisobi-dan foiz ham ortadi. Bordi-yu real foiz 12 % bo‘lsa va kutiladigan inflatsiya 6 % bo‘Isa, shunga qarab foiz 18 % qilib belgilanadi.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling