Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
19.8. Kreditning turlanishi
Kredit nima bilan, qanday maqsadlarda, kirn tomonidan berilishiga qarab farqlanadi. Kreditning asosiy shakli uning pul bilan berilishi. Biroq tovar krediti ham qo'llaniladi. Bu o‘z navbatida kommersiya krediti va lizingdan iborat boladi. Kommersiya krediti yuz berganda tovarlar naqdga emas, balki nasiyaga sotiladi, ya’ni qarzga beriladi. Tovarni qarzga oluvchi qarzdorlik guvohnomasi —vekselni tovar sotuvchiga be rad i. Vaqti kelganda qarz to‘lanadi va veksel o‘z egasiga qaytariladi. Lizing yuz berganda tovarlar keyinchalik sotib olish sharti bilan berib turiladi. Bunda ularni ijaraga olib ishlatish paydo bo‘ladi. Lizingga qimmatbaho tovarlar, chunonchi uskunalar kompleksi, samolyotlar, paroxodlar, turli kombaynlar, binolar beriladi. Lizing beruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘zi yoki maxsus lizing kompaniyalari bo'ladi. Kim tomonidan berilishiga qarab moliyaviy institutlar krediti va nomoliyaviy kompaniyalar kreditiga farqlanadi. Moliyaviy institutlar bu banklar va parobank (bankdan boshqa) tashkilotlaridan iborat. Kreditning asosiy turi bu bank krediti hisoblanadi. Uning hissasiga kreditning asosiy qismi to‘g‘ri keiadi. Parobank tashkilotlarga turli kredit kooperativlari, ittifoqlari va uyushmalari kiradi. Ular odatda o‘z a’zolariga kredit berish bilan chegaralanadi. Bozor tizimida daviat krediti ham qo‘llaniladi. Bunda davlat o‘z puli hisobidan turli 3 3 7
kompaniyalarga va banklarga qarz beradi. Biroq davlat ulardan zayomlar shaklida qarz ham oJadi. Nomoliyaviy kompaniyalar ham qisman bo‘lsa-da kredit berish bilan shug‘ullanadi. BuJar ishlab chiqarish, qurilish yoki savdo-sotiq bilan shiig‘ullanadi, bularni katta miqdorda puli bodganldan, o‘z ishchi-xizmatchilariga qimmatbaho tovar olish uchun, o‘z partnyor-lariga esa biznes uchun arzon kredit beradi. Aholi o‘rtasida bir-biriga naqd pul bilan bepul kredit berish ham bor, lekin bu kredit ko‘p emas. Kredit individual tarzda va birgalikia beriiadi. Birinchi usul qoilanilganda kreditni ayrim bank yoki parobank tashkiloti beradi. Bunda kredit riskini faqat bitta kredit beruvchi ko‘taradi. Kredit ris-ki —bu kreditning va uning foizining umuman qaytmasligi yoki bel-gilangan vaqtda tolanmasligidir. Kredit riskini kamaytirish uchun u bir necha kredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlanadi, natijada riskni bitta emas bir necha qarz beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Bu sin-ditsirlangan kredit, deyiladi. Mazkur kredit qimmatbaho loyihalarni amalga oshirish uchun bir necha bank tomonidan beriiadi. Masalan, temiryo‘l qurilishi uchun 1 mlrd dollarlik kredit zarur bo‘lsa, buni 5 ta bank 200 min dollardan beradi. Natijada, 1mlrd dollarlik kredit riski 5 ta bank o‘rtasida taqsimlanadi. 0 ‘z maqsadiga qarab tadblrkorlik va Iste’raolchilik krediti ham farqlanadi. Tadbirkorlik krediti biznes uchun ajratiladi. Uni qarz oluvchi kapital sifatida ishiatib foyda ko'radi. Kichik biznesda mikrokredit qorilaniladi. Iste’molchi krediti foyda topishni emas, balki xususiy ehtiyojni qondirishni ko‘zlaydi. Bunda kredit qim matbaho tovarlami, chunonchi hovli-joy, kvartira, avtomashina va yaxta sotib olish uchun yoki qimmatbaho davolash xizmatlari va o‘qish uchun pul to‘lash maqsadida olinadi. Kredit investitsiyalarni pul bilan ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi. Shu sababli kreditning kengayib borishi hozirgi bozor iqtisodiyotining belgisi hisoblanadi. Hozir rivojiangan mamlakatlarda har yili berilgan kredit summasi УаШ ning 30-40 foiziga teng boladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling